Ikkilangan o‘tkazgich asosiy yo‘lni uch yo‘nalish bo‘yicha tarmoqlantirishga imkon beradi. Ular murakkab konstruksiyali va nozik bolib, joy tanqisligida kamdan - kam qo‘llanadi, ularning uchtalik deb ataluvchi simmetrik hamda bir tomonli va har tomonli nosimmetrik turlari mavjud.
Ikkilangan simmetrik o‘tkazgichda o‘ng va chap tomonli o‘tkazgichlar birlashtirilgan boladi. Ikkilangan simmetrik o‘tkazgichning ikkita 1/11 rusumli va bir 1/8 rusumli krestovinalari hamda ikki juft birlashtirilgan qo‘shma ayrilari mavjud. Bunday o‘tkazgichlarning asosiy kamchiligi avrilar konstruksiyasining murakkabligi va bo‘sh mahkamlanishi, oxirgi krestovinada kontrrelslarning bo‘lmasligidir. Ikkilangan nosimmetrik o‘tkazgichlarda ushbu nuqsonlar qisman bartaraf etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |