1-Mavzu: “О„zbekistonning eng yangi tarixi” о„quv kursining predmeti,
maqsadi, vazifalari va nazariy-uslubiy tamoyillari
Reja:
1. Kirish.
2.»Eng yangi tarix» tushunchasining ta‟rifi.
3. «О„zbekistonning eng yangi tarixi» kursining predmeti, uning
maqsadi, vazifalari va nazariy-uslubiy asoslari.
1. Kirish
. О‗zbekiston tarixi,
shuningdek, О‗zbekistonning eng yangi tarixi
jahon tarixining ajralmas bir qismi bо‗lib, u zamonamizdagi global jarayonlar bilan
chambarchas bog‗liqdir. Eng yangi tarixni о‗rganishning muhimligi shundaki, u
mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-ma‘naviy
jihatdan barqaror
rivojlanishiga ta‘sir qiluvchi voqea-hodisalarni tushunishga hamda teran idrok
etishga yordam berishi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, u bizga tarixiy
taraqqiyot tendensiyalarini oldindan kо‗ra bilish
va bashorat etisha olish
imkoniyatini beradi.
Ma‘lumki, О‗zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishish jarayoni
sobiq sovet hududidagi boshqa mamlakatlar singari murakkab siyosiy о‗zgarishlar
sharoitida yuz berdi. Davlat mustaqilligining e‘lon qilinishi mamlakatning barcha
siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy-ma‘naviy tizimini tubdan о‗zgartirishga yо‗l ochdi.
Demokratik prinsiplarga monand ravishda milliy davlatchilik va siyosiy
tizimning asoslari shakllantirildi, ularda hokimiyatning
qonun chiqaruvchi, ijro
etuvchi va sud hokimiyatlari funksiyalari va vakolatlari taqsimlandi.
Respublikaning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotini erkinlashtirish bosqichma-
bosqich, keskin inqilobiy larzalarsiz amalga oshirildi. Tashqi siyosatning milliy
strategiyasi ishlab chiqilib, О‗zbekiston zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimiga
munosib ravishda kira oldi. О‗zbekiston tanlagan mustaqil taraqqiyot yо‗li
xalqimizning milliy xususiyatlari, urf-odatlari va
madaniyatini har tomonlama
hisobga olgan holda, tо‗plangan xalqaro tajribadan ijodiy foydalanishga
asoslangandir.
Zamonaviy tarixni о‗ta dolzarbligini hisobga olgan holda, О‗zbekiston
Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2012
yil yanvar
oyida «Oliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi huzurida О‗zbekistonning zamonaviy
tarixi bо‗yicha jamoat kengashini tashkil etish tо‗g‗risida» Qaror qabul qilindi.
Kengashga tarixiylik va obyektivlik prinsipiga tayangan holda о‗zbek xalqining
tarixiy о‗tmishi va bugungi kunini baholashga har tomonlama yondoshish asosida
О‗zbekistonning zamonaviy tarixini tizimli о‗rganish vazifalari yuklatildi. Bunda
zamonaviy tarixni ilmiy tadqiq qilishda xalqaro tajribani hisobga olish, yangi avlod
о‗quv va ilmiy adabiyotlarini tayyorlash, О‗zbekistonning
zamonaviy tarixini
о‗rganish global va mintaqaviy jarayonlar bilan uzviy bog‗liq ekanligi nazarda
tutildi.
О‗zbekistonning eng yangi tarixi - bu tarix fanining nisbatan yangi yо‗nalishi
bо‗lib, u 2020 yilda mustaqil ilmiy fan sifatida о‗ziga xos metodologiyasi, tadqiqot
yо‗nalishlari va о‗quv-uslubiy ishlanmalari bilan ajralib chiqdi. Shu munosabat
bilan, zamonaviy tarix mamlakatimizning mustaqillik arafasidagi va mustaqillik
taraqqiyot davri tarixini, uning о‗ziga xos tendensiyalari, tarixiy shart-sharoitlari va
rivojlanish jarayonlarini ilmiy asoslangan holda yoritishni taqozo etmoqda.
Binobarin,
tarixshunoslar va, shuningdek, О‗zbekiston ijtimoiy-gumanitar
fanlarining boshqa vakillari oldida jahon amaliyotini bu boradagi tarixiy tajribasini
hisobga olgan holda, mazkur ta‘limni yangi nazariy
va metodologik darajaga
kо‗tarish hamda yangi ilmiy yо‗nalishlarni о‗zlashtirish vazifasi turibdi.
О‗zbekistonning eng yangi tarixini о‗rganishga bо‗lgan qiziqish, shuningdek,
xalqaro miqyosida ham tobora ortib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: