Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


-§. Sud hokimiyati islohotlari



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

5-§. Sud hokimiyati islohotlari 
O„zbekistonda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishda sud hokimiyatini 
shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham mamlakat mustaqillikka 
erishganidan so„ng bu borada katta ishlar amalga oshirildi. 
Ma‟lumki, 
1991-yil 
31-avgustda 
«O„zbekiston 
Respublikasi 
davlat 
mustaqilligining asoslari to„g„risida» Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi. 
O„zbekiston tenglar qatorida teng bo„lib dunyo davlatlari safida o„zining munosib 
o„rnini egalladi. 
Istiqlol tufayli nafaqat siyosiy va iqtisodiy, balki tom ma‟noda huquqiy 
mustaqillikka ham erishildi. Sir emas, istiqlolga qadar respublikamizdagi aksariyat 


200 
qonunlar sobiq ittifoq qonunlari asosida qabul qilinar edi. O„z-o„zidan ma‟lumki, 
ularda xalqimizning o„ziga xos hayot tarzi, urf-odatlari va udumlari, ma‟naviy-ruhiy 
va axloqiy ehtiyojlari to„liq aks ettirilmas edi. 
Endilikda vaziyat batamom o„zgardi. Davlatimiz mustaqillikka erishgan birinchi 
kundanoq huquqiy demokratik davlat qurmoqchi ekanligini va qonun ustuvorligi 
ta‟minlanishini ma‟lum qildi. 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyingi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy 
sohadagi o„zgarishlar davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlaydigan, 
yangicha ijtimoiy munosabatlarni shakllantiradigan, fuqarolarning huquq va 
erkinliklarini himoya qiladigan qonunlar yaratilishini taqozo etdi. 
Shu bois 1992-yil 8-dekabrda demokratik huquqiy davlatchilik zaminini barpo 
etishning poydevori bo„lgan O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul 
qilinishi mamlakatda yangi qonunchilik tizimini barpo etish uchun asos bo„ldi. 
Konstitutsiyaning 11-moddasida O„zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati 
tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyatiga bo„linishi 
belgilab qo„yildi. 
Shubhasiz, hokimiyatning bunday bo„linishi tamoyilining Konstitutsiyada 
mustahkamlanishi mustaqillik tufayli erishilgan eng salmoqli yutuqlardan biridir. 
Chunki ayni shunday, umum e‟tirof etilgan, jahon tajribasida ko„rilgan demokratik 
yo„l bilangina odil sudlovni talab darajasida amalga oshirish, Konstitutsiyaga va inson 
huquqlari to„g„risidagi xalqaro paktlarga, ijtimoiy adolat tamoyillariga og„ishmay 
amal qilish mumkin bo„ladi. Fuqarolarning tinchligi va ahilligini so„zsiz ta‟minlash 
qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga zamin yaratiladi. 
O„tgan tarixan qisqa davrda sud hokimiyatini mustahkamlash, sud islohotlarini 
izchillik bilan o„tkazish masalalari hamisha davlat rahbarining diqqat markazida 
bo„lib keldi. Jumladan, Oliy Majlisning 1995-yil 24-fevralda bo„lib o„tgan birinchi 
chaqiriq, birinchi, 1995-yil 21-dekabrdagi to„rtinchi va 1996-yil 28-avgustdagi 
oltinchi sessiyalarida sud hokimiyati uchinchi, mustaqil va qaram bo„lmagan tarmoq 
ekanligiga, odil sudlov tizimini kengaytirish va demokratiyalashtirish lozimligiga 
e‟tibor berildi.

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish