O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Namangan muhandislik-qurilish instituti
Transport fakulteti
Yer usti transport tizimlari kafedrasi
«Ixtisoslashtirilgan harakatdagi tarkib» fanidan laborotoriya mashg‘ulotlarini bajarish uchun
U S L U B I Y K O‘ R S A T M A
Namangan-2021
Ushbu uslubiy ko‘rsatma 5310600 – Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi ta’lim yo‘nalishining davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga asosan tayyorlandi.
Uslubiy ko‘rsatma kunduzgi bo‘lim talabalari uchun «Ixtisoslashtirilgan harakatdagi tarkib» fani bo‘yicha tajriba ishlarini bajarish uchun tavsiya etilgan. Mazkur ko‘rsatma talabalarning «Ixtisoslashtirilgan harakatdagi tarkib» fani bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini tajribada mustahkamlash, ko‘rish va tushunish hamda talabalarda adabiyotlardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish imkoniyatini beradi.
Ushbu uslubiy ko‘rsatma YUTT kafedrasining «______» ______ 2021 yildagi yig‘ilishida (majlis bayoni № ) ko‘rib chiqildi va ma`qullandi.
Uslubiy ko‘rsatma Transport fakulteti ilmiy-uslubiy kengashining 2021 yil «____» avgust majlisida muhokama qilingan va foydalanishga tavsiya etilgan (ro‘yhat raqami №____).
Uslubiy ko‘rsatma institut ilmiy-uslubiy kengashining 2021 yil «___» ______№ majlisida muhokama qilingan va foydalanishga tavsiya etilgan (ro‘yxat raqami № ).
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonli farmoni bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi»ga ko’ra, mamlakatdagi OTMlarning 85 foizi 2030 yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o’tishi rejalashtirilgan. Masalan, 2020/2021 o’quv yilining o’zida mamlakatimizdagi 33 dan ortiq yirik OTMlar kredit-modul tizimiga o’tishi ta’minlandi.
Xalqaro ta’lim standartlari tasifiga mos ravishda sifatli ta’lim jarayonlarini tashkil etish, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, o’rta va oliy ma’lumotli kasb egalari bilan iqtisodiyotni ta’minlash, ilm–fan yutuqlarini, xorijiy mamlakatlar tajribasini amaliyotga tatbiq etish, provard natijada mamlakatimiz farovonligini yuksaltirish, dunyo ayvonida har taraflama qudratli davlatga aylantirish jamiyatning eng dolzarb masalasiga aylandi.
Ixtisoslashtirilgan transport vositalarining (ITV) tuzilishini o‘rganish umum foydalanish avtomobillarining tuzilishini o‘rganishga nisbatan birmuncha mashaqqatlidir.
ITV konstruksiyasi o‘zgachaligi tufayli ularning material qismlarini kafedra laboratoriyalarida to‘la mujassamlashtirish imkoniyati cheklangan. Bundan tashqari ITV tuzilishini o‘rganish ularni ish jarayonida ko‘rish bilangina mukammallashadi.
Bu esa, talabalardan laboratoriya mashg‘ulotlariga mustaqil ravishda puxta tayyorgarlik qilishlarini taqozo qiladi, ya’ni nazariy materiallarni takrorlash, tajriba ishi mazmunini o‘rganib, Xisobot daftariga kerakli ma’lumotlarni kiritish va berilgan jadvallarni ixtisoslashtirilgan avtomobillar texnik ko’rsatkichlar asosida to’ldirish lozim.