Birinchidan
, bu tashkilot ishida ishtirok
etish bizga qo„shni davlat bilan o„zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash uchun
zarur. Bu o„z navbatida mamlakatimizning xavfsizligini ta‟minlashga xizmat qiladi.
Ikkinchi
maqsad esa, mintaqadagi gumanitar muammolarni birgalikda hal etish,
tarixiy zamini bir bo„lgan xalqlarimiz o„rtasidagi madaniy aloqalarni
mustahkamlashdan iboratdir.
Uchinchidan
, eng muhim vazifa – bu mavjud tabiiy
salohiyatimizni dunyoga olib chiqish uchun kommunikatsiya tarmoqlarini vujudga
keltirishdan iboratdir. Chunki bu muammoni hal etmay turib, 300 million aholi
yashaydigan ulkan hududda iqtisodiy taraqqiyotga erishish qiyin.
So„ng sammit qatnashchilari – Afg„oniston, Ozarbayjon, Eron, Qozog„iston,
Qirg„iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston davlat va hukumat
boshliqlarining, shuningdek, EKO Bosh kotibi hamda bir necha nufuzli xalqaro
tashkilotlar vakillarining nutq va ma‟ruzalari tinglandi.
Notiqlar EKO doirasidagi hamkorlik berayotgan ilk samaralar haqida to„xtalib,
mintaqa mamlakatlarining iqtisodiyot, madaniyat, kommunikatsiya sohalarida
birgalikda amalga oshirajak loyihalari taraqqiyotimizni tezlashtirish, xalqlarimiz
o„rtasidagi do„stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilishini ta‟kidladilar.
Tashkilot faoliyatini kengaytirish va takomillashtirish yo„llarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda O„zbekiston Prezidenti Islom Karimov nutq so„zladi. Davlatimiz
rahbari har qanday xalqaro tashkilotning, jumladan, EKO va uning ijroiya
qo„mitalarining faoliyati ham baholashda amaliy ishlar asosiy mezon bo„lishi
lozimligiga sammit qatnashchilarining e‟tiborini qaratdi. Xalqlarimizga quruq
va‟dalar, balanparvoz shior va tashabbuslar emas, balki amaliy, aniq ishlar kerak.
Hech kim bunday yuksak minbarlardan siyosiy obro„ orttirish, boshqalarga o„z
qarashlarini tiqishtirish maqsadida foydalanmasligi lozimligini ta‟kidladi.
Sammit qatnashchilari mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo„nalishlari, EKOning
kelgusi faoliyatini takomillashtirish yo„llari belgilangan Almati Deklaratsiyasini
tasdiqladilar. Shuningdek, a‟zo mamlakatlar o„rtasida yuk tashish borasidagi
to„siqlarni bartaraf etishga, kontrabandaga qarshi birgalikda kurashishga qaratilgan
hukumatlararo hujjatlar ham qabul qilindi.
549
1999-yil 15-mart kuni Turkiya Prezidenti Sulaymon Demirel Toshkentga keldi.
Shu kuni Prezidentlar o„zaro munosabatlarning bugungi ahvoliga doir qator
masalalarni ko„rib chiqdilar. Tomonlarni qiziqtirgan xalqaro ahamiyatga molik
muammolar xususida ham o„zaro fikr almashildi. Prezidentlarning yakkama-yakka
suhbatida terrorchilik, uyushgan jinoyatchilik, qurol-yaroq va narkotik moddalar
kontrabandasiga qarshi kurashda hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga kelishib
olindi.
Shundan so„ng Prezidentlar ishtirokida ikki mamlakat delegatsiyalarining
kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari boshlandi. Unda siyosiy, iqtisodiy va madaniy
sohalar bo„yicha ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish bilan bog„liq masalalar
muhokama qilindi. Prezident Islom Karimov O„zbekiston – Turkiya munosabatlariga
to„xtalar ekan, bu borada O„zbekiston ustuvor, deb qaraydigan sohalar o„z fikr-
mulohazalarini bildirdi.
Ikki mamlakat o„rtasidagi o„zaro tovar ayirboshlash hajmi 1992-yilda 75 million
AQSH dollarini tashkil etgan edi. O„tgan yili bu ko„rsatkich 275 millionga yetdi.
Samarqandda ochilish marosimi o„tkazilishi mo„ljallanayotgan «Sam-Kochavto»
qo„shma korxonasi iqtisodiy hamkorlik yuqori pog„onada ekanini yana bir
tasdiqlaydi. Umuman, Turkiya O„zbekistonga eng ko„p sarmoya kiritgan mamlakat
hisoblanadi. Lekin shunday bo„lsa-da, ko„proq e‟tibor qaratadigan ayrim jihatlar ham
mavjud. Masalan, ikki mamlakat o„rtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy
hamkorlik bo„yicha qo„shma komissiyaning faoliyati so„nggi paytlarda susaydi.
Muzokaralarda bunday masalalarni hal etish yuzasidan ham fikr almashildi.
Muzokaralarda transport kommunikatsiyasi masalasiga alohida e‟tibor qaratildi.
Islom Karimov O„zbekiston Turkiyaning erkin iqtisodiy zonalarida joylashgan
Istanbul, Trabzon, Adana, Mersin kabi shaharlaridagi portlardan, omborlardan
foydalanish tarafdori ekanini va bu masala bo„yicha muzokaralar boshlashga
tayyorligini bildirdi. Shuningdek, davlatimiz rahbari Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik
tashkilotiga a‟zo bo„lish O„zbekiston uchun yanada keng imkoniyatlar ochishini
alohida ta‟kidladi.
Shuningdek, muzokaralarda ilm-fan, madaniyat, ta‟lim sohalari bo„yicha o„zaro
hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko„rib chiqildi.
O„zbekiston Sharq va Tinch okeani havzasi mamlakatlari – Xitoy, Janubiy Koreya,
Indoneziya, Yaponiya, Malayziya bilan diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalarni
yo„lga qo„ydi. Chunonchi, Janubiy Koreyaning olamga mashhur DEU korporatsiyasi
bilan hamkorlikda Asaka shahrida «O„zDEUavto» O„zbekiston – Koreya qo„shma
avtomobil zavodi qurishga kelishilgani olamshumul ahamiyatga ega bo„ldi. 1996-
yilning 19-iyulida ushbu zavodning ishga tushishi bugungi kunda O„zbekistonni
jahondagi avtomobil ishlab chiqaruvchi 28 mamlakat qatoriga olib chiqdi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1999-yil 6-aprel kuni
«Do„rmon» qarorgohida Yaponiyaning «Keyzay Doyukay» korporativ rahbarlar
uyushmasi prezidenti Koichi Minaguchi rahbarligidagi delegatsiya a‟zolari bilan
uchrashdi.
550
O„zbekiston Prezidenti Yaponiya bilan hamkorlik qilishga alohida e‟tibor beradi.
1995-yildan buyon Yaponiyaning O„zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi bir
milliard AQSH dollaridan oshib ketdi. O„zaro tovar ayirboshlash hajmi esa 1998-
yilda 117 million AQSH dollarini tashkil qildi. Bu 1997-yildagiga nisbatan 27 foiz
ko„p.
O„zbekiston – Yaponiya iqtisodiy hamkorligi ulkan loyihalarni ham o„z ichiga
oladi. Masalan, Ko„kdumaloq va Sho„rtandagi neft-gaz sanoati inshootlarini shular
jumlasiga qo„shish mumkin. Yaponiyaning O„zbekistonga imtiyozli kreditlar
berayotgani ham diqqatga sazovor. Ayni paytda Yaponiyaning o„nlab firma va
kompaniyalari O„zbekistonda ana shunday turdagi kreditlar bo„yicha ishlamoqda.
Uchrashuvda yaponiyalik mehmonlarga xususiylashtirish, kommunikatsiya va
ta‟lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish taklifi ilgari surildi. Xususan,
mamlakatimizga
tashrifi
chog„ida
Yaponiya
delegatsiyasi
a‟zolariga
xususiylashtirilayotgan yirik korxonalar ro„yxati taqdim qilindi. Prezidentimiz
qurilishi boshlab yuborilgan Andijon-O„sh-Qashqar temir yo„li va shu yo„nalishdagi
avtomobil yo„li haqida ham so„zlab, Buyuk Ipak yo„lini qayta tiklash doirasida
amalga oshirilayotgan bu loyiha O„zbekistonni Xitoy portlari orqali Yaponiya bilan
bog„lashini ta‟kidladi.
O„zbekiston BMT minbaridan turib, birinchi bor ushbu tashkilotning Xavfsizlik
Kengashi doimiy a‟zoligiga Yaponiyani doimiy a‟zo sifatida qabul qilish tashabbusini
ilgari surgan davlatdir.
Ta‟kidlash joizki, O„zbekiston – Yaponiya iqtisodiy munosabatlarining
rivojlanishida «Keyzay Doyukay» muhim o„rin tutadi. Masalan, mamlakatdagi eng
yirik kompaniya va korporatsiyalarning rahbar xodimlaridan tashkil topgan bu
uyushma tashabbusi bilan O„zbekiston Yaponiya hukumati imtiyozli kreditlar
ajratishni ko„zda tutadigan davlatlar sirasiga kiritilgan. Uyushmaning o„ziga xosligi
va mamlakatdagi boshqa ishbilarmonlar tashkilotlaridan farqi shuki, uning a‟zolari
garchi yirik firma va kompaniyalar rahbari bo„lishiga qaramay, oddiy tahlilchi-
iqtisodchi sifatida ishlaydi. Ular faqat iqtidoriga qarab qabul qilinadi. Hozirgi kunda
Yaponiya korporativ rahbarlar uyushmasi tarkibida 1600 ga yaqin a‟zo bor. Yana bir
jihati shuki, uyushma hech qanday siyosiy masalaga aralashmaydi. Uning a‟zolari
yirik ishbilarmonlarning siyosiy maydonidagi o„rnini yaxshi anglasa-da, faqat
iqtisodiy tahlil va tadqiqotlardan kelib chiqqan holda hukumat vakillariga taklif va
tavsiyalar berish bilan cheklanadi.
Uchrashuvda Prezident Islom Karimov mamlakatimizda chet ellik ishbilarmonlar
uchun yaratilgan qulay shart-sharoit, O„zbekistonning iqtisodiy siyosati, xorijdagi
moliyaviy muassasalar bilan hamkorligi borasida so„zladi.
«Keyzay Doyukay» delegatsiyasi rahbari 1997-yilda O„zbekistonni ziyorat
etganidan so„ng, bu yerda ulkan o„zgarishlar amalga oshirilganiga guvoh bo„lganini
ta‟kidladi. Dunyoning ko„plab mamlakatlari iqtisodiy inqirozni boshdan
kechirayotgan bo„lishiga qaramay, O„zbekiston iqtisodiy yutuqlarga erishayotgani
551
amalga oshirayotgan islohotlaringizga ishonchimizni yanada oshiradi, – dedi
mehmon.
Yaponiya delegatsiyasi tarkibida ushbu mamlakatning sobiq davlat iqtisodiy
rejalashtirish vaziri, ayni paytda parlament a‟zosi Taro Aso ham bor. Prezidentimiz
bilan uchrashuvda u Yaponiya hukumatining yangi imtiyozli kreditlari haqida ma‟lum
qildi. Uning ta‟kidlashicha, mamlakatimiz viloyatlarida telekommunikatsiya sohasini
zamonaviylashtirish uchun 12,7 milliard, onalar va bolalar sog„lig„ini muhofaza
uchun 670 million iyen miqdorida kredit ajratildi. Ayni paytda O„zbekistonda
Yaponiya markazini ochish imkoniyatlari o„rganilmoqda.
Muloqot chog„ida O„zbekiston bilan Yaponiya korporativ rahbarlar uyushmasi
o„rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan boshqa ko„plab masalalar ham
muhokama qilindi.
E‟tirof etmoq kerakki, so„nggi besh yil davomida mamlakatimiz xalqaro
huquqning eng asosiy tamoyillariga BMT ustaviga sodiqligini mustahkamladi.
Hozirda xalqaro hamjamiyat mustaqil O„zbekiston diplomatiyasining dastlabki
qadamlari, Markaziy Osiyodagi mavqeyi, mintaqa xavfsizligini ta‟minlashdagi o„rni
alohida ekanini tan olayotganligi ham bejiz emas.
O„zbekiston tashqi siyosatining ma‟naviy yo„nalishi, insonparvarlik, oshkoralik,
qadr-qimmat o„z imkoniyatlariga tayanish va insoniyatning yagona oilasida o„z
taraqqiyot yo„liga ega bo„lishdir. Shu bois ham o„tgan besh yil davomida
mamlakatimiz 120 dan ortiq davlatlar bilan rasmiy diplomatik munosabatlar
o„rnatgan, Toshkentda 35 mamlakat o„z elchixonasini ochdi, 19 xorijiy davlat elchisi
O„zbekistonda o„rindoshlik yo„li bilan ishlab turibdi. Bular shubhasiz, O„zbekiston
o„tgan besh yil ichida jahon hamjamiyatida o„zining munosib o„rnini egallashga
muvaffaq bo„lganligidan dalolatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |