Naqd pulsiz hisob-kitoblarning shakllari va ularga tavsif


Naqd pulsiz hisob-kitoblarning tashkil qilishning iqtisodiy-huquqiy asoslari



Download 326,28 Kb.
bet2/4
Sana14.02.2022
Hajmi326,28 Kb.
#448799
1   2   3   4
Bog'liq
BBHA KURS ISHI

Naqd pulsiz hisob-kitoblarning tashkil qilishning iqtisodiy-huquqiy asoslari.

Pul oborotining asosiy qismini naqd pulsiz oborot, yaʼni korxona, tashkilotlar oʼrtasidagi, ularning davlat byudjeti, kredit tashkilotlari bilan naqd pulsiz bir schyotidan ikkinchi schyotga mablagʼ oʼtkazish yoʼli bilan amalga oshiriladigan oborot tashkil qiladi.
Pul oboroti tarkibida naqd pulsiz oborot salmogʼining yuqori boʼlishining sababi, avvalam bor korxona, tashkilotlar oʼrtasida iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishni yuksaltirish zarurligi, baʼzi bir tarmoqlarning ixtisoslashuvi, kredit sistemasining takomillashuvi va boshqalardir.
Naqd pul ishtiroksiz, mablagʼlarini bir schyotdan ikkinchi schyotga oʼtkazish yoʼli bilan amalga oshiriladigan hisoblar naqd-pulsiz hisob-kitoblar deyiladi.
Oʼzbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-kitoblar «Oʼzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borish toʼgʼrisida»gi 13-aprel 2020-yildagi №3229 -sonli yoʼriqnomaga asosan olib boriladi1.
Bu qoida Oʼzbekiston Respublikasi «Banklar va bank faoliyati toʼgʼrisidagi», «Oʼzbekiston Respublikasida korxonalar toʼgʼrisida»gi qonunlar va Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining boshqa normativ hujjatlariga asosan ishlab chiqilgan №60 qoidaga asosan, hisob-kitoblarni olib borishda ular qaysi mulk shakliga asoslanishidan qaʼtiy nazar hisob-kitob shakllarini tanlash va olib borishda erkinliklar berilgan.
Naqd-pulsiz hisob-kitoblar quyidagi elementlardan tashkil topgan. Bular: naqd-pulsiz hisob-kitoblarni olib borish va amalga oshirishning asosiy tamoyillari; hisob-kitob shakllari; hisob-kitob hujjatlari; toʼlov turi; navbati, manbalari; hisob-kitob qatnashchilari, bankning huquq va majburiyatlari va boshqalar.
Naqd-pulsiz hisob-kitoblar oʼzining iqtisodiy mohiyatiga qarab tovarlarni sotish jarayoni bilan bogʼliq hisob-kitoblar va notovar xarakterdagi hisob-kitoblarga boʼlinadi. Tovarlarni sotish jarayonidagi hisoblar moddiy boyliklar aylanishi bilan bogʼliq boʼlib, ular asosan korxona, tashkilotlar oʼrtasida olib boriladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar hisob xujjatlari asosida olib boriladi. Shartnomaga asosan mol yetkazib beruvchi oʼz vaqtida tovarning pulini (ekvivalenti) olishi, mol sotuvchi pulni oʼz vaqtida oʼtkazishi zarur.
Naqd-pulsiz hisob-kitoblar quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:
- korxona, tashkilotlar oʼz pul mablagʼlarini (oʼz mablagʼlarini va qarz mablagʼlar) bankda saqlanishlari zarur.
- barcha naqd-pulsiz hisob-kitoblar bank orqali oʼtishi kerak;
- xoʼjalik organlari hisob-kitoblar shakllarini erkin tanlashlari va uni shartnoma orqali mustahkamlab qoʼyishlari mumkin;
- xoʼjalik organlarning hisob-kitoblar boʼyicha shartnomaviy munosabatlariga bank aralashmasligi kerak;
- tovarlar va xizmatlar uchun toʼlovlar toʼlovchining roziligi bilan amalga oshiriladi.
- toʼlovlar xoʼjalik organlarining hisob varaqasidagi mablagʼlari hisobidan, baʼzida (agar korxona kredit olishi mumkin boʼlsa) bank krediti hisobidan amalga oshirilishi mumkin;
- toʼlov qoidasi mol yetkazib beruvchi va mol sotib oluvchi tomonidan mol yetkazib berish toʼgʼrisidagi shartnoma asosida kelishib olinadi;
- mol yetkazib beruvchining hisob varagʼigʼa pul mablagʼlarini oʼtkazish shu mablagʼlarni mol sotib oluvchining hisob varagʼidan oʼchirilganidan keyin amalga oshiriladi, (bundan cheklar bilan hisob-kitob qilish mustasno);
Korxona, tashkilotlarga pul mablagʼlarini saqlash va hisob-kitoblar olib borish, kassa operatsiyalarini amalga oshirish uchun hisob-kitob yoki joriy varaqlar ochiladi.
Hisob-kitob (joriy) varaqlarni ochish uchun korxona quyidagi hujjatlarni bankka taqdim qilishi zarur.
a) hisobvaraqa ochish toʼgʼrisida ariza;
b) xoʼjalik, tashkilot tashkil qilinib, roʼyxatga olinganligini tasdiqlovchi hujjat;
v) huquqiy shaxs Ustavini notarial tartibda tasdiqlangan, huquqiy shaxs tomonidan imzolangan nusxasi;
g) imzolar namunalari, muhr bosilgan va notarial tartibda tasdiqlangan varaqcha;
d) hisobvaraqasini ochish uchun yuqoridagi asosiy hujjatlardan tashqari zarur boʼlganda boshqa qoʼshimcha hujjatlar ham bankka berilishi mumkin.
«Oʼzbekiston Respublikasida korxonalar toʼgʼrisida»gi Qonunga asosan ish xaqi toʼlash, byudjetga toʼlovlar, davlat sugʼurtasining majburiy turlariga doir toʼlovlar va ijtimoiy sugurta jamgʼarmasi (pensiya jamgʼarmasi)ga toʼlovlar barcha korxonalar uchun birinchi navbatda toʼlanadigan toʼlovlar hisoblanadi.
Boshqa toʼlovlar boʼyicha hisob-kitoblar navbatma-navbat tovkimiy ravishda bajariladi.
Аgar korxona toʼlovga layoqatsiz (bankrot) deb topilsa, toʼlovlar ketma-ketligi Oʼzbekiston Respublikasining «Bankrotlik toʼgʼrisida»gi qonunga binoan xoʼjalik sudi tomonidan tugatish rejasi asosida belgilanishi kerak.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar banklar tomonidan, Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilangan shakllarda va xalqaro amaliyotda qabul qilingan shakllarda olib boriladi.
Hisob-kitoblar shakllari deyilganda odatda huquqiy meʼyorlarda koʼzda tutilgan, mablagʼlarni mol yetkazib beruvchining hisob varaqasiga yozish usuli, hisob-kitob hujjatining turi, hamda hujjatlarning aylanish tartibi bilan farq qiluvchi hisob-kitoblar turlari tushuniladi. Hisob-kitob operatsiyalari banklar tomonidan korxona ochilgan hisob varaqalaridan mijoz bilan hisob-kitob hizmati koʼrsatish yuzasidan tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
Bank xoʼjalik yurituvchi subʼektlarlarning pul mablagʼlarini ular ochgan hisob varaqalarida saqlaydi, ana shu hisob varaqalarga keladigan pullarni ularga oʼtkazadi. Bank pullarni oʼtkazish, hisob varaqalaridan pul berish toʼgʼrisidagi, bank bilan korxona oʼrtasidagi shartnomada nazarda tutilgan boshqa bank operatsiyalarini amalga oshirish xaqidagi farmoyishlarni ado etadi.
Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2020 yil 13-apreldagi 3229-sonli «Oʼzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʼgʼrisi»da nizomiga asosan xoʼjalik yurituvchi subʼektlar oʼrtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
1. toʼlov topshiriqnoma orqali;
2. toʼlov talabnomalari orqali;
3. akkreditivlar orqali;
4. inkasso topshiriqnomalari bilan;
5. cheklar bilan hisoblashish orqali;
6. plastik kartochkalar;
7. memorial orderlar.2
Yuqorida sanab oʼtilgan naqd pulsiz hisob-kitob shakllarining qaysi birini qoʼllash mumkinligini toʼlovchi va mablagʼ oluvchi korxonalar oʼrtasidagi tuziladigan xoʼjalik shartnomasida kelishilgan holda aks ettiriladi. Naqd-pulsiz hisob-kitoblar o’zining iqtisodiy mohiyatiga qarab tovarlarni sotish jarayoni bilan bog’liq hisob-kitoblar va notovar xarakterdagi hisob-kitoblarga bo’linadi. Tovarlarni sotish jarayonidagi hisoblar moddiy boyliklar aylanishi bilan bog’liq bo’lib, ular asosan korxona, tashkilotlar o’rtasida olib boriladi.


Download 326,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish