Muhtaram vatandoshlar!
Aziz do‘stlar!
O‘zbekiston – bugungi kunda 130 dan ziyod millat va elat vakillari teng huquqlilik
va o‘zaro hamjihatlik sharoitida ahil-inoq yashab, mehnat qilayotgan ko‘p millatli
mamlakatdir.
Qadimiy diyorimizda asrlar davomida turli madaniyat va sivilizatsiyalar yonma-
yon yashab kelgani, bu esa bag‘rikenglik, tinchlikparvarlik, saxovat va mehr-
oqibatlilik fazilatlari bilan ajralib turadigan xalqimizning o‘ziga xos mentaliteti
shakllanishida muhim ahamiyat kasb etgani shabhasiz.
Bu nafaqat noyob o‘ziga xoslik, balki ahamiyati va mohiyati jihatidan har birimiz
uchun bebaho bo‘lgan g‘oyat katta boylikdir. Bir tomondan xalqlarning o‘ziga xosligi
va betakrorligini saqlash uchun, boshqa tomondan– tarixan shakllangan qadimiy
milliy madaniyatlar, san’at va xalq ijodiyoti, yuz yillar davomida tarkib topgan milliy
an’ana va urf-odatlarning o‘zaro yaqinlashuvi va bir-birini boyitishi uchun,
mamlakatimizda yashayotgan turli millat va elat vakillari o‘rtasida o‘zaro
hamjihatlik va hurmat muhitini qaror toptirish uchun ochilayotgan imkoniyatlarning
nechog‘li yuksak ahamiyatga ega ekanini ham alohida ta’kidlashimiz joiz.
Insonlar orasidagi ana shu o‘zaro hurmat muhiti, ular qaysi tilda so‘zlashishidan
qat’i nazar, O‘zbekiston deb atalgan umumiy uyimizda hukm surayotgan tinchlik,
barqarorlik va osoyishtalikning eng muhim asosi va garovi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bir qarashda oddiy tuyuladigan, ammo g‘oyat teran va muhim bo‘lgan bunday
tushuncha va haqiqatlar to‘g‘risida gapirar ekanmiz, Siz, milliy madaniyat
247
markazlari rahbarlari va faollarining xalqimiz farovonligi, osmonimiz musaffoligi,
farzandlarimiz va nabiralarimiz kelajagi yo‘lida qilayotgan tom ma’nodagi olijanob
va fidokorona mehnatingiz uchun har qancha tahsin-tasannolar aytsak arziydi.
Hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, Respublika Baynalmilal madaniyat
markazi o‘z faoliyati davomida mamlakatimizda millatlararo va fuqarolararo
totuvlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi g‘oya va tashabbuslar paydo
bo‘layotgan haqiqiy do‘stlik uyiga aylandi.
Sizlarni Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganligining 15
yilligi bilan chin yurakdan tabriklashga va barchangizga samimiy minnatdorlik
tuyg‘ularini izhor etishga ijozat bergaysizlar.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, mamlakatimizning buguni va kelajagi
uchun g‘oyat muhim bo‘lgan faoliyatingizda yangidan-yangi muvaffaqiyatlar
tilayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |