Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

bo„lishi mumkin».
Bularning barchasi huquqiy demokratik davlat ildizlarini chuqurlashtirishga, uni 
har jihatdan mustahkamlashga, davlatni qudratli mexanizmga aylantirishga yordam 
beradi. Davlat kuchli bo„lgan joyda taraqqiyot tezlashadi, jamiyat ma‟naviy jihatdan 
mutahkamlanadi, siyosiy jihatdan o„zini namoyon qilish imkoniyatiga ega bo„ladi.
Fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish imkoniyatlari kengayadi. Qonun barqaror 
bo„lgan joyda fuqarolarning erkinliklari kengayadi, o„zligini namoyon qilish, ichki 
qudratini ko„rsata bilish, yaratuvchilik iqtidorini rivojlantirish imkoniyatiga ega 
bo„ladi. Fuqarolari o„z taqdirini o„zi belgilab, har bir kunini bunyod etish, kashf qilish 
ishtiyoqi bilan o„tkazadigan mamlakatda, albatta, aholi ehtiyojlari qonun bilan 
kafolatlangan bo„ladi. Davlat esa butun choralar bilan ana shu qonunlar harakatini 
nazorat qilib borish, uni yo„naltirib turish, yo„l-yo„lakay «ta‟mirlab», takomillashtirib 
borish singari muhim vazifani bajaradi.
Yuqoridagilarning barchasi bevosita fuqarolarning huquqiy bilimlarni nechog„li 
egallashiga, o„z haq-huquqini anglab olishiga, mavjud qonunlar kafolatlab bergan 
imkoniyatlardan qanchalik foydalana olish darajasiga bog„liq. Qolaversa, 
huquqshunos kadrlar sifatini yaxshilash, ularni zamonaviy bilimlar bilan 
qurollantirish katta ahamiyat kasb etadi. Prezident I.Karimov sessiyada shu masalalar 
haqida so„z yuritar ekan, huquqshunos kadrlarga ehtiyoj katta ekanligini alohida 
uqtirdi. Jumladan, bizda har yuz ming aholiga sudlar Olmoniyadagiga nisbatan olti 
marta, advokatlar esa Amerika Qo„shma Shtatlariga nisbatan 55 marta kam ekanligini 
ko„rsatib o„tdi. 
Bosh islohotchi – davlatning istiqbol rejalari va strategik dasturlaridan kelib chiqib 
shuni aytish lozimki, shunday davlat va ijtimoiy tuzilma yaratish kerakki, unda kuchli 


186 
markaziy hokimiyat o„z sa‟y-harakatlarini mudofaa, davlat xavfsizligi va 
fuqarolarning xavfsizligi, tartib-intizom, tashqi siyosat, valyuta-moliya, soliq tizimini 
shakllantirish, qonunlar qabul qilish va jamiyatning boshqa strategik vazifalarini 
amalga oshirish singari asosiy umummilliy vazifalarga qaratmog„i zarur. 
Boshqaruv masalalarini hal etish esa asta-sekin markazdan joylarga, davlat 
hokimiyati organlaridan jamoat birlashmalari va fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish 
organlariga o„tkazishi lozim.
Ana shunday sharoitda jamiyatda demokratiya chuqurlashadi, fuqarolarning 
ijtimoiy faoliyati kuchayadi. Joylarda mahalliy o„zini o„zi boshqarish organlari ishi 
bevosita barcha fuqarolarning ishtiroki asosida takomillashib boraveradi. Natijada 
fuqaro va jamiyat o„rtasidagi bog„liqlik kuchayadi. Odamlar o„zlarini jamiyatning 
muhim, yo„naltiruvchi kuchi ekanliklarini chuqurroq anglay boshlaydilar. Ularning 
dunyoqarashi, maqsad va intilishlari bevosita jamiyat istiqbolini belgilaydi, uning 
kelajagidan bashorat qiladi. Ana shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, demokratiya 
jamiyatning har bir a‟zosi hayotining uzviy bir qismiga aylangan taqdirdagina 
demokratiya hisoblanadi. Farzandlarimizni bolalikdanoq ayni shu ruhda tarbiyalab 
borish zarur, – degan xulosaga kelish mumkin.
Yuqorida demokratik tamoyillarni chuqurlashtirishning uch omili xususida 
gapirdik. Hokimiyat bo„linishidagi tarmoqlarning har biri xususida alohida to„xtaldik. 
Qonun chiqaruvchi, ijro hokimiyati va sud hokimiyatining faoliyatlari yuzasidan fikr 
yuritdik. Ularning demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish borasida tutgan o„rni va 
roli haqida fikr yuritdik. 
Hozirgi zamon demokratik jarayonlari va uning eng ilg„or tajribalari to„rtinchi 
hokimiyatni ham yaratish va uning faoliyatidan unumli foydalanishni taqozo etmoqda. 
Bu bevosita ommaviy axborot vositalari faoliyati bilan bog„liq bo„lib, uning huquqiy 
asosini mustahkamlash, demokratik jamiyatdagi roli va vazifalarini belgilab berish, 
jurnalistik faoliyatni qonun bilan kafolatlash zarurligini ko„rsatmoqda. 
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1996-yil 30-avgustda bo„lib o„tgan 
sessiyasida «Noshirlik faoliyati to„g„risida»gi hamda «Mualliflik huquqi va turdosh 
huquqlar to„g„risida»gi Qonunlarni qabul qildi. 1997-yil 24-aprelda «Jurnalistik 
faoliyatni himoya qilish to„g„risida», «Axborot olish kafolatlari va erkinligi 
to„g„risida», 1997-yil 26-dekabrda esa «Ommaviy axborot vositalari to„g„risida» 
(yangi tahrirda) Qonun qabul qilindi. Jurnalistlarni qayta tayyorlash Markazi ish 
boshladi. Bular mamlakatimizda so„z va fikr erkinligiga kafolat bo„lib xizmat qiladi. 
1999-2000-o„quv yilida O„zbekiston jahon tillari universitetida xalqaro jurnalistika 
fakultetining tashkil etilishi esa o„zbek jurnalistikasi tarixida muhim voqea bo„ldi. 
2005–2007-yilar mobaynida esa matbuot va so„z erkinligiga doir amaldagi 
qonunlar tizimi qayta ko„rildi va ular zamon talablari asosida yangi tahrirda qabul 
qilindi. 2006-yili O„zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari 
to„g„risida»gi qonun Oliy Majlis Senati tasdig„idan o„tdi. Axborot olish, saqlash, 
ishlash va tarqatish, elektron axborot tarqatish va undan foydalanishning huquqiy 
asoslari yaratilmoqda.


187 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish