Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


Harakat muassisligidagi yoshlar va bolalar nashrlari



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet304/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Harakat muassisligidagi yoshlar va bolalar nashrlari 
– «Turkiston» gazetasi 
– «Молодёж Узбекистана» gazetasi 
– «Yosh kuch» jurnali 
– «Sirli olam» jurnali 
– «Yoshlik» jurnali 
– «Tong yulduzi» gazetasi 


520 
– «Класс» gazetasi 
– «Sinfdosh» jurnali 
– «G„uncha» jurnali 
– «Gulxan» jurnali 
* * * 
Iste‟dodli yoshlarni saralash, tanlash va ularga yordam berib, xorijiy 
mamlakatlarda o„qib, dunyoviy tajribalarni, jahon taraqqiyotini o„rganishlari 
maqsadida 1997-yil 7-yanvarda «Umid» jamg„armasi tuzildi. 
Albatta, yoshlarni yangilanayotgan demokratik, insonparvar jamiyatga munosib 
qilib tarbiyalash o„z navbatida ular ijtimoiy kafolatini ham ta‟minlashni taqozo qiladi. 
Bu borada O„zbekiston istiqlolga erishgandan so„ng respublikada yoshlarning ijtimoiy 
kafolati uchun shart-sharoit yaratib berishga qaratilgan yoshlarga oid siyosat ishlab 
chiqilishi muhim ahamiyatga ega bo„ldi. Masalan, O„zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashining 1991-yil 20-noyabrda bo„lib o„tgan sessiyasida «O„zbekiston 
Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to„g„risida» Qonun qabul 
qilindi. Bu qonunda yoshlarga oid davlat siyosatining maqsadi belgilanib «Yoshlarga 
oid siyosat O„zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor yo„nalishi bo„lib, 
uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijtimoiy iqtidori 
jamiyat manfaatlari yo„lida imkon boricha to„la-to„kis ro„yobga chiqishi uchun 
ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan sharoitlar yaratish hamda ularni 
kafolatlashdan iboratdir», – deyiladi. Shuningdek, ushbu hujjatda yoshlarga oid davlat 
siyosatini amalga oshirishga mo„ljallangan tashkiliy tadbirlar ham ko„zda tutildi. 
Qonun esa 1992-yil 1-yanvardan kuchga kirdi. Korxona, muassasa va tashkilotlar bu 
borada aniq amaliy tadbirlar belgiladilar. Respublikada qonunning bajarilishiga katta 
e‟tibor berildi. 
Shuni alohida ta‟kidlash kerakki, respublika Prezidenti birgina 1992-1993-yillarda 
yoshlar ijtimoiy kafolatini ta‟minlash va ular iste‟dodini kamol toptirish maqsadida 14 
ta Farmon qabul qildi. Ularda o„quvchi-yoshlar va talabalarning moddiy ahvolini 
yaxshilashdan tortib, yoshlar iste‟dodini ham moddiy, ham ma‟naviy rag„bat-
lantirishgacha bo„lgan tadbirlar ko„zda tutildi. Masalan, Prezidentning 1993-yil 5-
fevralda qabul qilgan «O„zbekistonda o„quvchi yoshlarni rag„batlantirish choralari 
to„g„risida»gi Farmonida «o„quvchilarning iste‟dodlarini namoyon qilish va ijtimoiy 
qobiliyatlarini rivojlantirishga, ularda mustaqil O„zbekiston fuqarosining yuksak 
ma‟naviy fazilatlarini shakllantirishga muhim ahamiyat berib, oxirgi yil o„qiyotgan 
talabalar va aspirantlar – butun o„qish davridagi a‟lochilar hamda tadqiqotchilik 
faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirayotganlar uchun O„zbekiston Respublikasi 
Prezidentining davlat stipendiyalari ta‟sis etilsin», – deyiladi. 
Bugungi kunda ko„plab talaba va aspirantlar ana shunday mukofotga sazovor 
bo„lmoqdalar. Yoshlar ijtimoiy kafolatiga doir joylarda ma‟lum tajribalar to„plandi. 
Masalan, Qoraqalpog„iston Respublikasi Oliy Kengashi 1993-yil yanvar oyida 
Yoshlar siyosati bo„yicha Qonun qabul qildi. Viloyat hokimliklari O„zbekiston 


521 
Respublikasi Vazirlar Kengashining 1992-yil 4-dekabrdagi 568 sonli Qarori asosida 
viloyatlarda va tumanlarda yoshlar ishlari bo„yicha hokimlar raisligida Kengashlar 
tuzildi. Hokimliklar tomonidan davlatning yoshlar siyosatini ro„yobga chiqarishda bir 
qator ishlarni amalga oshirdilar. Masalan, Toshkent viloyatida yoshlar siyosatiga oid 
Dastur qabul qilindi. Yosh ijodkorlarning uy-joy sharoitini yaxshilash uchun hokimlik 
82 xonali uyni yosh ijodkorlarga foydalanishga berdi. 
Qoraqalpog„iston respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, va Buxoro viloyatlarida 
ham yosh ijodkorlarga uy-joy berildi.
Xorijda o„qib kelgan yosh mutaxassislarning har ikki yilda o„tkaziladigan ilmiy 
konferensiyasi an‟anaga aylanib qoldi. Birgina 2006-yili «Iste‟dod» jamg„armasi 
homiyligida o„tkazilgan ilmiy anjumanda 500 ga yaqin yosh mutaxassis o„z ma‟ruzasi 
bilan ishtirok etdi. 5 ta yo„nalishda o„tkazilgan ushbu anjumanda g„oliblar 5 ta amaliy 
mukofot bilan taqdirlanishdi. 
Xulosa qilib aytganda O„zbekistonday yoshlar mamlakatida yoshlar siyosati, 
ularga katta ishonch sifatida qaralishi millat istiqboliga yuksak ishonch borligidan 
dalolat beradi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish