Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


Amir Temur o„zbek xalqining ko„p ming



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Amir Temur o„zbek xalqining ko„p ming 
yillik tarixiy ravnaqida tasodifiy shaxs, umuman Temuriylar davridagi yuksalish 
esa shunchaki bexosdan yuz berib kelgan hodisa emas! U bir necha ming yillik 
tarixiy tajriba, buyuk an‟ana, tom ma‟noda shakllangan madaniy-ma‟naviy 
jarayon mahsulidir.
Chingiziylar hukmronlik qilgan yillari ko„plab nodir hunar, san‟at va iste‟dod 
egalari jon saqlash niyatida chekka mamlakatlarga qochib ketdilar. Iqtisod izdan 
chiqqan, savdo susaygan, boshqaruv tizimi yo„q hisobida edi. Xullas, Amir Temur 
oldida bir yarim asrlik mustamlakachilikdan so„ng ko„p asrlik milliy davlatchilik va 
milliy madaniyatni qaytadan tiklash kabi og„ir vazifa turardi.


391 
Amir Temur siyosatshunoslik va davlatchilik falsafasi tarixida yangi 
dunyoqarashga asos soldi, uni amalda tatbiq etdi. U ilgarigi davrlardan farqli holda 
jamiyat barcha tabaqalarining haq-huquqlari va manfaatlarini inobatga olib, ularning 
hayoti uchun zarur ijtimoiy zaminni vujudga keltirdi. Har bir toifaning haq-huquqlari, 
burch va majburiyatlari o„ziga xos qonun bilan kafolatlab qo„yildi. 
Sohibqironning ulkan xizmatlaridan yana biri uning davlat boshqaruvini tashkil 
qilishi bilan bog„liq. Ma‟lumki, somoniylar davridan boshlaboq o„zbek 
davlatchiligida hokimiyatning ikkiga – 
dargoh timsolidagi qonun chiqaruvchi
hamda 
devonlar – vazirliklar timsolidagi ijroiya tizimlariga
bo„linishi yaqqol 
ko„zga tashlana boshlagan. O„z davri uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etgan bu 
holat keyingi asrlarda ham, to Chingizxon bosqiniga qadar davom etgan. Chingiziylar 
hukmronligi yillarida esa bu an‟ana yo„qqa chiqarildi. Amir Temur ana shu tizimni 
qaytadan tiklashga muvaffaq bo„lgan va uni boyitgan buyuk islohotchidir. 
Shuni alohida ta‟kidlash kerakki, hokimiyat bo„linishiga asoslangan mazkur 
tizimni joriy etishda Sohibqiron ko„r-ko„rona emas, balki o„zi yashab turgan voqelikni 
nazarda tutgan holda ish yuritdi.
Amir Temur eng oliy davlat idorasi maqomida qurultoyni belgilagan edi. Bugungi 
tushunchadagi kongress, assambleya, majlis, syezd kabilarga to„g„ri keladigan ushbu 
siyosiy institut boshqaruv mahkamasi va davlat ahamiyatiga molik bo„lgan eng asosiy 
masalalarni hal etib, unda saltanatdagi barcha yirik siyosiy, iqtisodiy, harbiy va 
madaniy soha namoyandalari ishtirok etganlar. 
Davlatni mustahkamlash, jamiyatni rivojlantirish borasida ijroiya tizim – 
vazirliklarning o„rni muhim bo„lgan. Amir Temur davrida siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, 
huquqiy, madaniy munosabatlarni to„g„ri yo„lga qo„yib, ulardan jamiyat manfaati 
yo„lida foydalanish uchun qat‟iy intizomga asoslangan, talabchan ijroiya mexanizmi 
zarur edi. Sohibqiron ana shunday tizimni yarata oldi. 
Amir Temur saltanatining ijroiya tizimidagi sakkiz vazirlik va yana bir necha 
muassasalar moliya, soliqlar, daromad va xarajatlar, mulkchilik, yetishtiriladigan 
hosil, chorva, yaylovlar ahvoli, obodonchilik, xabar va pochta, harbiy va adliya 
sohalarini boshqargan. Masalan, harbiy ishlar vazirligi harbiylarga maosh berish, 
ularga tegishli mulklarni boshqarish, qurol-aslaha ta‟minoti, harbiy mashqlarni 
uyushtirish va tashkil etish kabi vazifalar bilan bir qatorda iste‟foga chiqqan, 
urushlarda yarador bo„lib, mehnat qobiliyatini yo„qotganlarga nafaqa belgilash kabi 
yumushlarni ham bajargan. 
Huquqiy demokratik davlat qurayotgan bir paytimizda Sohibqironning sud va 
qonunchilikka munosabati ham alohida o„rnak vazifasini o„taydi. Bundan olti asr 
burun Movarounnahrda sud tizimida o„ziga xos tartib va qoidalar mavjud edi. 
Chunonchi, fuqarolik ishlari bilan ijroiya tizimida faoliyat ko„rsatgan adliya vazirligi 
shug„ullangan bo„lsa, jamiyat hayotidagi ma‟naviy, tarbiyaviy ahamiyatga doir 
muammolar bilan islom qozisi, harbiylar orasidagi huquqiy masalalar bilan esa askar 
qozisi, ya‟ni bugungi til bilan aytganda harbiy tribunal shug„ullangan. 


392 
Amir Temur jamiyat va davlat boshqaruvida hokimiyat bo„linishi haqida fikr 
yuritar ekan, tadqiqotchilar uni XVIII asr mutafakkiri Monteskening hokimiyatning 
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sudlov idoralariga bo„linishi haqidagi ta‟limotiga 
mos kelishini ta‟kidlaydilar. 
«Tangri taoloning dini va Muhammad mustafoning shariatiga dunyoda rivoj 
berdim». Sohibqironning birgina ana shu so„zi uning butun saltanatining ezgulik va 
yuksak ma‟naviyatga asoslangan g„oyasini, siyosiy va ijtimoiy mazmunini belgilaydi. 
Uning islom diniga munosabati xalq manfaatlariga mos keladigan, uning taqdirini 
belgilaydigan ulkan hodisadir. 
Dunyo me‟morchilik san‟atining gultoji bo„lgan osori atiqalar – Go„ri Amir, 
Bibixonim, Zangi Ota, Xoja Ahmad Yassaviy maqbaralari Oq saroy va Shohi Zinda 
majmualari kabi ko„plab ziyoratgohlar hamda Amir Temurning shariat va tariqat 
peshvolariga nisbatan izzat-hurmati uning shaxsiyatining naqadar ulug„vorligini va 
daholik qudratini ko„rsatadi. 
Sohibqiron «Har yerda va har vaqt islom dinini quvvatladim» – deydi. Ma‟lumki, 
shu davrda yassaviya, naqshbandiya, kubraviya kabi so„fiylik tariqatlari paydo bo„ldi 
va rivojlandi. U hukmronlik qilgan yillarda islom dini axloqiy kategoriyalari yanada 
yuqori darajaga ko„tarildi. 
Sohibqironning betakror harbiy iste‟dodi va qobiliyati zabardast harbiy islohotchi 
hamda atoqli sarkarda sifatida yaqqol ko„zga tashlandi. U eng qudratli va intizomli 
armiyani barpo etishga, harbiy qismlarini yurish va jang vaqtida oqilona 
boshqarishga, paydo bo„lgan har qanday g„ov va to„siqlarni tadbirkorlik bilan 
yengishga, qo„shindagi jangovar ruh, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg„usini doimo 
yuksaltirib borishga muvaffaq bo„lgan. 
Sohibqiron qo„shinining tuzilishi va tizimi ba‟zi bir muhim jihatlari bilan boshqa 
davlatlar qurolli kuchlaridan farq qilar edi. Jumladan, armiyaning zarbdor qismlarini 
tashkil etuvchi otliq askarlar bilan bir qatorda qal‟a va qo„rg„onlarni egallashda qo„l 
keladigan piyoda askarlar ham yetarli darajada edi. 
Harbiy sohada sharq va g„arb davlatlarida yuz berayotgan o„zgarishlardan yaxshi 
xabardor bo„lgan Sohibqiron o„z armiyasida to„p ishlatishni joriy etdi va Sharqda 
artilleriyaning tarkib topishiga hamda rivojlanishiga katta hissa qo„shdi. 
Sohibqironning harbiy ta‟limoti, sarkardalik mahorati, jahon harbiy san‟atidagi 
novatorligi bugungi kun uchun ham o„z ahamiyatini yo„qotmagan. 
Amir Temur yubileyi bizning hozirgi dunyo ijtimoiy-siyosiy jarayonlari urush va 
tinchlik muammolariga, inson hayotining daxlsizligiga yana ham jiddiyroq mas‟uliyat 
bilan qarashimizni taqozo etmoqda. 
Amir Temur shaxsiyati jahon davlatchiligi an‟analarini yanada boyitish, bu 
boradagi sharq tajribalaridan unumli foydalangan holda yosh mustaqil davlatimiz 
tizimini tobora takomillashtirish sabog„ini bermoqda. Zotan, biz huquqiy demokratik 
adolatli davlat va insonparvar fuqarolik jamiyatini qurish yo„lidan bormoqdamiz. 
Demak, ulug„ bobokalonimizning davlatchilik borasidagi sabog„i – adolat va haqiqat 
tantanasiga, yuksak ma‟naviyat ravnaqiga erishish hamda ma‟naviy barkamol jamiyat 


393 
bunyod etish tamoyillari biz uchun ibrat va namunadir. Ayni paytda u barpo etgan 
siyosiy tizim, tinchlik va barqarorlikni ta‟minlash, milliy xavfsizlik borasidagi 
strategik qarashlar ham ulkan maktab vazifasini o„taydi. Shuning uchun ham 
Prezidentimiz 1999-yil 5-noyabrda Xorazmda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 
800 yilligiga bag„ishlangan tantanali marosimdagi nutqida sohibqironning milliy 
davlatchiligimiz tarixida tutgan o„rni haqida to„xtalib shunday degan edilar: «Oradan 
bir asr o„tib, sohibqiron Amir Temur Jaloliddin Manguberdi boshlagan ozodlik 
kurashini yangi sharoit va ulkan miqyoslarda davom ettirdi. Ona yurtimizni 
bosqinchilardan xalos qilib, markazlashgan qudratli davlat barpo etdi» («Fidokor» 
gazetasi, 1999-yil 9-noyabr). 
Amir Temurning san‟at va madaniyatga homiyligi, mamlakat obodonchiligi uchun 
g„amxo„rligi, insonni tabiatning gultoji sifatida e‟zozlashga intilish singari 
xususiyatlari bugun ham katta qiymatga ega. 
Hurfikrlik, fuqarolar ongi va tafakkurida bunyodkorlik, ijodkorlik, istiqbol uchun 
kurashish tuyg„usini shakllantirish insonparvar jamiyatning oliy fazilatidir. Bu borada 
ham Sohibqironning sa‟yi harakatlari va tadbirlari biz uchun o„rnakdir. 
Bugun O„zbekiston o„z kelajagini aniq va ravshan ko„rib turibdi.
Chunki, azaldan ozod bo„lgan, ozodlik va hurriyat gashtini surgan, jahon 
taraqqiyotiga ulkan ta‟sir ko„rsatib kelgan buyuk xalqning irodasi ham, daholik 
qudrati ham, yaratuvchilik va bunyodkorlik kuchi ham buyuk bo„ladi. Sohibqiron 
sabog„i bizni ana shu haqiqatni chuqur idrok etishga o„rgatadi. Prezident Islom 
Karimov sohibqiron yubileyi munosabati bilan o„tkazilgan xalqaro ilmiy anjumanda 
bu xususda shunday degan edi: 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish