Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet322/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Mavzuga doir material 
Madaniyat va barqaror rivojlanish BMTning doimiy muvofiqlashtiruvchisi janob 
Xolid Malikning 1996-yil Buxoroda bo„lib o„tgan «Buyuk Ipak Yo„lini, Madaniy 
Sayyohlikni qayta tiklash va O„zbekistonda Qadimgi merosni tiklash» bo„yicha 
Xalqaro Konferensiyada so„zlagan nutqidan ko„chirma. 
«Madaniyat Insoniy taraqqiyot konsepsiyasidagi o„zak jihatlardan biridir. Insoniy 
taraqqiyot odamlar uchun yetishish oson bo„lgan tanlashni, birinchi navbatda 
daromadlarga daxldor bo„lgan tanlashni, shuningdek, odamlar yashayotgan atrof-
muhitni tanlashni, ularning bir qismi bo„lgan madaniyatga o„z hissalarini qo„shish va 
unda ishtirok etish imkoniyatini kengaytirish jarayonidan iboratdir. O„z navbatida 
tanlash imkoniyatlarini kengaytirish insoniy qobiliyatlarni va odamlarda mavjud 
bo„lgan o„z qobiliyatlarini ro„yobga chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishni talab 
etadi. 
Agar madaniyat deganda biz turmush tarzini tushunsak va rivojlantirish uchun 
uning BMT dagi insoniy qobiliyatlarini rivojlantirish degan ta‟rifini qabul qilsak, ana 


552 
shu ikki tushuncha o„rtasidagi muhim aloqa madaniyat insoniy imkoniyatlarini 
qanchalik kengaytirishi mumkinligida namoyon bo„lishi mumkin. 
Odamlar va madaniyatlar o„rtasidagi dialog hamda o„zaro hamkorlik, hamjihatlik 
o„z nomi bilan qadriyat hisoblanadi. U to„g„ridan-to„g„ri insoniy qobiliyatlarni 
yaxshilaydi. Qadriyatlar va g„oyalarni almashish, u mahalliy yoki xalqaro darajada 
amalga oshirilishiga qaramay, agar u madaniyatlarni o„zaro hurmat qilishga 
asoslangan bo„lsa, ijtimoiy uyg„unlik va taraqqiyotga olib kelishi mumkin. 
Jamiyatda uyg„un bo„lib yashash uchun tegishli yakka tartibdagi va jamoa 
ko„nikmalariga ega bo„lish kerak, ular tarbiyalanishi va rivojlantirilishi kerak. 
Odamlarning bir-birlari bilan o„zaro hamjihatligi, turli nuqtayi nazarlarni hurmat 
qilishi va hamkorlik qilish masalalari shunday nomoddiy aktivlar hisoblanadiki, ular 
jamiyatning yaxlitligini saqlash va rivojlantirish uchun zarur bo„lgan bog„lovchi 
vositaning bir qismini tashkil etadi. Odamlarning tabiatga va atrof-muhitga qanday 
munosabatda bo„lishlarini belgilovchi madaniyat ham ana shunday bog„lovchi vosita 
hisoblanadi. 
Keyingi ikki asrda keng mintaqaviy va xalqaro hamjamiyatlardan ajralib 
yashayotgan joyda vujudga kelgan Markaziy Osiyoning Yangi davlatlari uchun 
madaniyat va madaniy o„z-o„zini ifodalashi insoniy qobiliyatlarini kuchaytirish uchun 
qudratli vosita hisoblanadi, bular esa o„z navbatida jamiyat integratsiyasiga hamda 
tinch holda o„z g„oyasini ifodalashi, bunyodkorlik va barqarorlik rivojlanish uchun 
qulay sharoitlar yaratishga ta‟sir ko„rsatadi. Madaniyatini tinch holda ifodalash 
odamlarni birlashtiradi va milliy hamda mintaqaviy hamjamiyatlarda birlashtiruvchi, 
mazmunli aloqalarni vujudga keltiradi. 
YuNESKOning ustavida ma‟noli va to„g„ri yozilganidek, jahon odamlarning 
aqlida mujassamdir. Madaniyat kayfiyatni belgilaydi, agar u to„g„ri yo„naltirilsa, 
boshqa millatlarga hurmatga va boshqa madaniy erkinliklarga hurmatga o„z hissasini 
qo„shadi. 100 dan ortiq millat istiqomat qiladigan mamlakatda madaniy xilma-xillik 
mavjud bo„lib, u o„zgarishlarni amalga oshirish uchun qudratli kuch bo„lishi mumkin. 
Bu shunday kuchlarki, ular jamiyatni uzoq muddatga ilg„or va jo„shqin qilishi 
mumkin. 
* * * 
Buyuk Ipak yo„li Sharq-u G„arbni bog„lab turgan, siyosiy-iqtisodiy, madaniy va 
ijtimoiy ahamiyatga ega bo„lgan ulkan voqelikdir. Uning tarixiy ahamiyatini hisobga 
olib birinchi marta Brussel uchrashuvida Yevropa va Osiyoni bir-biriga bog„laydigan 
«Yevropa-Kavkaz-Osiyo» transport yo„lagi – TRASEKAni barpo etish masalasi 
ko„rib chiqildi va shu bo„yicha Deklaratsiya qabul qilindi. Aytish mumkinki, ayni shu 
uchrashuv Buyuk Ipak yo„lini tiklash borasidagi dastlabki amaliy qadam bo„ldi. 
Darvoqe, tarixda Mashriqdan Mag„ribga, Mag„ribdan Mashriqqa o„tgan yo„llar ko„p 
bo„lgan. Ular muayyan sabablarga ko„ra turlicha nomlangan. Jumladan, «Lazurit 
yo„li», keyinroq «Shoh yo„li», «Buyuk Ipak yo„li»... Bugun esa – TRASEKA deb 
atalmoqda. 


553 
O„zbekiston Prezidenti I.Karimov 1998-yil 8-sentabr kuni Ozarbayjon poytaxtida 
ish boshlagan Buyuk Ipak yo„lini tiklashga bag„ishlangan Xalqaro konferensiyada 
ishtirok etdi. TRASEKA dasturi bo„yicha amalga oshirilayotgan ishlarga nafaqat unga 
ishtirokchi mamlakatlar, balki jahondagi boshqa davlatlar ham katta qiziqish bilan 
qaramoqda. Mazkur anjumanda jahonning 32 mamlakati hamda Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Jahon banki kabi o„ndan oshiq 
nufuzli xalqaro tashkilotlardan vakillar ishtirok etdi. 
1996-yil Saraxsda Markaziy Osiyo bilan Eron temir yo„l tarmoqlarining 
tutashtirilgani TRASEKA loyihasini amalga oshirishda dastlabki katta ishlardan biri 
bo„lgan edi. Xuddi o„sha, 1996-yil 13-may kuni O„zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, 
Turkmaniston o„rtasida o„zaro erkin tranzit to„g„risidagi shartnoma imzolandi. 
Buyog„i Yaponiyadan to Adriatika dengiziga qadar cho„zilgan ushbu qadim karvon 
yo„lining muhim bo„lagidan foydalanishni boshlagan respublikalarning sarf-xarajati 
kamayadi. 
Birgina O„zbekiston uchun mazkur shartnoma kuchga kirganidan so„ng paxta 
tashishga ketadigan xarajatning 12 million dollari iqtisod qilinadi. Chunki TRASEKA 
shimoliy yo„nalishga nisbatan 2 ming kilometr qisqadir. Qolaversa, mintaqa iqlimi 
undan yil – o„n ikki oy to„xtovsiz foydalanish imkonini beradi. Yana bir misol: 
O„zbekiston o„z paxtasini, Qozog„iston va Rossiya orqali Ukraina portlariga yetkazish 
uchun tonnasiga 100 dollardan ziyod mablag„ sarflaydi. TRASEKA orqali tashilganda 
esa ushbu ko„rsatkich 55 dollarni tashkil etadi, xolos. 
TRASEKA loyihasining amalga oshishi O„zbekistonni Yevropa va Osiyo transport 
tarmoqlariga tutashtiribgina qolmasdan, uning eksport imkoniyatlarini oshiradi, 
loyihada ishtirok etuvchi mamlakatlar bilan savdo aloqalarini yanada kengaytiradi. 
1996-yil Transkavkaz yo„lagi bo„yicha O„zbekistonga keltirilgan va olib chiqib 
ketilgan mahsulot hajmi salkam 140 ming tonnani tashkil etgan bo„lsa, 1997-yil bu 
ko„rsatkich 285 ming tonnaga yetdi. 
O„zbekiston bugun TRASEKA dasturi bo„yicha amalga oshirilayotgan ishlarda 
faol ishtirok 
etish bilan 
cheklanib 
qolmay, 
transport kommunikatsiyasi 
imkoniyatlarini kengaytirish borasida boshqa loyihalarni ham amalga oshirayotir. 
O„zbekiston qo„shni Qirg„iziston hamda Xitoy bilan Toshkent – Andijon – O„sh – 
Irkeshtom yo„lini qurish va ta‟mirlash bo„yicha yaqindan hamkorlik qilayotir. Buyuk 
Ipak yo„lining bir qismi hisoblanmish bu yo„nalish Yevropa mamlakatlarini Osiyo 
davlatlari bilan bog„laydi. 
Konferensiyada ishtirok etgan davlatlar rahbarlari hamda xalqaro tashkilotlar 
vakillari TRASEKA yo„lagini rivojlantirish, transport infratuzilmalarini yanada 
takomillashtirish, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta‟minlash, TRASEKA 
doirasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash borasida o„z nuqtayi 
nazarlarini bayon qildilar. Ta‟kidlash kerakki, O„zbekiston Prezidenti Islom 
Karimovning takliflari konferensiya ishtirokchilari tomonidan qizg„in kutib olindi. 
Islom Karimov TRASEKA loyihasini amalga oshirish, umuman, qadimiy Buyuk 
Ipak yo„lini qayta tiklash zarurati ayrim kishilarning xohishidan emas, balki vaqt, 


554 
sharoit, dunyoviy taraqqiyot talablari natijasida paydo bo„layotganini alohida 
ta‟kidladi. 
Qadim zamonlardayoq hayotning o„zi odamlarni o„zaro hamkorlik uchun qisqa va 
qulay yo„llarni qidirishga majbur qilgan, dedi Islom Karimov. Bunga faqatgina savdo-
sotiq ehtiyoji emas, balki mustahkam iqtisodiy, madaniy va ma‟naviy aloqalarni 
o„rnatish zaruriyati ham sabab bo„lgan. 
Ayrim kuchlar TRASEKA doirasidagi hamkorlikka siyosiy tus berishga harakat 
qilmoqda. Ularning maqsadlari aniq: o„zlaricha go„yoki dunyoning yangidan 
bo„linishi va shunga o„xshash «o„yin»larni o„ylab topib, mamlakatlar, xalqlar 
o„rtasiga nifoq solish, taraqqiyotga to„siq bo„lish. Mamlakatimiz rahbari masalaning 
shu jihatiga e‟tibor qaratib, bunday harakatlarga mutlaqo barham berish kerakligini 
aytdi. Shuningdek, Islom Karimov Yevropa – Kavkaz – Osiyo transport yo„lagi 
mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish, mazkur yo„nalishda 
joylashgan mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirish, qolaversa, millatlararo hamda 
davlatlararo muammolarni yechishda katta samara berajagini ta‟kidladi. 
Hozirga qadar jahonning 50 ta mamlakati TRASEKA yo„lagi orqali o„z yuklarini 
manzillariga yetkazmoqda. Mazkur loyihaga qo„shilishni istovchi mamlakatlar soni 
ham tobora oshib borayapti. TRASEKA dasturini amalga oshirishda Yevropadagi 
siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar yaqindan yordam ko„rsatyapti. Xo„sh, 
bularning hammasi nimadan dalolat beradi? Mazkur yo„lakdan Sharq ham, G„arb ham 
birday manfaat topadi. Markaziy Osiyo va Kavkaz uchun jahon bozoriga keng yo„l 
ochiladi. Yevropa mamlakatlari uchun esa o„z mahsulotlarini Kavkaz va Markaziy 
Osiyo bozorlariga kiritish, mazkur mintaqalarda o„zlarining moliyaviy ishtirokini 
kuchaytirish imkoniyati tug„iladi. 
Boku konferensiyasida TRASEKA loyihasini amalga oshirish bo„yicha 
hukumatlararo komissiyani tashkil etish, uning doimiy kotibiyatini ta‟sis qilish va 
bosh qarorgohini Bokuda joylashtirish bo„yicha o„rtaga tashlangan taklif 
ishtirokchilar tomonidan ma‟qullandi. TRASEKA loyihasini amalga oshirishda uni 
mablag„ bilan ta‟minlash masalasi ham ishtirokchilar tomonidan atroflicha ko„rib 
chiqildi va TRASEKA banki tashkil etish taklifi bir ovozdan qo„llab-quvvatlandi. 
Anjuman nihoyasida Yevropa – Kavkaz – Osiyo yo„lagini rivojlantirish bo„yicha 
xalqaro transport to„g„risidagi ko„p tomonlama Bitim imzolandi. Mazkur hujjat 
xalqaro yuk va yo„lovchi tashishni rivojlantirish va boshqarish, transport sohasidagi 
huquqiy mezonlarni o„zaro muvofiqlashtirishni ko„zda tutadi. Shuningdek, anjumanda 
Boku Deklaratsiyasi hamda Buyuk Ipak yo„lini tiklashga bag„ishlangan xalqaro 
konferensiya bo„yicha yakuniy Kommyunike qabul qilindi. 
1998-yil 6-noyabr kuni Toshkentdagi «Interkontinental» mehmonxonasining Amir 
Temur zalida YuNESKO Ijroiya Kengashi 155-sessiyasining yakuniy yig„ilishi bo„lib 
o„tdi. 
155-sessiya 19-oktabr kuni Parijda ochilgan edi. Uning asosiy mavzusi «Inson 
huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 50 yilligi, eslamoq burchi va hushyorlik 
zaruriyati – qullikdan inson qadr-qimmatining tiklanishi sari», deb belgilangan edi. 


555 
Sessiyada YuNESKO Bosh konferensiyasi tomonidan qabul qilingan YuNESKO 
faoliyat dasturlarining bajarilishiga oid hisobot ma‟ruzasi va turli tashkiliy 
masalalardan tashqari, dunyoviy madaniyat ravnaqiga bag„ishlangan uchta hujjat 
qabul qilinishi mo„ljallangan edi. Birinchi hujjat BMT uchun mo„ljallangan dunyoviy 
madaniyat haqidagi jamlanma ma‟ruza, ikkinchisi – «Dunyoviy madaniyat yo„lida» 
deb nomlangan sohalararo loyihaning baholanishi haqida edi va ular Parijdagi 
yig„ilishda qabul qilindi. 
Uchinchi hujjat esa O„zbekiston tomonidan taklif qilingan «Dunyoviy madaniyat 
va YuNESKOning a‟zo mamlakatlaridagi faoliyati» deb nomlangan qaror loyihasi 
bo„ldi. 
O„zbekiston hukumatining taklifiga binoan Ijroiya Kengash qarorlari ro„yxatiga 
kiritilgan bu hujjat loyihasi 155-sessiyaning Toshkentda o„tadigan yakuniy 
yig„ilishida qabul qilinishi mo„ljallangan edi. 
Sessiyaning yakuniy yig„ilishini YuNESKO Ijroiya Kengashi raisi Pal Pataki 
ochdi. Rais sessiya kun tartibiga O„zbekiston tomonidan kiritilgan hujjatning 
ahamiyati haqida gapirar ekan, uning dunyoviy madaniyat shakllanishida muhim 
omillardan biri bo„lib qolishini ta‟kidladi. Shuningdek, hujjat muhokamasini 
O„zbekistonda o„tkazish taklifi ko„pchilik tomonidan mamnuniyat bilan qabul 
qilinganini qayd etdi. 
Sessiyada O„zbekiston Prezidenti Islom Karimov nutq so„zladi. 
YuNESKOning o„sha paytdagi Bosh direktori Federiko Mayor sessiyaning 
yakuniy yig„ilishini O„zbekistonda o„tkazish taklifini bildirgani uchun Prezident 
Islom Karimovga anjuman qatnashchilari va tashkilot nomidan minnatdorchilik izhor 
qildi. 
«Men, – deb ta‟kidladi o„z so„zida F. Mayor, – O„zbekiston xalqi boshidan 
kechirayotgan bugungi murakkab o„tish davrida fan va madaniyat, ma‟naviyat 
ravnaqiga qo„shayotgan ulkan xizmatlaringiz uchun Sizga minnatdorchilik 
bildiraman. Chunki Siz ma‟naviyatni tiklashdagina emas, uni yosh avlodga 
singdirishda ham katta xizmat qilmoqdasiz». 
F. Mayor YuNESKO faoliyati haqida gapirib, uning tinchlikni saqlashda fan, 
ta‟lim va madaniyatni asos qilib olgani O„zbekiston hukumati olib borayotgan siyosat 
bilan hamohang ekaniga e‟tibor qaratdi. Prezident Islom Karimovning «Biz 
kelajakning poydevorini qo„ymoqdamiz», degan so„zlarini esladi va bunga misol qilib 
O„zbekistonda ta‟lim, fan va ma‟naviyat sohasida erishilgan yutuqlarni keltirdi. 
O„zbekiston tajribasi dunyoviy madaniyat shakllanishida muhim bo„g„inlardan biri 
bo„lishini qayd etdi. 
YuNESKO bosh direktori tashkilotning Abu Ali ibn Sino nomidagi oltin medaliga 
sazovor bo„lgani bilan Islom Karimovni qutladi va oltin medalni O„zbekiston 
Prezidentiga topshirdi. 
YuNESKOning Vatanimizda o„tkazilgan nufuzli xalqaro anjumani ham shu asosiy 
maqsad yo„lidagi muhim qadamlardan biri bo„lib qolishi, shubhasiz. 


556 
Zotan, ikkinchi jahon urushi olovining tafti hali bosilmagan olis 1945-yilning 16-
noyabrida tuzilgan YuNESKO tashkiloti o„shandan buyon ona sayyoramizda 
tinchlikni saqlash yo„lida samarali ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Bu yo„lda 
YuNESKOning asosiy quroli ta‟lim, fan va madaniyat sohasida insoniyat aql-zakovati 
erishgan yutuqlarni dunyo bo„ylab yoyishdan iborat bo„ldi. 
Tabiiyki, ta‟lim, fan va madaniyat tashkiloti bo„lgan YuNESKO sessiyasi 
ishtirokchilarining aksariyati olimlardir. Ular Prezident Islom Karimov kitoblarini 
o„qib, uni shu mahalgacha faqat nazariyotchi sifatida bilganlarini, endi O„zbekiston 
bilan tanishib, bu yerda o„tkazilayotgan islohotlar va ularning ilk natijalaridan 
boxabar bo„lib, O„zbekiston Prezidenti faqat nazariyotchi emas, balki izchil 
amaliyotchi ham ekanligini e‟tirof qiladilar. 
Sessiya ishtirokchilaridan biri «O„zbekiston Prezidenti Islom Karimovni kelgusi 
ming yillikning kishisidir, deya ishonch bilan ta‟kidlayman», dedi. 
Barcha ma‟ruzalarda O„zbekiston qadimiy madaniyat beshiklaridan birigina emas, 
ayni chog„da xalqlarning tinch-totuv yashashi, ma‟naviy merosga munosabat nuqtayi 
nazaridan bugungi zamon davlatlarining ko„piga o„rnak bo„larli jamiyat ham ekani 
qayd etildi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish