234
aloqador masalalar yuzasidan maslahat beradigan «Nikoh va oila» konsultatsiyalari va
tibbiy-genetik konsultatsiyalar ochildi.
Mustaqillik yillarida O„zbekistonda ayollar umrining davomiyligi 72 dan 73
yoshgacha uzaydi. Shu davrning o„zida Rossiya, Qozog„iston va Qirg„izistonda
ayollar umrining davomiyligi 1–3 yoshga qisqardi, Turkiya va Indoneziyada ayollar
umrining davomiyligi
shu davr ichida oshdi, lekin tegishli ravishda 71 va 66 yosh
darajasida saqlanib turibdi. Xuddi shunday vaziyat erkaklarda ham kuzatilmoqda,
O„zbekistonda erkaklar umrining davomiyligi 1990-yildagi 66 yoshdan 1998-yilda 68
yoshgacha ko„tarildi, ayni paytda Rossiya va Qozog„istonda
erkaklar umrining
davomiyligi 2–4 yoshga qisqardi, Turkiya va Indoneziyada erkaklar umrining
davomiyligi uzaydi, lekin tegishli ravishda faqat 66 va 62 yosh darajasiga yetdi.
Respublikada onalar va bolalar sog„lig„ini muhofaza qilishga katta ahamiyat
berildi. «Bolalikdan nogironlar tug„ilishining oldini olish uchun yangi tug„ilgan
chaqaloqlarni hamda homilador ayollarda tug„ma va boshqa patalogiyani barvaqt
aniqlash bo„yicha «Ona va bola skrininggi» Davlat tizimini tashkil etish to„g„risida»
(01.04.98-y.) Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori qabul qilinganligi bu soha
rivojiga salmoqli hissa qo„shdi. Ayollarni o„z vaqtida tibbiy ko„rikdan o„tkazish va
sog„lomlashtirish natijasida bolalar o„limi 1000 ta tug„ilgan bolaga nisbatan 1991-
yilda 51,4 dan 1999-yilda 20,2 ga kamaydi. Onalar o„limi 100 ming tirik tug„ilgan
bolaga nisbatan 1991-yilda 65,3 dan 1999-yilda 31,0 ga kamaydi.
O„zbekistonda tibbiy ta‟limning uzluksiz bo„lishiga va mutaxassislarning o„z
malakalarini oshirib borishiga katta ahamiyat berildi. Toshkentda vrachlar malakasini
oshirish instituti ishlab turibdi. Uning 42 kafedrasi
va har xil ixtisoslikka
mo„ljallangan kurslarida har yili 5-6 mingga yaqin vrach, jumladan boshqa
hamdo„stlik mamlakatlaridan kelgan mutaxassislar o„z malakasini oshirdi.
O„zbekistonda iqtisodiy islohotning borishi tibbiyot xodimlari tayyorlash ishini,
umuman tibbiy ta‟lim tizimini takomillashtirishni taqozo qilardi.
Respublikadagi
tibbiyot institutlarida bakalavrlar va magistrlar tayyorlash ko„zda tutildi. Shunga ko„ra
«davolash ishlari» ixtisosligidan vrach kadrlar tayyorlash ishi 3 bosqichdan tarkib
topadigan bo„ldi, shulardan birinchisi – tabobat bo„yicha 5 yil davomida umumiy
tayyorgarlik ko„rib, bakalavr, ya‟ni vrach
yordamchisi unvonini olish; ikkinchisi –
to„la-to„kis tibbiy ma‟lumotga ega bo„lib, tibbiyot doktori darajasiga erishish;
uchinchisi – xodimning tanlagan ixtisosiga qarab, magistraturada o„qish.
Magistraturada mutaxassis vrach tayyorlash eng yaxshi ilmiy maktablar va
klinikalarda olib borildi. Ayni vaqtda zamonaviy ta‟lim texnologiyasidan foydalanila
boshlandi. Shu bilan birga, mutaxassisning malakasini tekshirib
borish yoki oshirish
uchun uni vaqti-vaqtida sinov (attestatsiya)dan o„tkazib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: