O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
« BANK HISOBI VA AUDIT » KAFEDRASI
«BANK HISOBI, TAHLIL VA AUDIT » fanidan
KURS ISHI
MAVZU: “NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLARNING SHAKLLARI VA ULARGA TAVSIF”
Bajardi: BANK ISHI Fakulteti,BBHA50 Talabasi:ALIYEVA ZULAYHO
Tekshirdi: PhD Xudoyorov O.
Kurs ishi taqrizga
topshirilgan sana
«___»________2021y.
|
|
Kurs ishi taqrizdan
qaytarilgan sana
«___»________2021yil.
|
Kurs ishi himoya qilingan
sana
_________________________(imzo)____________(imzo)'>«___» ________2021y.
Baho «___» _________
|
__________
(imzo)
__________
(imzo)
__________
(imzo)
|
Komissiya a’zolari:
____________________
____________________
____________________
|
TOSHKENT-2021
REJA:
KIRISH.
1. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning tashkil qilishning iqtisodiy-huquqiy asoslari.
2. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning hisobi.
3.Naqd pulsiz hisob-kitoblarning muammolari va ularning yechimlari.
XULOSA.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati.
KIRISH.
Bozor munosabatlariga oʼtish sharoitida bank-moliya tizimining ahamiyati tubdan oʼzgarmoqda. Bozor munosabatlarini boshqarish sohasida davlat tomonidan olib boriladigan barcha ishlarning ogʼirlik markazi ana shu tizimlarga koʼchdi.
Bugungi kunda quyidagi savollar ilmiy nuqtai nazardan javoblarini kutmoqda:
- naqd pul va kredit emissiyasining oʼsishiga sabab nima?
- aholi qoʼlidagi pulning harakatsiz turib qolishiga qanday qilib yoʼl qoʼymaslik mumkin?
- mahsulot ishlab chiqarishning oʼsishini taʼminlamagan korxona (firma) ularga kredit berilishiga yoʼl qoʼymaslik uchun qanday chora-tadbirlar ishlab chiqish lozim?
- milliy valyuta kursini almashuvi va barqarorlashuvini taʼminlash uchun qanday tadbirlar amalga oshirilishi kerak?
- inflyatsiyani oldini olish va uni pasaytirish omillari nimalardan iborat?
Bozor munosabatlarini talab darajasida tashkil qilish, ishlab chiqarishni rivojlantirish, kengaytirish va shu asosida iqtisodiy taraqqiyotga erishish kreditdan foydalanishni, banklar faoliyatini samaradorligini oshirishni, kreditdan foydalanishda salbiy hollarning oldini olishni taqozo qiladi. Hozirgi vaqtda tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlarning salmogʼi va sifati sohasida ancha muammolar mavjud.
Har bir jamiyatda bank tizimi uning iqtisodiy tizimining muhim va ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Tarixan tovar ishlab chiqarish va muomala jarayonining rivojlanishi banklarning rivojlanishi bilan oʼzaro bogʼliq holda taraqqiy qilib borgan. Banklar xoʼjaliklarga kredit bera turib, korxona, tashkilotlar oʼrtasida hisob-kitoblarni oʼtkaza borib, kapital harakatida vositachi sifatida maydonga chiqadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank tizimida katta tarkibiy oʼzgarishlar yuzaga keldi va banklarning tarkibi va ular bajaradigan funktsiyalar va ularga yuklangan vazifalarni mohiyati va sifati oʼzgarib bormoqda. Banklar maʼmuriy buyuriqbozlik tizimida ishlashdan yangi - bozor munosabatlari sharoitida ishlashga oʼtdi. Bozor munosabatlari sharoitida ishlash banklardan yangi xizmat turlarini tadbiq qilish, mijozlarni qiziqishlarini hisobga olish, ularga xizmat koʼrsatishning yangi usullarini joriy qilish, yangi kredit vositalarini bank faoliyatida qoʼllash, turli xil kredit institutlarining barpo qilinishi bilan bogʼliq jarayonlarni yuzaga kelishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |