Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


«Birlashgan Millatlar Tashkiloti



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet318/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
qayerda? Amerikada, Nyu-Yorkda joylashgan. O„zbekiston qayerda? Markaziy 
Osiyoda! Shuning uchun bu yerdagi tashkilotning tarkibi, albatta, kengroq 
bo„lishi kerak. Unga hali ko„proq huquq berish va iqtisodiy nuqtayi nazardan 
imkoniyatlarini kengaytirish kerak»
– deydi, O„zbekiston televideniyesi muxbiri 
savollariga javob bera turib. 
Ayni paytda turli mintaqalarda, turli doiralarda faoliyat ko„rsatayotgan xalqaro 
tashkilotlar ancha-muncha. Jumladan, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, 
arab davlatlarida Islom Tashkiloti, Janubiy-Sharqiy Osiyoda Tinch okeani mintaqasi 
davlatlarining Kengashi faoliyat ko„rsatmoqda. Yana bir qancha iqtisodiy, ijtimoiy, 
ekologik va huquqiy doirada ish olib borayotgan xalqaro tashkilotlar mavjudki, ana 
shularning hammasini birlashtirib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasiga kiritish, 
xalqaro tashkilotlar yagona tizimini vujudga keltirish XXI asr taqdirini belgilaydigan 
muhim omil ekanligini ko„rsatib berdi. 
 
Mavzuga doir material 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Islom Abdug„aniyevich Karimov 
janobi oliylariga 
Muhtaram Prezident janoblari! 
Mintaqangizda tinchlik va xavfsizlik hamda uni iqtisodiy rivojlantirish 
muammolari, shuningdek, bu sohalarda va Birlashgan Millatlar Tashkilotida 
O„zbekistonning tutgan o„rni xususida fikrlashuvimizni davom ettirish uchun BMT 
taraqqiyot dasturi ma‟muri Gustav Snetning mamlakatingizga tashrifidan foydalanib, 
Sizga quyidagilarni bayon qilmoqchiman. 
Avvalo, Sizga shu yilning boshida Kopengagenda bo„lib o„tgan ijtimoiy taraqqiyot 
masalalari bo„yicha oliy darajadagi uchrashuvda qatnashganingiz uchun minnatdorlik 
bildirmoqchiman. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilganining ellik yilligi bayrami 


539 
munosabati bilan oktabr oyida Nyu-Yorkda Siz bilan bo„ladigan uchrashuvni 
sabrsizlik bilan kutaman. 
Sizning Markaziy Osiyo xavfsizlik va hamkorlik bo„yicha doimiy seminar tashkil 
etishga doir tashabbusingizni mintaqadagi tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash 
ishiga qo„shilgan muhim va ijobiy hissa, deb bilaman. Seminar tobora rivojlanib, 
mintaqada mojarolarning oldini oladigan siyosiy choralarning ta‟sirchan doirasini 
barpo etishda yordam bergan va shu tariqa, BMTning bu sohadagi sa‟y-harakatlariga 
qo„shimcha kuch-quvvat bag„ishlagan bo„lur edi. 
Men O„zbekiston va uning qo„shnilari – Qozog„iston hamda Qirg„izistonning shu 
mamlakatlarning harbiy xodimlaridan iborat bo„lgan va BMTning tinchliksevar 
operatsiyalarini qo„llab-quvvatlash maqsadlariga xizmat qiladigan qo„shma organini 
tuzish g„oyasini tabriklayman. Bu organ bosh kotib tasarrufidagi vositalar zaxirasini 
yana bir qimmatli vosita bilan to„ldirgan bo„lur edi. 
Afg„oniston va Tojikistondagi vaziyatning beqarorligi hammamizni tashvishga 
solmoqda. Men bu mamlakatlardagi mojarolarni tinch hal etish yo„llarini izlashda 
O„zbekistonning mustahkam hamkorligini juda qadrlayman. Shuningdek, men Siz 
hamda boshqa mamlakatlar hukumatlari Tojikistonga berayotgan ezgulik yordamini 
yuqori baholayman. 
Prezident janoblari, bu xavfli mojarolarni siyosiy vositalar orqali hal etishda 
O„zbekiston hukumatining xalqaro tashkilotlar bilan uzoq hamkorlik qilishiga 
ishonchim komil. 
Pirovardida Sizning rahbarligingizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar 
dasturi muhimligini ta‟kidlab o„tmoqchiman. Janob Snetning tashrifi bu dasturni 
amalga oshirishda, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning boshqa sohalarida 
BMT tashkilotlarining Sizning hukumatingiz bilan hamkorlik qilishga qat‟iy niyat 
qilganini tasdiqlaydi. 
Prezident janoblari, Sizga bo„lgan kamoli ehtiromimni qabul etgaysiz. 
Samimiy istaklar ila, 
Butros G„oliy, 
BMT Bosh kotibi. 
1995-yil, 26-iyul. 
«Xalq so„zi» 16-avgust 1995-yil.
* * * 
Albatta, O„zbekiston rahbarining BMT faoliyatini yana ham jonlashtirish, uningy 
yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va hamkorlikni kuchaytirish borasida olib 
borayotgan ishlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy takliflari 
hamjamiyatga a‟zo bo„lgan davlatlarning vakillari orasida katta qiziqish uyg„otdi. 
Chunki, keyingi paytda BMT tizimida islohotlar o„tkazish lozimligi haqida ko„p gap-
so„z bo„layapti-yu, ammo biror bir aniq taklif, asosli rejani hech kim ko„tarib 
chiqmagan edi. Shu boisdan ham jahonning ko„p mintaqalarida yuz berayotgan 
qurolli to„qnashuvlarni tugatishda BMTning roli sezilmayapti. Ayniqsa, Yevropaning
markazidagi, Bosniya – Gersogovinadagi qonli fojialarning uzoq davom etishi 


540 
BMTning nufuzini ancha tushirib yubordi. Ana shu nuqtayi nazardan olganda 
I.Karimovning takliflari katta ahamiyat kasb etdi. 
O„zbekiston Respublikasining tashqi siyosati xalqaro maydonda ma‟lum salmoqqa 
ega bo„lib, nufuzi tobora ortib bordi. Ayniqsa, 1996-yilda bu borada katta 
muvaffaqiyatlarga erishildi. 21-22-iyun kunlari Italiya Respublikasining Florensiya 
shahridagi «Fortezza de basso» qal‟asida Yevropa Ittifoqiga (YI) a‟zo mamlakatlar 
davlat va hukumat boshliqlarining navbatdagi uchrashuvi – Sammit bo„lib o„tdi. 
Unda mazkur Ittifoq bilan O„zbekiston o„rtasida sheriklik va hamkorlik to„g„risida 
bitim imzolandi. Bu, aytish mumkinki, respublika siyosiy hayotida tarixiy ahamiyatga 
molik voqea bo„ldi. Yevropa Ittifoqiga a‟zo mamlakatlar davlat va hukumat 
boshliqlari ishtirokida imzolangan bu bitim nafaqat g„arbiy Yevropa mamlakatlari 
bilan respublikamiz o„rtasidagi aloqalar ravnaqining muhim huquqiy asosi, balki, 
O„zbekistonda amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy o„zgarishlarning 
tan olinishi va yosh mustaqil davlat mustaqilligining xalqaro hamjamiyat tomonidan 
qo„llab-quvvatlanishidir. 
Masalaning yana bir jihati shundaki, tashqi siyosatimizning ustuvor yo„nalishlari 
bo„lmish dunyo siyosati va iqtisodiyotiga integratsiyalanish uchun muhim poydevor 
yaratilayotganidan dalolat beradi. 
Islom Karimov erishilgan bitimni O„zbekiston va Yevropa Ittifoqi o„rtasidagi 
munosabatlarda 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish