Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


-§. Ma‟naviy inqirozdan chiqish



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

2-§. Ma‟naviy inqirozdan chiqish 
O„zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb muammolardan biri – 
yangi tarixiy sharoitda jamiyatga munosib kishilarni tarbiyalash edi. Bu o„z navbatida 
bir necha o„n yillar mobaynida yetarli darajada xalqqa ma‟lum qilinmagan, sinfiy-
partiyaviy mafkura tomonidan taqiqlangan o„zbek xalqining ma‟naviy merosini 
tiklash va uning yanada kamol topishi uchun keng imkoniyatlar ochish kerak edi. 
O„zbekiston Prezidenti I.A.Karimov o„zining «O„zbekistonning o„z istiqlol va 
taraqqiyot yo„li» kitobida 
«O„zbekistonning milliy-madaniy jihatdan g„oyat rang-
barangligi, milliy o„zligini anglash va ma‟naviy qayta tiklanishning kuchayib 
borishi bilan uzviy birlikda jamiyatni yangilash, uni ochiq jamiyatga aylantirish 
uchun qudratli omil bo„lib xizmat qiladi va respublikaning jahon hamjamiyatiga 
qo„shilishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi»
, deb ko„rsatgan edi. 
Darhaqiqat, O„zbekiston suveren davlat sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda ma‟naviy 
yangilanish 
jarayonini 
amalga oshirmasdan 
mustaqillikni har tomonlama 
mustahkamlash uchun xalqni safarbar qilib bo„lmasligini hayotning o„zi ko„rsatdi. 
Shuning uchun ham mamlakat rahbariyati istiqlolning dastlabki paytidanoq bu borada 
zarur choralar ko„rdi. 
O„zbekiston mustaqil taraqqiyotga qadam qo„yganidan buyon o„tgan yillar 
davomida ma‟naviy sohada yuz bergan o„zgarishlarning eng muhimi, xalqning uzoq 
yillar mobaynida to„plagan boy tarixiy-madaniy merosiga e‟tiborning kuchayishi 
bo„ldi. 
Ma‟lumki, 80-yillarning oxiri 90-yillarning boshlarida SSSR va Sharqiy 
Yevropadagi sotsialistik tuzum davlatlarining ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir bo„lgan 
o„zgarishlar tabiiy ravishda O„zbekistonda demokratiya va oshkoralikning qaror 
topishiga, tarixiy haqiqatning tiklanishiga olib keldi. Biroq, O„zbekiston va uning 
xalqi bu jarayonga yetib kelguniga qadar og„ir sinovlarni boshdan kechirishiga to„g„ri 
keldi. Buyuk imperiyachilik g„oyalari negizida zo„ravonlik bilan tashkil topgan 
totalitar tuzum siyosiy-iqtisodiy inqirozdan jon talvasasida so„nggi bor O„zbekistonga 
hamla qildi. Xalqning azaliy, milliy qadriyatlariga qarshi kurashni har qachongidan 
ham kuchaytirdi. Bunday harakatlar bizningcha, quyidagi holatlar bilan izohlanadi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish