377
* * *
Xullas, Prezident I.Karimov bir qator asarlarida ilgari surilgan qoida va qarashlari
bilan dastlabki yillarda ma‟naviy hayotda yuz bergan mafkuraviy bo„shliqni to„ldirdi,
milliy istiqlol mafkurasining nazariy zaminini yaratdi.
Qolaversa, jahon miqyosida
mustaqillik harakati nazariyasi va amaliyotiga munosib hissa qo„shdi. Shu bois ham,
I.Karimov bugungi kunda nafaqat O„zbekistonda, balki jahonda yirik siyosatchi, katta
davlat arbobi, hozirgi zamonda jahon ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotida jamiyatni tubdan
isloh qilishning tashabbuskori va tashkilotchisi sifatida tanildi.
Demak, o‘zbek xalqi bugun o‘z Prezidenti I.Karimov siymosida jahonga dono
siyosatdonlar yetkazib beruvchi, xalqlar ozodligi uchun tolmas kurashuvchi yurtboshi
tarbiyalab yetkazuvchi, aql-zakovat egasi, ayni chog‘da bag‘ri keng, mehmondo‘st,
mehnatkash xalq sifatida tanilmoqda. Bunday xalqni o‘z istiqlol va taraqqiyot
yo‘lidan qaytarib bo‘lmaydi.
Mustaqillik yillarida kishilarning O„zbekiston istiqloli va istiqboli haqida
qayg„urishi, o„z
xalqining, o„z vatanining qadr-qimmati, or-nomusini himoya qilish
zarurligini tobora chuqurroq anglashi kuchayayotganligi ham ana shundandir. Oddiy
saylovchi qariyaning «mustaqilligimizga ko„z tegmasin» deganida ham, yoshlarning
«biz seni hech kimga bermaymiz, O„zbekiston» degan fikr bildirayotganida ham,
xalqning o„z Prezidentiga yuksak ishonch bildirib, uning oqilona siyosatini qo„llab-
quvvatlayotganida ham mana shunday katta ma‟no bor. Bu masalaga urg„u
berilayotganining
boisi shundaki, davlatimizning mustaqillik siyosati, xalqimizning
ongli tarzda O„zbekiston istiqloliga sodiq ekanliklari 1996-yil mart oylarida Rossiya
ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan voqealarga munosabatlarida yana bir bor jiddiy
sinovdan o„tdi. Hatto, turli mintaqalarda sobiq ittifoqdosh respublikalar o„rtasidagi
integratsiya jarayoniga turlicha qarashlar mavjud bo„lgan o„sha kunlarda ham
xalqning o„zi tanlagan mustaqillik yo„lidan qaytmasligini qat‟iy ko„rsatdi. Jumladan,
Oliy Majlisning 1996-yil 26-aprelda bo„lib o„tgan V sessiyasi butun xalq nomidan
«O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpog„iston Respublikasi Jo„qarg„i
Kengesi, O„zbekiston Respublikasi Xalq deputatlari kengashlari butun xalqning
xohish-irodasini ifodalab shuni ma‟lum qildilarki, O„zbekiston o„zi
tanlab olgan
mustaqil demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini, ijtimoiy yo„naltirilgan
bozor iqtisodiyotini barpo etishga, jahon hamjamiyatiga qo„shilishga qaratilgan
yo„ldan hech qachon qaytmaydi va o„z mamlakatining gullab-yashnashini, uning
barcha fuqarolarini munosib turmush kechirishini ta‟minlaydi», deb qat‟iy uqtirdi.
Milliy istiqlol g„oyasini o„rganish, uni keng targ„ib etish konsepsiyasi «Milliy
istiqlol g„oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» nomi bilan yaratildi. Bu
konsepsiyaning bosh muallifi I.A.Karimov mamlakat fuqarolarini milliy taraqqiyotga
da‟vat etuvchi, yoshlar – yangi avlod qalbida mustaqil Vatan hissini uyg„otuvchi
qudratli g„oya sifatida namoyon bo„lishi tizimini vujudga keltirdi.
Yuqoridagilar, shubhasiz mustaqillik g„oyalariga sodiqlik, ozod,
erkin yashashga
intilish o„zbek xalqiga xos azaliy tuyg„u ekanligini, ayni chog„da bunday g„oyaga
xalq har qanday sharoitda – ichki va tashqi kuchlar tazyiqiga qaramasdan
378
sodiqliklarini yana bir bor namoyon qildi. Demak, istiqlol tafakkuri, mustaqillik
g„oyasi bilan qurollangan bunday xalqni o„zi tanlagan mustaqillik yo„lidan qaytarib
bo„lmaydi.
Davlatimiz rahbari 2007-yil 30-avgustda Prezident devonidagi qo„shma majlisda
«O„zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo„li» mavzuida ma‟ruza
qilar ekan,
shunday degan edi: «Biz bugun yurtimizda yangi hayot barpo etar ekanmiz, bir
masalaga alohida e‟tibor berishimiz lozim. Ya‟ni, kommunistik mafkura va axloq
normalaridan voz kechilganidan so„ng jamiyatda paydo bo„lgan mafkuraviy
bo„shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bo„lgan, ma‟naviy va axloqiy
tubanlik illatlarini o„z ichiga olgan «ommaviy madaniyat» yopirilib kirib kelishi
mumkinligi barchamizga ayon bo„lishi kerak.
Bunday uzoqni ko„zlaydigan, aniq maqsadlarga ega bo„lgan turli xuruj va g„arazli
intilishlar, xorijiy markazlar tomonidan katta kuch va mablag„ sarflanayotgan
harakatlar va bu kabi xavf-xatarlar bizga qanday zararli oqibatlar olib kelishidan ogoh
bo„lishimiz darkor.
Bunday balo-qazolarga qarshi kurashda, farzandlarimizning ma‟naviy
dunyosini
himoya qilishda nimalarga tayanishimiz zarur? Avvalo to„g„ri tarbiya, sog„lom
turmush g„oyasi, faqatgina qattiq iroda va iymon-e‟tiqod hisobidan bunga
erishishimiz mumkin.
Aynan ana shunday o„z kuchiga va irodasiga ishongan, keng fikrlaydigan bilimli
va madaniyatli yoshlarimiz har qanday buzg„unchi oqimlarga berilmasdan, hayotda
o„z yo„lini topib olishi muqarrar».
Shu nuqtayi nazardan mamlakatimizni mustaqillik yillari davomida isloh qilish va
yangilash borasida qo„lga kiritilgan natijalarni sarhisob qilinar ekan bu davrda milliy
davlatchilikni shakllantirish va respublikamizni barqaror rivojlantirishda ham siyosiy,
ham ijtimoiy-iqtisodiy zamin yaratadi, deb aytish mumkin.
Tarixan qisqa vaqt ichida sovet davridagi eski ma‟muriy-buyruqbozlik tizimiga
barham berildi, milliy davlatchilikni shakllantirishning huquqiy asoslari yaratildi,
davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va
sud hokimiyati tarmoqlari
tashkil etildi, ijtimoiy va fuqarolik institutlari faoliyati yo„lga qo„yildi, iqtisodiyotni
erkin bozor munosabatlariga o„tkazish jarayoni amalga oshirildi.
Eng muhimi, aholining ong-u tafakkurida tub o„zgarishlar ro„y berdi, ularning
uzoq yillar mobaynida kommunistik mafkura va sovet mafkurasi tamoyillari asosida
shakllantirilgan fikrlash tarzi va dunyoqarashi, bir so„z bilan aytganda, odamlarning
o„zi o„zgardi.
Bugun yangicha fikrlaydigan, o„z kelajagini jamiyatda demokratik qadriyatlarni
mustahkamlash
bilan,
mamlakatimizning
kelajagini
jahon
hamjamiyatiga
integratsiyalashuvi bilan bog„liq holda ko„radigan yangi avlod vakillari hayotga kirib
kelmoqda.
Bu esa mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan tub siyosiy, iqtisodiy, ma‟naviy-
ma‟rifiy o„zgarishlarni ortga qaytarib bo„lmasligi, islohotlar muqarrarligining
ishonchli kafolatidir.
379
Xullas, Vatanimiz va xalqimiz tarixida muhim o„rin tutgan ushbu davrda tom
ma‟noda tub o„zgarishlar amalga oshirildi, xalqaro munosabatlarning teng huquqli
subyektiga aylangan, jahon hamjamiyatida o„zining munosib va mustahkam o„rniga
ega bo„lgan – O„zbekiston deb atalgan yangi demokratik davlat barpo etildi. Bugun
ana shu mustahkam poydevor asosida mamlakatimizni
jadal isloh etish va
modernizatsiya qilishning yangi davri – milliy taraqqiyotimizning keyingi mantiqiy
bosqichi izchil davom etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: