Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Birinchidan
, O„zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo„mitasining XVI Plenumidan 
so„ng respublikada ijtimoiy-ma‟naviy ahvolni tartibga solish niqobida SSSRning 
boshqa mintaqalaridan jo„natilgan kadrlarning ko„plari O„zbekistonda rahbar 


380 
lavozimlarga tayinlanishlarini o„zboshimchalik qilish uchun berilgan yorliq deb 
bildilar. Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini bilishni istamagan bunday kadrlar 
jumhuriyat ma‟naviy hayotini barbod etishga harakat qildilar. Shu tariqa xalqning 
ko„p asrlik an‟analarini, madaniyati va urf-odatlarini mensimaslik elni ranjitdi. 
Ikkinchidan
, ayrim mahalliy rahbarlar, xususan, O„zbekiston Kompartiyasi 
Markaziy Qo„mitasining sobiq mahalliy millatga mansub rahbarlari o„sha davrda 
amal kursisini yo„qotmaslik uchun markazga qo„g„irchoq bo„lib qoldilar, sotqinlik 
qilishdan o„zlarini tiya olmadilar. Natijada xalqning urf-odatlari, an‟analari, 
madaniyati oyoq osti qilindi. Ona tilining qo„llanish sohasi sun‟iy tarzda cheklab 
qo„yildi. Hatto shundoq ham milliy an‟analardan ancha olisda bo„lgan ayrim san‟at 
turlari kimlargadir maqbul bo„lmay, ularni milliy mahdudlikda ayblashib, mualliflar 
ta‟qib ostiga olindi. Birgina misol, 1986-yil 4-oktabrda O„zbekiston KPMKning III 
Plenumi «Ideologiya ishining samaradorligini yanada oshirish yuzasidan respublika 
partiya tashkilotining vazifalari» masalasini muhokama qildi. Unda real hayotga mos 
bo„lmagan xalqning milliy o„zligini anglashiga zid ko„rsatmalar berildi. Jumladan, 
«O„tmishni ideallashtirish, nosinfiy va notarixiy yondashish shunga olib keldiki, 
Temur kabi feodal zolimlar teatr sahnalarida, kino ekranlarida, kitob sahifalarida shu 
vaqtga qadar ko„zga tashlanib turibdi, ayrim yozuvchilarning e‟tiborida tarix 
haqiqatiga zid ravishda u insonparvar va uzoqni ko„ra biluvchi siyosatchi qilib 
ko„rsatilgan. Bu borada tipik o„rta asrga xos jihatlarni ko„ra olish uchun Pirimqul 
Qodirovda sinfiy yetuklik yetishmadi. Yozuvchi Boburning haqiqiy bosqinchilik 
faoliyatlarini sezmay, uning go„yo ma‟rifatparvar podsholigi, nozik didli lirik shoir va 
ulkan tarixchiligiga qoyil qolib, erib ketadi-yu ko„z yoshi qiladi. 
Bunday kaltabinlik dastlab qaraganda beozor ko„rinsa-da aslo bunday emas. Uning 
zamirida tarixni qaytadan yozishga urinish, patriarxal davrni qo„msashni targ„ib 
qilish, islomni milliy madaniyatning xazinachisi qilib ko„rsatishga urinish yotadi», 
deb ta‟kidlandi yuqoridagi Plenumda. Ana shunday qarashlardan kelib chiqib, Plenum 
«ideologiya ishidagi mavjud buzilishlar murosasizlik bilan tugatilsin, tarixiy 
o„tmishni idrok qilishda markscha-lenincha metodologiyadan og„ish yo„lidagi har 
qanday urinishlarga zarba berilsin», deb ko„rsatma berdi. 
Ko„rinib turibdiki, Plenum kishilarni vatanparvarlik va internatsionalizm ruhida 
tarbiyalash kabi g„oyalarni ilgari sura turib, o„zi xalqni asl ma‟nodagi vatanparvarlik 
ruhida tarbiyalashga zid yo„l-yo„riqlar belgilab berdi. Bunday noto„g„ri pozitsiya 
1987-yil 17-yanvarda Toshkentda bo„lib o„tgan jamiyatshunos olimlarning respublika 
Kengashida ham yana bir bor ta‟kidlandi. Kengash respublika olimlariga tarixiy
voqea va hodisalarga baho berishda partiyaviy, sinfiy prinsiplardan kelib chiqib 
yondashish kerakligini tavsiya qildi. Biroq, bunday tarixiy haqiqatga zid mafkuraviy 
yo„l-yo„riq xalq tomonidan ma‟qullanmadi, ziyolilarning qarshiligiga uchradi. 
O„zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo„mitasi bu borada o„zi yo„l qo„ygan xatoni 
o„zi tuzatishga majbur bo„ldi. O„zKP XXII syezdida (1990-y. iyun) siyosiy ma‟ruza 
qilgan, uning birinchi kotibi I.A.Karimov shunday dedi: 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish