«Sud islohotini chuqurlashtirish, hokimiyatning uchinchi, mustaqil va qaram
bo„lmagan tarmog„i sifatida butun odil sudlov tizimini demokratlashtirish –
huquqiy davlatni mustahkamlashning yana bir muhim yo„nalishidir ... Sud
jazolovchi organdan oddiy odamlarning huquqlari va manfaatlarini himoya
qiluvchi organga aylanib, haqiqatan ham mustaqil bo„lib qolishi lozim»
– deb
uqtiradi I.Karimov Oliy Majlisning VI cessiyasida.
Ko„rinib turibdiki, sud ahamiyatining, uning obro„yining jiddiy ravishda oshirilishi
zarurligi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, bu masala ayniqsa,
sudlarning faoliyatida asosiy mazmunni tashkil etishi zarurligi Prezident tomonidan
qayta-qayta ta‟kidlandi. Sud kishilarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiluvchi
hokimiyatga aylanishi zarur. Buning uchun u mustaqil harakat qilishi kerak. Xalq
maslahatchilari haqiqiy, odil, tajribali, hurmatga sazovor shaxslar bo„lishi kerak.
201
Sud tizimi O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi, O„zbekiston
Respublikasi Oliy Sudi, O„zbekiston Respublikasi Oliy xo„jalik Sudi,
Qoraqalpog„iston Respublikasining Oliy Sudi, Qoraqalpog„iston Respublikasining
xo„jalik Sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar xo„jalik va harbiy
sudlaridan iborat.
Huquqiy demokratik insonparvar davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini
shakllantirish jarayonida yangi tizim – huquq tarmoqlarini birlashtirishni va ular
o„rtasidagi munosabatni uyg„unlashtirishni ta‟minlovchi Konstitutsiyaviy Sud yuzaga
keldi. Bu tizimning vujudga kelishi demokratik davlat uchun ulkan voqeadir.
Konstitutsiyada sud hokimiyati mustaqilligining mustahkamlanishi odil sudlovni
amalga oshirishda keng imkoniyatlar ochdi.
Shuni alohida ta‟kidlash kerakki, mustaqil O„zbekiston Konstitutsiyasi sho„rolar
davri konstitutsiyalaridan keskin farq qiladi. Ularning birortasida sud hokimiyati
degan so„z uchramaydi.
Mustaqil O„zbekiston Konstitutsiyasida hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro va
sud hokimiyatlariga bo„linishi hozirgi zamon jahon davlatchiligining eng ilg„or
tajribalariga mos keladi va xalqaro talablarga to„la javob beradi.
Chunki, ayni shunday jahon jamoatchiligi tomonidan qabul qilingan demokratik
me‟yorlar bilangina odil sudlovni talab darajasida amalga oshirishni ta‟minlash,
Konstitutsiyaga va inson huquqlari to„g„risidagi xalqaro paktlarga, ijtimoiy adolatga,
fuqarolarning tinchligi va ahilligiga so„zsiz amal qilib, qonuniylik va huquq tartibotni
mustahkamlash mumkin.
Konstitutsiyaning 106 va 116-moddalarida sud hokimiyatining asoslari aniq
belgilanib, sud hokimiyati va sudyalarning mustaqilligi mustahkamlangan. Shunga
ko„ra, sud hokimiyati va sudyalar faqat qonungagina bo„ysunadilar. Bu qoida
Konstitutsiyada qator kafolatlar bilan himoyalangan. Sud tizimining tuzilishi va
Respublika barcha sud organlarining vakolatlari ham Asosiy qonunda belgilab
berilgan.
Mustaqil sud hokimiyatini amalga oshirish mexanizmini tartibga soluvchi va uning
sudyalarni saylash, tayinlash hamda ularni vazifasidan ozod qilish tartibi, sud
ishlarini ko„rishda aralashganlik uchun javobgarlik va hokazolarning asosiy kafolati
hisoblangan «Sudlar to„g„risida»gi Qonun 1993-yil 2-sentabrida Oliy Kengashning
XIII sessiyasida qabul qilindi. Ilgariroq 1992-yil 10-dekabrda Oliy Kengashning XI
sessiyasida qabul qilingan «Prokuratura to„g„risida»gi Qonun uning sud bilan
butunlay yangi sharoit va talablar doirasidagi o„zaro munosabatlarini belgilab bergan
edi. Jinoyat protsessual, Xo„jalik protsessual va Fuqarolik protsessual to„g„risidagi
qonunlar qabul qilinib, ularda sud mustaqilligi tamoyillari, taraflarning tengligi, sud
ishlarini yuritishda tortishuv va odil sudlovning boshqa demokratik me‟yorlari
mustahkamlandi.
1996-yil 7-dekabrda Konstitutsiyaning to„rt yilligiga bag„ishlangan yubiley
tantanalarida so„zga chiqib, Prezident I.Karimov davlatda huquqiy tizim har qanday
vaziyatda ham aniq ishlashi lozim ekanligini alohida ta‟kidladi. Shuning uchun ham
202
haqiqiy Mustaqil, kuchli sud hokimiyati sudyalarning injiqligi yoki yuqori mavqe
istagi emas, balki u Konstitutsiyaning, barcha xalqning talabi hamda erkin demokratik
jamiyatning o„zaklaridan biridir.
Insoniyatning ko„p asrlik tarixi davomida qonuniylikni ta‟minlashning bundan
o„zga mexanizmi topilgani yo„q. Sud hokimiyati mustaqilligi tamoyili bizning
mamlakatimiz ham qo„shilgan juda ko„p xalqaro hujjatlarda, shu jumladan, Inson
huquqlari umumjahon Deklaratsiyasida ham o„z ifodasini topgan.
O„zbekiston ko„p yillar davomida totalitar tuzum sharoitida yashab, hokimiyat
bo„linishi tamoyili yo„qligi uchun sud hukmron partiyaning qonunsiz da‟volarining
himoyachisiga, kommunistik mafkuraning jazo organiga aylanib kelgan edi.
Ma‟lumki, 70 yildan ortiqroq vaqt mobaynida harbiylarning taqdiri qanday hal
bo„lishini hech kim bilmas edi. Respublika hududida harbiy tribunal deb nomlangan
sud bor edi. Biroq, bunga Oliy sud va boshqa sudlarning umuman daxli yo„q edi. Endi
qonundan kelib chiqib, Qurolli kuchlar harbiy sudi, garnizon sudlari va ularning ish
faoliyatlarini nazorat qilish uchun Respublika Oliy sudida harbiy hay‟at tashkil etildi.
Harbiy hay‟at raisi lavozimi bo„yicha Oliy sud Raisi o„rinbosari hisoblanadi. Ularga
Qurolli kuchlar safida, chegara qo„shinlarida, milliy xavfsizlik organlarida, respublika
ichki ishlar vazirligining ichki qo„shinlarida va boshqa harbiy tuzilmalarda xizmat
qilayotgan, o„quv yig„inlaridagi shaxsiy tarkib tomonidan sodir etilgan jinoyat
ishlarini hamda Qurolli kuchlar harbiy qismlari qo„mondonlariga nisbatan harbiy
xizmatchilarning da‟vosi bo„yicha bo„lgan fuqarolik ishlari va ularning g„ayriqonuniy
harakatlari yuzasidan tushgan shikoyatlarni ko„rish vakolati yuklatilgan.
Hozir sud islohotlarining ikkinchi bosqichi boshlandi. Oliy Majlisning 1996-yil 26-
dekabrda bo„lgan VII sessiyasida Jinoyat va Jinoyat-protsessual qonunlarga jiddiy
o„zgartirishlar kiritildi.
Sud hokimiyati Konstitutsiya va xalq tomonidan sudga berilgan jinoyat, fuqarolik
va ma‟muriy hamda xo„jalik ishlari bo„yicha huquq va adolat, qonun ustuvorligi
tamoyiliga amal qilish, topshirilgan ish uchun javobgarlik asosida odil sudlovni
amalga oshirish imkonini beruvchi vakolatlar majmuidir.
Shunday qilib, respublikadagi sud hokimiyatining bugungi ahvolini baholash
uchun odil sudlov sifatining o„zini, sudda Konstitutsiya va qonunlar talablari hamda
sudlarning hokimiyatning boshqa tarmoqlari bilan o„zaro munosabatlarini amalga
oshirish darajasini tahlil qilish zarur.
Umuman olganda, sudlarning jinoyat va fuqarolik ishlari bo„yicha o„tgan 2000–
2006-yillar ichidagi ishlarining sifatini baholaydigan bo„lsak, bu ko„rsatkich ancha
yaxshilandi. Sudlar dalillarni baholash masalasiga mas‟uliyat bilan yondasha
boshladilar. Ishlarni ko„rishda rasmiyatchilik, yuzaki yondashish, himoya huquqini
buzish hollari kamaydi.
Jinoiy jazo choralarini tayinlash masalasida ham jiddiy o„zgarish yuz berdi. Oliy
sudning 1993-yildan boshlab joylarda o„tkazgan tekshirishlari, Plenumlarda qabul
qilingan tegishli qarorlar, xavfli jinoyatchilarga, uning tashkilotchilariga, jinoiy
guruhlarning faol qatnashchilariga jazo tayinlash amaliyotini tubdan o„zgartirish
203
imkonini berdi. Og„ir va o„ta og„ir jinoyatlar uchun jazo tayinlash ancha kuchaytirildi,
natijada respublikada vaziyat yaxshilandi.
O„zbekiston Respublikasi Oliy sudi «Sudlar to„g„risida»gi Qonunning 4-
moddasida qayd etilgan va o„zlariga yuklatilgan hokimiyat vakolatlaridan kelib
chiqqan holda so„nggi yillarda o„z faoliyatlarini Konstitutsiyada va boshqa
qonunlarda hamda inson huquqlari to„g„risidagi xalqaro hujjatlarda bayon etilgan
fuqarolarning huquq va erkinliklariga, korxonalar, muassasa va tashkilotlarning
huquqlari hamda qonun bilan himoyalanadigan manfaatlariga rioya etilishini
kafolatlash borasida qator tadbirlarni amalga oshirdi.
O„zbekiston Respublikasi Oliy sudida fuqarolik, jinoyat ishlarini birinchi,
kassatsiya va nazorat bosqichlarida ko„rish, shikoyatchilarni tekshirish, quyi sudlar
tomonidan ko„rilayotgan ishlarni qonuniy va adolatli hal etilishini ta‟minlash, yo„l
qo„yilayotgan xato va kamchiliklarni tuzatish, ularga amaliy yordam ko„rsatish
borasida ham samarali ishlar qilindi.
Mamlakatimiz tashqarisiga tovar moddiy boyliklarni olib chiqish tartiblarini buzish
jamiyatimiz uchun katta xavf tug„dirishini, bozor iqtisodiyotiga va fuqarolarning
manfaatlariga jiddiy zarar keltirishi e‟tiborga olinib, ularni sudda ko„rish amaliyoti
o„rganib chiqildi. Yo„l qo„yilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Oliy sud
1993-yil 27-dekabrdagi Plenumida «Respublikadan tashqariga tovar moddiy
boyliklarni olib chiqish va Respublikaga naqd pullarni olib kelish tartiblarini
belgilovchi qonunlarni qo„llash to„g„risida» qaror qabul qilib, quyi sudlarga dasturiy
ko„rsatmalar berdi.
1980-yillarning oxiriga kelib, Respublikadagi jinoiy muhitning keskinlashganligi
va jinoyatlarning yangi uyushgan, qurollangan va giyohvand moddalar bilan bog„liq
turlari ko„payganligi jinoyatchilikka qarshi kurashda keskin choralar ko„rishni taqozo
etdi.
O„zbekiston Respublikasi Oliy sudi 1994-yil 7-yanvarda Plenum o„tkazib, «Jinoyat
uchun jazo tayinlash amaliyoti to„g„risida»gi masalani muhokama etdi va tegishli
qaror qabul qildi. Unda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qonun moddalarini
qo„llash choralari ko„rildi.
Oliy Sud Plenumining mazkur qarori jinoyatchilikka, ayniqsa, uyushgan
jinoyatchilikka qarshi kurashda ijobiy rol o„ynadi. Avvalo, Andijon, Namangan,
Farg„ona, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida makon qurgan «nomdor», jinoyat
olamida «shuhrat qozongan» to„dalarning asosiy qismi ushlandi va tergov qilinib,
sudlar tomonidan qilmishlariga yarasha qonuniy jazo belgilandi.
Og„ir jinoyat sodir etgan shaxslarga, jinoiy guruhning tashkilotchilari va faol
ishtirokchilariga, muqaddam sudlanganlarga qonun doirasida qattiq jazo choralarini
qo„llash bilan, keyingi yillarda jinoyatchilikning og„ir turlaridan hisoblangan
uyushgan jinoyatchilik, tovlamachilik (reket), avtomashinalarni olib qochish kabi
jinoyatlarning keskin kamayishiga erishildi va respublikadagi kriminogen vaziyat
yaxshilandi.
204
Mamlakatda iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi, ayniqsa qishloq xo„jaligida tub
islohotlar, xo„jalik sudlari faoliyatini yanada takomillashtirishni talab qildi. 1996-yil
25-iyulda O„zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xo„jalik sudlari tarkibini
takomillashtirish to„g„risida»gi Farmoni e‟lon qilindi. Mazkur Farmon asosida viloyat
xo„jalik sudlari maqomida faoliyat ko„rsatuvchi Toshkent shahar xo„jalik sudi tashkil
etildi va xo„jalik sudlari sud ijrochilari instituti ta‟sis etildi.
Uy-joy islohotini amalga oshirish bozor iqtisodiyotiga o„tishning muhim
omillaridan biri ekanligi, uning maqsadi uy-joy bozorini vujudga keltirishga
qaratilganligini e‟tiborga olib, «Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to„g„risida»gi
Qonunni qo„llashdagi ba‟zi masalalar haqida O„zbekiston Respublikasi Oliy sudi
1994-yil 9-sentabrda bo„lib o„tgan Plenumida Qaror qabul qildi. Qabul qilingan qaror
respublikada davlat uy-joy fondini xususiylashtirish jarayonini amalga oshirishda
muhim ahamiyatga ega bo„ldi.
Prezident Islom Karimov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining
48-sessiyasida so„zlagan nutqida insoniyat oldida turgan birinchi navbatda hal
qilinishi zarur bo„lgan muammolar orasida xalqaro maydonda narkobiznesga qarshi
kurashni kuchaytirish masalalariga alohida e‟tibor bilan qarash lozimligini ta‟kidlab,
O„zbekiston ana shu kurashda keng ko„lamli hamkorlik qilishga tayyor ekanligini
bildirdi.
Ma‟lumki, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalari bilan qonunga xilof
ravishda muomala qilish inson sog„lig„i va xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi,
mamlakatdagi kriminogen vaziyatga, jamiyatning iqtisodiy va madaniy negiziga
salbiy ta‟sir ko„rsatadi, ko„pincha u uyushgan jinoyatchilik bilan uzviy bog„liq
bo„ladi.
Giyohvandlik oqibatida ko„plab og„ir jinoyatlar sodir etilmoqda. Oilalar barbod
bo„lmoqda. Shuning uchun O„zbekiston Respublikasi Oliy sudi giyohvandlik bilan
bog„liq jinoiy ishlarni sudda ko„rish amaliyotini o„rganib, bu masalani 1995-yil 27-
oktabrdagi Plenumida muhokama qildi. Plenum sudlarga zarur ko„rsatmalar berdi,
sudlardan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar o„tkazish, ekish va shu kabi
jinoyatlarni sodir qilgan shaxslarga nisbatan qonun kuchidan to„la foydalanishni talab
qildi.
Shu bilan birga, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2005-yil
1-avgustdagi «O„zbekiston Respublikasida o„lim jazosini bekor qilish to„g„risida»gi
hamda 2005-yil 8-avgustdagi «Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga
o„tkazish to„g„risida»gi farmonlari har bir sudya zimmasiga alohida mas‟uliyat
yuklashi ta‟kidlanib, bu borada sudya kadrlarni tayyorlash va yagona sud amaliyotini
shakllantirish mexanizmini barpo etish bo„yicha chora-tadbirlar belgilab chiqildi.
Ma‟lumki, Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish bilan bog„liq jinoyatlar
jamiyat uchun katta xavf tug„diradi. Shu sababli Oliy sud Plenumi 1996-yil 7-
yanvarda «Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish to„g„risidagi ishlar bo„yicha
sud amaliyoti haqida»gi masalani ko„rib chiqib, sudlarning e‟tiborini mazkur
masalaga doir jiddiy kamchiliklarga qaratdi. Bunday ishlarni ko„rish chog„ida
205
qurollarni olish, tayyorlash manbalari va sabablarini, jinoyatlarning sodir etilishiga
imkoniyat tug„dirayotgan sharoitlar va shaxslar doirasini aniqlash, jazo tayinlashda
alohida yondashuv qoidalariga rioya etish, aybdorlarga nisbatan asossiz ravishda
yengil jazo tayinlash hollariga barham berish talab etildi. Qurol va o„q-dorilarni
o„tkazish maqsadida sotib oluvchilarga va tayyorlovchilarga, ularni o„tkazuvchilarga,
talon-taroj etuvchilarga, og„ir jinoyatlarni sodir etishda quroldan foydalanuvchilarga
qattiq jazo choralarini qo„llash haqida ko„rsatmalar berildi.
Mamlakatimizda
islohotlarning
izchil
amalga
oshirilishi
iqtisodiyotni
shakllantirishga, uning bozor sharoitiga moslashtirilishiga va xalqaro hamjamiyat
uchun ochiq bo„lishiga sharoit yaratdi.
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish, bu birdan-bir maqsad emas. Islohotlarning
asl maqsadi, insonga munosib turmush kechirish va faoliyat ko„rsatish uchun yetarli
sharoitni vujudga keltirishdan iboratdir.
Huquqiy tashviqot darajasi pastligi, bozor iqtisodiyoti bilan bog„liq qonunlarni
buzganlikda aybdor bo„lgan shaxslarning javobgarlikka tortilishida oshkoralikning
yo„qligi, fuqarolarning ongida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatiga
nisbatan ishonchsizlik kelib chiqishiga sabab bo„ladi. Bundan tashqari, tadbirkorlik,
fermerlik va boshqa yakka tartibdagi faoliyat bilan shug„ullanuvchilar, qishloq
xo„jalik mahsulotlarini yetishtiruvchi dehqonlar o„z huquqlarini bilmasligi natijasida
ayrim firibgar-u tovlamachilar va zo„ravonlarga aldanadilar, oqibatda bozorlarda
narx-navo ko„tariladi. Buning ustiga har xil yig„imlar yig„ish, ko„pincha to„g„ridan
to„g„ri tovlamachilik, g„ayriqonuniy ravishda haq olish, poraxo„rlik kabi illatlar
uchrab turibdi.
Oliy sudning 1996-yil 15-martdagi Plenumida ana shu farmon yuzasidan tegishli
masalani muhokama qilib, qaror qabul qildi. Sudlardan tovlamachilarga
(reketchilarga), tovarlarni bozorga erkin kirib kelishiga to„sqinlik qiluvchi shaxslarga,
talon-taroj, fuqarolardan nohaq yig„imlar olish, xizmat vakolatlarini suiiste‟mol qilish
bilan shug„ullanuvchi bozor ma‟muriyatining mansabdor shaxslariga, savdo
qoidalarini buzuvchi, o„ta yuqori narxlarni sun‟iy ravishda saqlab turuvchi, mahsulot
ishlab chiqaruvchilarni bozordan siqib chiqaruvchilarga nisbatan qattiq jazolarni
qo„llashni ta‟minlash talab etildi hamda boshqa masalalarda sudlarga dasturiy
ko„rsatmalar berildi.
Shuningdek, jinoyat uchun jazo tayinlash masalasining o„ta muhim masala
ekanligini e‟tiborga olib, Oliy sud 1996-yil 19-iyulda ushbu masalani ikkinchi
marotaba Plenum majlisida ko„rib chiqdi.
Ma‟lumki, butun jahon jamoatchiligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti atrof-muhitni
muhofaza qilish muammosiga va uning huquqiy tomonlariga juda katta ahamiyat
bermoqda.
Shuning uchun ham Prezident I.Karimov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh
Assambleyasining 48-sessiyasida so„zlagan nutqida Orol bo„yidagi ekologik inqiroz
sababli yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar majmui o„zining kelib chiqishi
va oqibatlari bo„yicha xalqaro xarakterga ega ekanligini ko„rsatib o„tdilar.
206
Respublikamizda mavjud bo„lgan ekologik vaziyatni e‟tiborga olib, O„zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumi bu masala bilan bog„liq jinoiy ishlarni hamda boshqa
huquqbuzarliklarni ham o„rganib chiqib, 1996-yil 20-dekabrda «Atrof-muhitni
muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa
huquqbuzarliklar to„g„risidagi ishlar bo„yicha sud amaliyoti haqida» qaror qabul qildi.
Unda sudlarning e‟tiborlari tabiatni muhofaza qilish, tabiat boyliklaridan ziyon-
zahmat yetkazmasdan oqilona foydalanish to„g„risidagi qonunlarga qat‟iy amal qilish
eng muhim davlat vazifalaridan biri ekanligiga, ularni to„g„ri hal qilish fuqarolarning
sog„lig„i va farovonligiga, shuningdek, respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanishiga bog„liqligiga qaratildi.
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarlik ishlarini ko„rishda
yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish, tabiatni muhofaza qilish to„g„risidagi
qonunlarni buzishda aybdor bo„lgan barcha shaxslar doirasini aniqlash, ularni
qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasini hal qilish, yetkazilgan
zararni to„liq undirish choralarini ko„rish va boshqa masalalarda sudlarga
ko„rsatmalar berildi.
Ma‟lumki, davlat va jamiyatning obro„si o„sha davlatda mavjud bo„lgan sud va
sudyalarning qonun talablariga og„ishmasdan amal qilishlariga, qabul qilingan har
qanday qarorlar qonun me‟yorlariga nechog„lik mos kelishiga bevosita bog„liq.
Darhaqiqat, yaxshi qonunlar bo„lsa-yu sud tizimida ishlovchilar uning talablariga
mos qaror qabul qilmasa, sud tizimining obro„siga putur yetkazadi. Bu davlat va
jamiyat obro„siga rahna soladi.
Sud fuqarolar ko„z oldida ularning haq-huquqlarini va manfaatlarini himoya
qiluvchi organ sifatida gavdalanishi shart. Endi totalitar tuzum davridagi sudga
nisbatan bo„lgan qarashlarni tubdan o„zgartirish vaqti keldi. Sud madaniyatini
ko„tarish har bir sud jarayoni fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilishga
qaratilmog„i shart. Sud adolat posboniga aylanmog„i zarur. Sud va sudyalar
fuqarolarda o„ziga nisbatan ishonch tug„dirishning uddasidan chiqishi, bu ishonchni
har kuni, har doim amaliy ishlar bilan oqlamog„i lozim.
Sud hokimiyatining obro„sini ko„tarish, uning xolisligini ta‟minlash har bir
sudyadan katta mas‟uliyat, jasorat, bilim, tajriba orttirishni, poklik va adolatni barcha
narsalardan ustun qo„yishni, davlat va xalqqa sodiq bo„lishni taqozo etadi. Shuning
uchun ham sud va sudyalarning boshqa tarmoqlardan haqiqiy mustaqilligini, sud
qarorlarini qabul qilishda faqat qonunga bo„ysunishini, sudning hammabop, himoya
doirasi kengayishini ta‟minlaydigan va nihoyat, sud tizimiga nopok, poraxo„r va
tasodifiy kimsalar kirib qolishiga yo„l qo„ymaydigan huquqiy asos qadam-baqadam
takomillashtirib borilmoqda.
2006-yilda umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan mamlakatimizda qonun
ustuvorligi va ijtimoiy adolatni ta‟minlash, fuqarolarning haq-huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Fuqarolik
ishlari bo„yicha sudlar tomonidan 420 mingdan ortiq ish ko„rib chiqilib, ularning 96
foizi bo„yicha da‟vo talablari qanoatlantirilib, fuqarolar hamda tashkilotlarning
207
buzilgan haq-huquqlari tiklangan va ularning foydasiga 26,2 milliard so„m moddiy,
3,6 milliard so„m ma‟naviy zarar, shuningdek, respublika budjetiga 455,3 million
so„m davlat boji undirilgan. Shu jumladan, tadbirkorlarning buzilgan huquq va
qonuniy manfaatlarini tiklash yuzasidan 300 dan ortiq da‟vo qanoatlantirilib, 40,3
million so„m moddiy va 24,8 million so„m ma‟naviy zarar undirilgan.
2000-yilda umumiy sudlanganlarning 47,2 foiziga ozodlikdan mahrum qilish
jazosi tayinlangan bo„lsa, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan sud-huquq tizimida olib
borilayotgan islohotlarning muhim yo„nalishlaridan biri – «Jinoiy jazolarning
liberallashtirilishi munosabati bilan O„zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-
protsessual kodekslari hamda Ma‟muriy javobgarlik to„g„risidagi kodeksiga
o„zgartishlar va qo„shimchalar kiritish haqida»gi Qonun qabul qilingach, 2006-yilda
bu ko„rsatkich atigi 28,7 foizni tashkil etgan. Boshqacha aytganda, 71,3 foiz
sudlanganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog„liq bo„lmagan jazolar
tayinlanib, ular oilasi, jamoasi bag„rida qolgan. Sodir etilgan iqtisodiy jinoyatlar
oqibatida yetkazilgan zararning 33 milliard so„mdan ortig„ini ixtiyoriy ravishda
qoplagan to„qqiz ming nafarga yaqin shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish
bilan bog„liq bo„lmagan jazo tayinlangan.
Jinoyat qonunchiligiga kiritilgan o„zgartish va qo„shimchalardan yana bir muhimi
– yarashuv institutining qabul etilishi natijasida 2006-yilda 12,605 nafar shaxsga
nisbatan 11,503 ta jinoyat ishi tugatilgan bo„lsa, bu institut amaliyotga joriy
qilinganidan bugungi kunga qadar 54 mingdan ortiq shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod
etilib, «sudlangan» degan nomni ko„tarib yurishdan xalos bo„lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |