Nashrga ruxsat etaman



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/142
Sana10.03.2022
Hajmi2,11 Mb.
#488087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   142
Bog'liq
2 5235669793587075505

beshinchi bosqichi
2017 yildan 
boshlandi. О‗zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-2021 
yillarda О‗zbekistonni yanada rivojlantirish bо‗yicha Harakatlar strategiyasining 
yangi konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu tarixiy hujjat mustaqillikni qо‗lga 
kiritilganidan boshlab, mamlakatni demokratik yangilash va rivojlantirish bо‗yicha 
keng kо‗lamli islohotlarni rivojlantirishni aks ettirib, unda davlat va jamiyat 
rivojlanishining yangi bosqichida modernizatsiyani yanada davom ettirishning 
strategik dasturi belgilab berilgan. 
Mazkur bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada takomillashtirish, 
qonun ustuvorligi va sud-huquq tizimini isloh qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, 
ijtimoiy sohani rivojlantirish va pragmatik, о‗zaro ishonch ham hamkorlikka 
asoslangan tashqi siyosat konsepsiyasining ishlab chiqish bilan tavsiflanadi.
Ta‘kidlash joizki, zamonaviy davrga oid har xil qarashlarni hisobga olgan 
holda, О‗zbekistonning eng yangi tarixini davrlashtirish bilan bog‗lik mazkur 
bosqichlarni, avvalo, tarixchi foydalanishi kerak bо‗lgan vosita sifatida kо‗rib, 
tushunish kerak va bu boshqa mutaxassislarning fikrlari bilan mos kelmasligi ham 
mumkin. 
Zamonaviy tarixni о‗rganishning dolzarbligi uning ayni hayotga ta‘sir 
kо‗rsatadigan voqealarni tushunishga yordam berishi bilan belgilanadi. Bu 
voqealarning 
tarixiy 
ahamiyati 
va 
mohiyati 
nimada? 
Bunda 
ayrim 
siyosatchilarning roli qanday, bu voqealarning rivojlanishi qanday ssenariylarga 
ega va ular zamonaviy jarayonlar bilan qanday bog‗liq? Bular, yaqin tarix javob 
berishi kerak bо‗lgan savollardir. Javoblar esa, mutaxassislarning voqea-
hodisalarni qay darajada rivojlanish va kelajak bilan bog‗liq tendensiyalarni qay 
tarzda idrok etish qobiliyati bilan bog‗liq.
Davlatimiz rahbari bugungi tinch va osoyishta hayotni saqlashga, 
mustaqillikni mustahkamlashga bir necha bor da‘vat qilar ekan, о‗sib kelayotgan 
avlod tomonidan istiqlolga erishish tarixini chuqur о‗rganish muhimligini, qanday 
qiyin yо‗ldan о‗tganimizni va yana nima qilishimiz kerakligini alohida ta‘kidlaydi. 


О‗zbekistonning eng yangi tarixi hali institusional xususiyatga ega emas, 
ya‘ni, mustaqil metodikaga, ilmiy ishlanmalarga va о‗quv-uslubiy ta‘minotga ega 
emas. Sо‗nggi yillarda mamlakatimiz tarixidagi voqealar kо‗lami va ularning 
dinamikasi uni fan va ta‘lim oldida tizimli ravishda tushunish masalasini kо‗taradi. 
Bundan tashqari, «yangi avlod о‗quv, ilmiy va uslubiy adabiyotlari va nashrlarini 
tayyorlash, О‗zbekistonning eng yangi tarixini global va mintaqaviy jarayonlar 
bilan uzviy bog‗liq holda, shuningdek, mintaqada shakllangan sivilizatsiya, xalqlar 
va davlatlarning tarixiy va madaniy merosini mushtarak tarzda о‗rganish hamon 
dolzarbligicha qolmoqda. Bu о‗rinda, yoshlar mustaqil ravishda ma‘lumot 
qidirishlari, turli manbalarni tanqidiy qabul qilishlari va tahlil qilishlari, о‗zlarining 
fuqarolik pozitsiyalarini dalillar bilan taqdim etishlari kerak. 
Yosh avlodga e‘tibor quyidagilarga bog‗liq. Globallashuv sharoitida 
О‗zbekiston yoshlari turli mafkuraviy oqimlarning ta‘siri zonasida qolmoqdalar, 
ularning ba‘zilari hatto mustaqil О‗zbekistonni va uning hukumati yuritayotgan 
siyosatni ataylab obrо‗sizlantirishga qaratilgan aksil tashviqotlar iskanjasiga tushib 
qolmoqdalarki, endilikda ilmiy va akademik fan sifatida О‗zbekistonning eng 
yangi tarixi bilan bog‗liq axborot xavfsizligi tizimining ta‘minlash zarur kо‗rinadi. 
О‗zbekistonning eng yangi tarixi - bu nafaqat akademik bilim va о‗qitish, 
balki tarixiy xotirani shakllantirish, vatanparvarlik va faol fuqarolik pozitsiyasini 
qaror toptirish yо‗lidir. О‗zbekistonning zamonaviy tarixini bilish - yoshlarga XX 
asr oxiri – XXI asr boshlarida milliy tarix voqealarini mustaqil tarzda baholashga, 
jahon tarixi kontekstidagi va davlatimiz taraqqiyotidagi eng muhim tendensiyalarni 
kо‗rish, О‗zbekistonning zamonaviy dunyoda tutgan о‗rni haqida tasavvurni 
shakllantirish, mamlakatning yangi strategik yо‗nalishini, uning ichki va tashqi 
siyosatining ustuvor tamoyillarini tushunishiga xizmat qiladi. 
―Yaqin tarix‖ tushunchasi an‘anaviylikdan farqli о‗laroq, tarixning «eng 
yangi» falsafasi mavzusiga aylanadi. U insoniyat va jamiyat taraqqiyotining 
muammolarini yangi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy nuqtai nazardan kо‗rib 
chiqishga asoslangan bо‗lib, u о‗zgaruvchan dunyo hodisalarini tadqiqot obyekti 
sifatida qarab, voqea-hodisalarni tarixshunoslikning bir bо‗lagi sifatida о‗rganadi. 
Muayyan vaziyatlarni tekshirish usuli - tarixiy yondashuvga asoslanadi. 
Faktor tahlili - ma‘lum mezonlarga kо‗ra, turli omillarni guruhlashdan foydalanish, 
о‗rganilayotgan obyektning tuzilishini bilish, sifat va miqdoriy tavsiflarni 
taqsimlash bо‗yicha; sotsiologik tadqiqotlar va og‗zaki tarix usullari esa - rasmiy 
manbalar bilan bir qatorda, ushbu voqealar ishtirokchilarining xotiralaridan 
foydalanishga, mavzuni kengroq va chuqurroq kо‗rib chiqishga, turli darajadagi 
jarayonlarning о‗zaro munosabati va ta‘sirini tahlil qilishga imkon beradi. Kо‗p 
bosqichli tahlildan foydalanish - qaror qabul qilishning asosiy prinsipi va 
mexanizmlarini aniqlashga yordam qiladi. 


Yaqin tarixni har tomonlama о‗rganish muhim nazariy va amaliy vazifadir. 
Zamonaviy davr tarixini о‗rganishda fanlararo yondashuvlarni ishlab chiqish 
tavsiya etiladi. Zamonaviy jarayonlar ham milliy, mintaqaviy va global jihatlarni 
о‗rganishga asoslangan holda, muntazam ravishda tahlil qilinishi kerak. 
Sovet Ittifoqi mafkurasining rad etilishi munosabati bilan О‗zbekistonning 
zamonaviy tarix fanida quyidagilar asosiy masalalarga aylandi: 

ijtimoiy va siyosiy hayotda olib borilayotgan islohotlarning ahamiyati; 

fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish yо‗llari; 

ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmuni; 

xalqaro munosabatlar tizimida О‗zbekistonning о‗rni; 

Markaziy Osiyodagi geosiyosiy vaziyat; 

mintaqaviy va milliy xavfsizlik

millatlararo, dinlararo munosabatlar va h.k. 
Zamonaviy tarix masalalari bо‗yicha izchil tadqiqotlar sohasi hali ham 
yetarlicha aniqlanmagan, fanlararo tadqiqotlar hozircha mavjud emas. Shuning 
uchun ham zamonaviy tarixni о‗rganishga butun tarix faniga xos bо‗lgan yangi 
yо‗nalishlarni kiritish, zamonaviy tarixni jiddiy metodologik asos bilan ta‘minlash 
muhimdir. 

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish