Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


«tushunchaning asl ma‟nosini aniq anglab olishimiz lozim. Biz siyosiy



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«tushunchaning asl ma‟nosini aniq anglab olishimiz lozim. Biz siyosiy 
muxolifatni muqobil muxolifat sifatida tushunamiz. Turmushimizning hamma 
sohasida muqobillik bo„lishi lozim. Shu sababli muxolifat haqida so„z borar 
ekan, eng avvalo, islohotlar o„tkazish, jamiyatning taraqqiyot va yangilanish 
yo„lidan olg„a borish bo„yicha muqobil dastur turlarini taklif etishga qodir 
amaliy muxolifatni nazarda tutamiz»
, – deydi. 
Shuni ham alohida ta‟kidlash kerakki, Prezident muxolifat haqida, uning jamiyat 
taraqqiyotida tutgan o„rni va roli to„g„risida gapirar ekan, jahon tajribalariga tayanadi. 


184 
Muxolifatchilikning hayotiy zarurati, mas‟uliyati va burchi haqidagi eng adolatli 
mulohazalarini o„rtaga tashlaydi. 
Darhaqiqat, jahon demokratik jarayonlari huquqiy maqomi va konstitutsiyaviy 
kafolatlari mavjud bo„lgan, o„z faoliyatini jamiyat taraqqiyoti va fuqarolar 
osoyishtaligi asosida qurgan, uning butun mas‟uliyatini bo„yniga olgan, davlat 
ravnaqini ta‟minlashga xolisona ko„maklashadigan, har tomonlama – ilmiy va hayotiy 
jihatdan asoslangan dasturlarga ega bo„lgan muxolifatni tan oladi. O„zbekiston 
hukumati muxolifatga xuddi ana shu xalqaro talablar nuqtayi nazaridan yondashadi. 
Taraqqiy topgan mamlakatlarda va demokratik tamoyillar rivojlangan davlatlarda 
muxolifatga shunday yondashishadi. Ana shu xulosalardan kelib chiqib Prezident 
I.Karimov 
«Biz rasmiy hokimiyat bilan g„oyaviy va amaliy jihatdan raqobatlasha 
oladigan, amaliy takliflar kirita biladigan, jamiyatimizning turli siyosiy 
qatlamlari manfaatlarining ifodachisi tariqasida maydonga chiqa oladigan 
muxolifatni ko„rishni istaymiz»
, – deydi. 
Oltinchidan
, sessiyada hokimiyat bo„linishi tamoyillariga qat‟iy amal qilish 
demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishning muhim omili sifatida ko„rsatildi. Bu, 
ayniqsa, o„tish davrida jamiyat boshqaruvini takomillashtirishga, uning barqarorligini 
ta‟minlashga, fuqaro va jamiyat o„rtasidagi o„zaro bog„liqlikni chuqurlashtirishga 
zamin yaratadi.
Qonun chiqaruvchi organ jamiyatni qonunlar tizimi bilan ta‟minlasa, ijro organlari 
bevosita ishlab chiqarishni takomillashtirish, joylarda qonunchilikni joriy etish, 
huquqiy demokratik davlat tizimini mustahkamlashni ta‟minlaydi.
Sud hokimiyati esa insonparvar fuqarolik jamiyati ma‟naviy qiyofasini 
belgilaydigan muhim omillardan hisoblanadi. Endigina, mustaqillik davriga kelib sud 
o„z vazifasini bajarishga kirishmoqda, o„z maqomi doirasida faoliyat ko„rsatishni 
tamoyilga aylantirmoqda.
Yaqin o„tmishimizga nazar tashlaylik. Sud, prokuratura, ichki ishlar xizmati, 
bizning tasavvurimizda qattol va beshafqat jazo organi, odamlarga tazyiq qiluvchi, 
zo„ravonlik mahkamasi bo„lib ko„rinar edi. Ko„chada bir militsioner yoki prokuratura 
xodimiga ko„zing tushsa, beixtiyor tovoninggacha muzlab ketarding, kishi. Chunki 
qizil imperiyaning asosiy tayanchi, qonxo„r qilichi hisoblangan huquq-tartibot 
organlari aslida o„z vazifalarini bajarmas edi. Ular davlat va qonunni ro„kach qilib, 
fuqarolarni qo„rqitish, ularda tobelik va mutelik ruhiyatini singdirish, qalbini 
jarohatlash, irodasini bukishni maqsad qilib olishgan edi. Aslini olganda bu 
maqsadgina emas, balki davlat siyosatiga aylangan qudratli va fashistik xarakterdagi 
hodisa edi. 
Sessiya 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish