Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


425 
 
 
 
 
 


426 
 
 
 


427 
 
 
 
 
 


428 
 
 
 
 
 


429 
 
 
 
 
 


430 
 
 
Mustaqillik yillarida mamlakatda oliy ta‟limni rivojlantirishga ham katta 
e‟tibor berildi. Shu maqsadda 2006-yil 26-fevralda mamlakatimiz Prezidentining 
«M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi 
filiali faoliyatini tashkil etish to„g„risida»gi Farmoni qabul qilindi.
Farmonda ta‟kidlanishicha, oliy ma‟lumotli yuqori malakali kadrlar tayyorlashni 
yanada 
rivojlantirish 
va 
takomillashtirish, 
mamlakatni 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishda iqtidorli yoshlarning salohiyatini ro„yobga chiqarish va ulardan 
samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, oliy ta‟lim sohasida xalqaro 
hamkorlikni kengaytirish maqsadida: 
O„zbekiston Respublikasi Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, Respublika bolalar 
ijtimoiy moslashuvi markazi va M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat 
universitetining M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent 
shahridagi filialini (keyingi o„rinlardagi matnda «Filial» deb yuritiladi) ta‟sis etish 
to„g„risidagi taklifi qabul qilindi va M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat 
universitetida qabul qilingan normalarga va oliy ta‟lim sifatiga qo„yiladigan umumiy 
e‟tirof etilgan xalqaro talablarga, O„zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi maqsad va vazifalariga muvofiq yuqori malakali mutaxassislar 
tayyorlash Filialning asosiy vazifasi etib belgilandi. 
Filialning faoliyati O„zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi qonun 
hujjatlariga muvofiq va abituriyentlar qabul qilish hamda Filial bitiruvchilarini 
attestatsiyadan o„tkazish M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti 


431 
tomonidan belgilanadigan talablarga, tartib va muddatlarga muvofiq amalga 
oshiriladigan bo„ldi. 
Filialda o„qitish M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti tomonidan 
tasdiqlangan o„quv rejalari va dasturlar bo„yicha tashkil qilindi. 
Dastlab 2006-2007-o„quv yiliga bakalavriatga qabul qilish 80 kishini, shu 
jumladan, quyidagi ta‟lim yo„nalishlari bo„yicha: psixologiya – 40 kishi, amaliy 
matematika va informatika – 40 kishini tashkil etdi, keyingi yillarda – kadrlarga 
bo„lgan ehtiyoj va respublika mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari 
hisobga olingan holda belgilanadigan bo„ldi. 
Filial bitiruvchilariga M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetini 
tamomlaganligi to„g„risida belgilangan namunada beriladigan diplom O„zbekiston 
Respublikasida oliy ma‟lumot to„g„risidagi hujjat sifatida e‟tirof etildi. 
Tibbiy xizmat sohasida zamon talablariga javob beradigan malakali kadrlar 
tayyorlash maqsadida 2005-yili poytaxtimizdagi ikkita meditsina oliy o„quv yurti 
negizida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tashkil etildi. 
Ma‟lumki, rivojlangan fani bo„lmagan davlat rivojlangan va kuchli davlat bo„la 
olmaydi. Ayni ana shu nuqtayi nazar hozirgi murakkab o„tish davrida olimlar 
zimmasiga ulkan mas‟uliyat yuklamoqda. 
Davlatning ilmiy salohiyatini saqlabgina qolmay, balki uni iloji boricha o„stirish, 
mavjud yirik muammolarni yechishga qayta moslashtirish, shuningdek, yangi 
samarador texnikalarni yaratish va amalda tatbiq etish masalasi g„oyat dolzarblik kasb 
eta boshladi. Mustaqillik olimlarga ham, fanga ham yangi imtiyozlar yaratib berdi. 
Jumladan, akademik fan o„z tizimi va shaklini o„zi belgilay boshladi. O„zbekiston 
Fanlar akademiyasining 50 yillik tarixida birinchi bor akademiyaning haqiqiy a‟zosi, 
yurtboshimiz I.Karimov tashabbusi bilan fundamental ilmiy-tadqiqotlarni qo„llab-
quvvatlash akademiya jamg„armasi tuzildi. 
1997-yil 1-yanvardagi ma‟lumotlar bo„yicha Fanlar akademiyasida 8 ta bo„lim 
bo„lib, 135 akademik, 156 O„zbekiston Fanlar akademiyasi muxbir a‟zolari faoliyat 
ko„rsata boshladi. 
2006-yili Ko„hna Urganchda Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Beruniy kabi buyuk 
allomalar tashkil etgan Xorazm Ma‟mun akademiyasining 1000 yilligi keng 
nishonlandi. Bu o„z-o„zidan milliy fanimiz o„tmishi bilan istiqbolini bog„laydigan 
mo„tabar voqelikka aylandi. 
2006-yilda FA tomonidan 180 fundamental, 281 amaliy va 12 innovatsion 
loyihalar hamda fundamental tadqiqotlarni qo„llab-quvvatlash fondi tomonidan 185 ta 
grant, shuningdek, xalqaro fondlarning 106 granti bajarildi. 
Shu bilan bir qatorda, FA olimlari tomonidan 2006-yilda 3596 ilmiy ish, shu 
jumladan, 3439 ilmiy maqola va tezislar, 157 ta monografiya, darslik, o„quv 
qo„llanmalar va risolalar chop etildi, 30 ta patent va 10 ta dasturiy mahsulotlarga 
guvohnoma olindi, 2 ta litsenziya sotildi. 


432 
Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan xorijiy iste‟molchilarga 
2147,4 ming AQSH dollari miqdorida ilmiy mahsulotlar sotildi, bu esa 2005-yilga 
nisbatan 43 foizga ortiqdir. 
Ilmiy muassasalarimizda fundamental, amaliy va gumanitar yo„nalishlar sohasida 
olingan bir qator eng muhim natijalar yangi bilimlar olish, yangi texnologiyalar 
yaratishda foydalanildi. Xususan, Markaziy Qizilqum fosforitlari asosida yangi 
texnologiya bo„yicha 50 ming tonna nitrokalsiyfosfatli o„g„it ishlab chiqarildi va 9 
milliard so„mga sotildi; tabiiy polemerlar (selluloza, xitin va xitozan) asosida 
o„simliklarni himoya qilish vositasi va ichki kasalliklari hamda virusga qarshi dorilar 
(«Kagotsel», «Mikrotsell») ishlab chiqarish texnologiyalari yaratildi; o„simliklarning 
o„sishini barqarorlashtiruvchi mahalliy olimlar tomonidan yaratilgan «Roslin» 
preparati xorij preparati «Vitovaksdan» qolishmaydi, buning 10 tonnasi 20 mln. 
so„mga sotildi; respublika miqyosida antiartimik preparat «Allapinin»ga bo„lgan 
ehtiyoj to„la ta‟minlandi, uning suv stansiyasida 420 ming AQSH dollari hajmida 
eksport qilindi. Yangi «Tortezin» preparatiga patent olindi. 
O„zbekistonda Oliy Attestatsiya Komissiyasi (OAK) ning tashkil qilinishi ham 
shubhasiz respublikada fanning rivojlanishini ta‟minlashga qaratilgan tadbirlardan 
biridir. 
O„zbekistonning XXI asrga kirib borishida respublikada fanning o„rni va roli 
yanada orta boradi. 
O„z o„zidan ayonki, yangi davlat barpo etishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar 
ruhida tarbiyalangan, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va zamonaviy 
demokratik jamiyat qurish yo„lidagi murakkab va keng ko„lamli vazifalarni hal 
etishga qodir bo„lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlash masalasi muhim prinsipial va
hal qiluvchi ahamiyatga ega. 
Yurtimizda o„z Vatanining taqdiri, uning buguni va kelajagi uchun mas‟uliyatni 
chuqur his etadigan, mustaqil va yangicha fikrlaydigan kadrlarga ehtiyojni qondirish 
vazifasi biz mustaqillikka erishgan birinchi kunlardanoq o„ta muhim va hal qiluvchi 
masalaga aylangan edi. 
Ana shu maqsadlardan kelib chiqqan holda, 1997-yili 2009-yilgacha bo„lgan 
davrga mo„ljallangan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingan edi. O„zining 
mazmun-mohiyatiga ko„ra noyob bo„lgan ushbu dastur 12 yillik ta‟limga o„tishni, 
uzluksiz ta‟limning yaxlit tizimini yaratishni ko„zda tutadi. Dastur umumta‟lim 
maktablaridagi to„qqiz yillik o„rta ta‟limni, akademik litsey va kollejlardagi uch yillik 
maxsus kasbga tayyorlash tizimini o„z ichiga oladi. 
Mamlakatimiz oliy o„quv yurtlari huzurida tashkil etilgan akademik litseylar 
yoshlarga o„zi tanlagan mutaxassislik bo„yicha oliy ma‟lumot olish uchun yanada 
chuqur bilim egallash, kollejlar esa maxsus fanlarni o„zlashtirish bilan bir qatorda, 
mustaqil hayotga qadam qo„yayotgan har bir bitiruvchi yigit-qizga o„z qobiliyatini 
yuzaga chiqarish va jamiyatda munosib o„rin topish uchun 2-3 mutaxassislik bo„yicha 
o„rta malakali kasb egallash imkonini beradi. 


433 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida 2009-yilgacha bo„lgan davrga 
mo„ljallangan Maktab ta‟limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi ham amalga 
oshirilmoqda. 
Ta‟lim sohasida milliy dasturlarni hayotga tatbiq etish boshlanganidan buyon 1 
ming 140 taga yaqin akademik litsey va kasb-hunar kolleji, 4 ming 680 tadan ziyod 
umumta‟lim maktabi yangitdan qurildi va kapital ta‟mirlandi, zamonaviy mebel, 
o„quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlandi, ularda kompyuter sinflari va lingafon 
xonalari tashkil etildi. 
Yangi milliy ta‟lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, yangi darsliklar va 
maxsus o„quv qo„llanmalari yaratish orqali ta‟lim jarayonining mazmuni tubdan 
takomillashtirildi. Shunisi ayniqsa muhimki, ixtisoslashgan oliy o„quv yurtlarida 
akademik litsey va kollejlar uchun zamon talablariga javob beradigan yangi toifadagi 
o„qituvchilarni tayyorlash ishlari yo„lga qo„yildi. 
Oliy ta‟lim sohasida ham tub islohotlar amalga oshirildi, bakalavr va magistrlar 
tayyorlashning Yevropa tizimiga o„tildi. Bugungi kunda mamlakatimizning 65 ta oliy 
o„quv yurtida 850 yo„nalish va mutaxassislik bo„yicha 300 mingga yaqin talaba bilim 
olmoqda. 
O„tgan yillar mobaynida zamonaviy, har tomonlama jihozlangan o„quv yurtlarini 
barpo etish uchun 5 milliard dollardan ortiq budjetdan tashqari mablag„lar 
yo„naltirildi. 
Hozirgi kunda yurtimizda ta‟lim sohasiga yo„naltirilayotgan xarajatlar hajmi 
mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida 12 foizdan ortadi. Holbuki, jahon 
tajribasida bu ko„rsatkich 3–5 foizdan oshmaydi. 
O„zbekiston o„zining milliy Fanlar akademiyasiga ega bo„lib, uning tarkibida 
ulkan ilmiy texnik salohiyatga ega bo„lgan 43 ta akademik institut muvaffaqiyatli 
faoliyat ko„rsatmoqda. Tabiiy va aniq fanlarning yadro fizikasi, astrofizika, 
geliomaterialshunoslik, biologiya, mikrobiologiya, kimyo va tabiiy birikmalar 
kimyosi, seysmologiya yo„nalishlarida va boshqa ko„plab sohalarda istiqbolli 
tadqiqotlar olib borilmoqda. 
Hech shubhasiz, bugun ta‟lim-tarbiya va ilm-fan sohasiga sarflanayotgan 
mablag„lar mamlakatimiz kelajagining egasi bo„lgan yosh avlodni, yuksak intellektual 
salohiyatli jamiyatni shakllantirish yo„lida mustahkam poydevor bo„lib xizmat qiladi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish