Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


«Mustaqil O„zbekistonning kuch-



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«Mustaqil O„zbekistonning kuch-
qudrat manbayi xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidadir. 
Xalqimiz adolat, tenglik, ahil qo„shnichilik va insonparvarlikning nozik 
kurtaklarini asrlar bo„yi avaylab-asrab kelmoqda. O„zbekistonni yangilashning 


373 
oliy maqsadi ana shu an‟analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun 
bag„ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik, madaniyat, vijdon 
erkinligi va har bir kishini kamol toptirishga erishish uchun zarur bo„lgan shart-
sharoit yaratishdir»
, degan edi. Bu fikrdan anglashiladiki, Prezident mamlakat kuch-
qudratini xalqning ma‟naviy kamolotida ko„radi. Shuning uchun ham u jamiki insoniy 
fazilatlarni takomillashtirish uchun zarur sharoit yaratishni asosiy vazifa qilib qo„yadi. 
Bu bir tomondan mustaqillik sharoitida endigina shakllanayotgan davlat siyosatining 
nechog„li insonparvarligini ko„rsatsa, ikkinchi tomondan davlat rahbarining siyosiy-
madaniy salohiyatining nechog„li yuksakligini, xalq ma‟naviy-ruhiy ehtiyojlarini 
naqadar chuqur o„rganganligini ko„rsatadi. Shu bilan birga esa, bu xalq va hokimiyat 
intilishlarining mushtarakligidan dalolat beradi. Prezident I.Karimov O„zbekistonning 
ma‟naviy rivoji negizlarini belgilab berar ekan, vatanparvarlik g„oyasiga alohida 
urg„u berdi. Binobarin, Vatanni sevish xalqimizga xos azaliy qadriyat hisoblangan. 
Oradan ma‟lum muddat o„tgandan so„ng, 1992-yili dastlabki tajribalarni 
umumlashtirib Prezident I.Karimov o„zining ikkinchi kitobini «O„zbekiston – kelajagi 
buyuk davlat» nomli asarini yaratdiki, kitobda keyingi yillarga xos bo„lgan ba‟zi bir 
xususiyatlar, qadriyatlar haqida fikr yuritiladi. Jumladan, xalq ongida keskin o„zgarish 
yuz bergani, istiqlol tufayli ona-zaminga, Vatanga mehr-muhabbatli munosabat 
shakllana boshlanganligi qoniqish bilan qayd qilinadi. «O„zbekiston mustaqillik sari 
yo„l olar ekan, dastlabki kunlardanoq o„tmish madaniyati va qadriyatlarini tiklash, 
nohaq jabrlangan insonlarning nomlarini yuzaga chiqarish, milliy ongni o„stirish kabi 
vazifalarni o„z oldimizga oliy maqsad qilib qo„ydik», – deyiladi ushbu kitobda.
Darhaqiqat, mafkurasizlik – e‟tiqodsizlikka olib keladi. E‟tiqodsizlik esa har 
kimning o„zicha yashashiga, ko„ngil tusaganicha kun ko„rishiga, xayoliga kelgan ish 
bilan shug„ullanishiga olib keladi. Bu yakka-yakka shaxslarning xatti-harakatidan 
butun jamiyat ma‟naviy-ruhiy qiyofasining qay tarzda shakllanishiga sabab bo„ladi.
Mafkurasizlik oxir-oqibatda odamlar ongida manqurtlik, qalbida, fe‟l-atvorida 
andishasizlik va nihoyat o„zligini anglamaslik nuqsonlarini chuqurlashtiradi. 
Jamiyatda esa parokandalikni, beqarorlikni keltirib chiqaradi. Shunday qilib odamlar 
hayotida fayz-u tarovat qolmaydi. 
Umumiy g„oya atrofida birlashish, umummanfaat yo„lida birlashib kurashish 
maqsadlar yaxlitligini, intilishlar uyg„unligini ko„rsatadi. Bu o„zbek xalqi uchun 
azaliy fazilat, an‟anaga aylangan muqaddas odat.
Mustaqillikning dastlabki yillarida vujudga kelgan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy 
qiyinchiliklar bir muddat odamlar ruhiyatiga salbiy ta‟sir qildi. Ularni sarosimaga 
solib qo„ydi. Natijada vaziyat ancha-muncha chigallashib, fuqarolar turmushiga salbiy 
ta‟sir ko„rsatdi. Endi ana shunday o„pirilish va bo„hronlardan chiqib olish muammosi 
hukumat oldida ko„ndalang bo„lib qoldi. Vaziyatning naqadar og„irligi va 
murakkabligini o„z vaqtida anglagan mamlakat rahbari 1993-yilning 23-aprelida bir 
guruh adiblar bilan uchrashdi. Oradan ko„p o„tmay u 1993-yil 6-mayda mamlakat 
Oliy Kengashining XII sessiyasida mafkurasiz, aniq yo„nalishga ega bo„lgan 


374 
g„oyalarsiz taraqqiyot bo„lmasligini, oldimizda turgan eng muhim masalalardan biri 
milliy istiqlol mafkurasini yaratish ekanligini ko„rsatib berdi. 
O„zbekiston Konstitutsiyasining bir yilligiga bag„ishlangan tantanali yig„ilish 
(1993-yil 7-dekabr) davlat mustaqilligi va inson haq-huquqlarining kafolatini yana bir 
bor ko„rsatish bilan birga uni ma‟naviy jihatdan mustahkamlashning asosini belgilab 
berdi. Unda mamlakat Prezidenti I.Karimov katta nutq so„zlab, milliy mafkurani 
milliy ehtiyoj darajasiga ko„tardi. Barchaning diqqat-e‟tiborini ana shu muhim 
masalaning hal etilishiga qaratdi va 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish