«Aholida inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilish borasida yangi
qadriyatlar va ko„nikmalarni shakllantirish, pirovard natijada esa inson
huquqlariga hurmat-ehtiromni va ularga rioya etishni umummillat darajasida
rivojlantirishga qaratilgan madaniyatni yuzaga keltirish g„oyat muhimdir.
Insonning o„z huquqlari va majburiyatlaridan yaxshi xabardor bo„lishi shaxs
huquqlarining konstitutsiyaviy kafolatlarini ro„yobga chiqarishning eng asosiy
sharti bo„lib qolishi kerak»
– deb uqtirdi.
O„z-o„zidan ma‟lumki, bu odamlarning tafakkurida o„zgarish yasash, ularning o„z
haq-huquqini chuqurroq anglab olishiga yordam berish, umuman olganda, har bir
fuqaroning huquqiy bilimlari saviyasini oshirishni taqozo etadigan jarayon. Zotan, o„z
haq-huquqini aniq bilgan, o„zini himoya qilishga qodir shaxs jamiyat oldidagi
burchini ham chuqur tushunadi. Fuqaroning huquqiy ongi va siyosiy bilimi qanchalik
yuqori bo„lsa, davlat va jamiyat oldidagi majburiyatini hamda fuqarolik mas‟uliyatini
shunchalik chuqur anglaydi. Ana shunday holatning o„zi shaxs va jamiyat o„rtasidagi
munosabatlarning uyg„unlashgan, barkamol ma‟naviy qiyofasini belgilaydi.
To„rtinchidan
, aholining siyosiy faolligi bevosita uning jamiyat ijtimoiy-siyosiy
jarayonlariga qanchalik daxldorligi bilan belgilanadi. Agar fuqaro siyosiy va ijtimoiy
jihatdan faol bo„lsa, u o„z-o„zini boshqarishga va shu orqali jamoa harakatini
shakllantirishga, uning mazmunini chuqurlashtirishga qodir bo„ladi. Yangilanayotgan
jamiyat aholini kundalik tashvishlar va har xil ikir-chikirlar girdobidan olib chiqadi,
uni hayotga teranroq va sergakroq qarashga undaydi. U o„zini erkin his qilsin, erkin
fikrlasin, oldin fikrining to„g„riligiga, jamiyat uchun foydali ekanligiga ishonsin,
so„ng uni hech qiynalmasdan bayon qilsin. Haqiqiy demokratiya ana shunda
ko„rinadi. Agar har bir fuqaro hayotda o„zini ana shunday tutsa, ana shunday
qobiliyatga ega bo„lsa demokratiya o„z-o„zidan jamiyatning tarkibiy qismiga
aylanadi, unda mustahkam o„rnashib oladi.
Aholining siyosiy madaniyatini oshirish, uning jamiyat rivojlanishida tutgan roli va
mavqeini ko„tarish bir jihatdan ko„ppartiyaviylik tizimini shakllantirish va uning
faoliyatini chuqurlashtirish bilan belgilanadi. Ayni paytda mamlakatimizda «Jamoat
birlashmalari to„g„risida»gi qonun amal qilmoqda. Hozir ana shu qonun doirasida
mamlakatimizda to„rtta partiya, bitta xalq harakati, kasaba uyushmalari, jami ikki
yuzdan ortiq jamoat tashkilotlari faoliyat ko„rsatmoqda. Fuqarolarning ana shu
tashkilotlarda faol ishtirok etishini ta‟minlashning uzoq muddatli dasturlarini ishlab
chiqish lozim.
Yuqoridagidan kelib chiqib Prezident I.Karimov
Do'stlaringiz bilan baham: |