Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


Xalq dengizdir, xalq to„lqindir, xalq kuchdir



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Xalq dengizdir, xalq to„lqindir, xalq kuchdir, 
Xalq isyondir, xalq olovdir, xalq o„chdir, 
Xalq qo„zg„alsa, kuch yo„qdirkim, to„xtatsin, 
Quvvat yo„qkim, xalq istagin yo„q etsin, –
kabi misralari o„zligini tiklayotgan, chinakamiga fuqarolik jamiyatini qurayotgan 
xalqimiz orzu-umidining ifodasidir. 
Mamlakat ma‟naviy hayotini yanada yaxshilashda 1994-yil 23-aprelda qabul 
qilgan «Ma‟naviyat va ma‟rifat» jamoatchilik Markazini tashkil etish to„g„risidagi 
Prezident Farmoni muhim ahamiyatga ega bo„ldi. Shu yili 8-iyunda esa Vazirlar 
Mahkamasi ushbu Farmonning bajarilishini ta‟minlashga qaratilgan maxsus qaror 
qabul qildi. Unda Markazning asosiy vazifasi va faoliyat yo„nalishi qilib o„zbek 


384 
xalqining boy ma‟naviy-madaniy merosi, sharqona va umuminsoniy qadriyatlar 
asosida mamlakat, millat kelajagini belgilaydigan ilg„or g„oyalarni yuzaga chiqarish, 
jamiyatdagi sog„lom kuchlar, yuksak iste‟dod va tafakkur sohiblarining aqliy-ijodiy 
solohiyatini Vatan istiqboli sari yo„naltirish, millatlararo do„stlik, hamjihatlikning 
ahamiyatini oshirish, tinchlik va barqarorlikni saqlash, mintaqada yashayotgan 
millatlarning madaniy, ma‟rifiy, ma‟naviy taraqqiyot tomirlari mushtarakligini targ„ib 
qilish va hakozolar qilib belgilandi. 
Ma‟naviyat markazi nisbatan qisqa vaqt ichida turli sotsialogik tadqiqotlar, 
so„rovlar o„tkazish orqali ma‟naviy-ma‟rifiy ishlarni tashkil etish yuzasidan tavsiyalar 
ishlab chiqdi. 
Mavzuga doir material 
Tashkilot komitetining majlisi 
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida ulug„ olim va mutafakkir Mirzo 
Ulug„bekning 600 yillik yubileyini o„tkazuvchi respublika tashkilot komitetining 
majlisi bo„ldi. 
Yubileyni bayram qilish milliy o„zlikni, ma‟naviyatni tiklash ramziga aylanishi, 
buyuk mutafakkir ilmiy va madaniy merosini targ„ib qilishga, yosh avlodni 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi lozimligi majlisda ta‟kidlab o„tildi. 
Majlis qatnashchilari hukumat belgilagan hamda yubileyni tashkil etish bilan 
bog„liq bo„lgan Samarqand, Buxoro, G„ijduvondagi Mirzo Ulug„bek hayoti va 
faoliyatiga daxldor me‟moriy obidalarini ta‟mirlashga doir tadbirlarni amalga oshirish 
sohasida boshlangan ishlarni tahlil etdilar. Mirzo Ulug„bek nomidagi xalqaro mukofot 
haqida nizom ishlab chiqildi, uning asarlarini nashr etish taraddudi ko„rildi, olimning 
ijodiy 
merosini 
o„rganishga 
bag„ishlangan 
xalqaro 
anjuman 
o„tkazish 
rejalashtirilmoqda. Toshkentda Mirzo Ulug„bek haykalini, uning hayoti va faoliyati 
to„g„risidagi filmni yaratish ishi davom etmoqda. Esdalik nishoni, pochta markasi, 
turli yodgorliklar va boshqa buyumlar chiqarish belgilanmoqda. 
Kengashda Mirzo Ulug„bekning jahon faniga qo„shgan hissasi ta‟kidlandi. Olim va 
mutafakkirning 600 yillik bayrami xalqaro ko„lam kasb etishi lozim, deb uqtirildi.
* * * 
Umumbashariy boyliklarni o„zlashtirish maqsadida, mamlakat va jahondagi turli 
mafkura, e‟tiqod va g„oyalarni o„rganish asosida sog„lom dunyoqarash hamda siyosiy 
madaniyatni shakllantirish borasida ham Markaz muayyan ishlarni amalga oshirdi. 
Shuningdek, jamoat birlashmalari, ilmiy-ijodiy muassasa va tashkilotlarning, 
ommaviy 
axborot 
vositalarining 
o„zaro 
hamkorligini 
mustahkamlashga 
ko„maklashish, ma‟naviy-ma‟rifiy masalalarga doir ko„plab tadbirlar, anjumanlar va 
ko„rgazmalar tashkil etish yo„lga qo„yildi. Bular madaniy-ma‟rifiy jarayonni 
tezlashtirish, milliy madaniyat va urf-odatlarni keng targ„ib qilish, milliy g„urur va 
milliy iftixor tuyg„ularini kuchaytirishda muhim o„rin tutmoqda. 


385 
Ma‟naviyat va ma‟rifat masalalarini bevosita jamoatchilik yo„li bilan 
rivojlantirishga katta e‟tibor berilayotgani bu mazkur soha ravnaqiga ommaviy xalq 
harakatini kuchaytirish bilan birga, mamlakat har bir fuqarosi ongi va tafakkurini 
amaliy faoliyat asosida kengaytirishdek eng samarali usuldir. 
Sir emas, taraqqiyot taqdirini ma‟naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Yuksak 
texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati ma‟naviy barkamollik 
asosidagi mustaqil fikrlash orqali olib borilishi kerak. Ana shundan kelib chiqib, shuni 
ta‟kidlash lozimki, aqliy zakovat va ruhiy-ma‟naviy salohiyat ma‟rifatli insonning 
ikki qanotidir. 
O„zbekiston hukumati mamlakat istiqboliga doir choralar belgilar ekan, uning eng 
avvalo yuksak ma‟rifat va madaniyat mamlakati bo„lishi, shu asosda barcha 
islohotlarning ma‟rifiy negizini yaratish nuqtayi nazaridan ish tutadi. Iqtisodga ham, 
huquqiy tamoyillar va siyosiy islohotlarga ham, shuningdek, jahon muammolarini hal 
etish, urush va tinchlik masalalariga ham ma‟rifiy ko„z bilan qaraydi, yuksak madaniy 
va umuminsoniy qadriyatlar talablari asosida yondashadi. 
Shu nuqtayi nazardan mamlakat rahbarining 1996-yil 4-sentabrda «Ma‟naviyat va 
ma‟rifat» markazi xodimlarining bir guruhi bilan uchrashuvi, ular bilan dildan 
suhbatlashuvi, ma‟naviy va madaniy hayotda katta voqeadir. Ayni chog„da 9-
sentabrda «Ma‟naviyat va ma‟rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada 
takomillashtirish to„g„risida» yana bir Farmon qabul qilinganligi ham xalqning 
ma‟naviyatini yanada yuksaltirishga, noyob namunalarni to„plashga, avaylab-
asrashga, kishilarni o„z vataniga chinakam sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgandir. 
1996-yili sentabr oyi oxirida «Ma‟naviyat va ma‟rifat» jamoatchilik markazi 
qoshidagi «Oltin Meros» Xalqaro xayriya jamg„armasini qo„llab-quvvatlash 
to„g„risida» ham Vazirlar Mahkamasining qarori chiqdiki, uni barcha ziyolilar, ijod 
ahli zo„r mamnuniyat bilan kutib oldi. 
2006-yili esa hukumat qarori bilan Ma‟naviyat va ma‟rifat markazi 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish