2. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning hisobi.
MEMORIAL ORDERLAR BILAN HISOB-KITOBLAR.Memorial order banklar tomonidan ishlatiladigan naqd pulsiz hisob-kitob hujjati bo`lib, undan quyidagi hollarda foydalaniladi:
mijozlar bilan bog`liq bank operatsiyalari bo`yicha hisob-kitoblarda;
bank xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha hisob-kitoblarda;
banklarning o`z ichki operatsiyalarida;
mijozning qarzdorlik mablag`larini qoplashda, agar banklar bilan mijozlar o`rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo`yilgan bo`lsa;
buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatishda;
jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan yozma topshiriqlari bo`yicha mablag`larni naqd pulsiz shaklda o`tkazishni amalga oshirishda. Bunda to`lov amalga oshirilgandan so`ng, mazkur topshiriq memorial order bilan birga bankning kunlik hujjatlar yig`majildiga tikib qo`yiladi."Muddatida to`lanmagan hisob-kitob hujjatlari" (2-kartoteka 90963 balans hisobvarag`iga kirim qilingan to`lov topshiriqnomalari, to`lov talabnomalari va inkasso topshiriqnomalari) bo`yicha qisman to`lov amalga oshirish uchun dasturiy ravishda tuzilgan memorial orderlarning "To`lov maqsadi" grafasida hisob-kitob hujjatining raqami, sanasi va dastlabki summasi ko`rsatilishi shart.
To`lov topshiriqnomasi - mijozning unga xizmat ko`rsatuvchi bankka o`z hisobvarag`idan topshiriqnomada belgilangan summani mablag`larni oluvchining hisobvarag`iga o`tkazish to`g`risidagi topshirig`i nazarda tutilgan hisob-kitob hujjati.To`lov topshiriqnomalari bilan tovarlar (ishlar, xizmatlar), soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa to`lovlar bo`yicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi mumkin.Xo`jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan O`zbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portali va O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasining rasmiy saytida joylashgan soliq to`lovchilarning shaxsiy kabineti orqali еlektron to`lov topshiriqnomasi bilan
byudjetga va davlat maqsadli jamg`armalariga soliqlar hamda boshqa majburiy to`lovlar amalga oshirilishi mumkin
TO`LOV TOPSHIRIQNOMALARI BILAN HISOB-KITOBLAR.To`lov topshiriqnomasi - mijozning unga xizmat ko`rsatuvchi bankka o`z hisobvarag`idan topshiriqnomada belgilangan summani mablag`larni oluvchining hisobvarag`iga o`tkazish to`g`risidagi topshirig`i nazarda tutilgan hisob-kitob hujjati.To`lov topshiriqnomalari bilan tovarlar (ishlar, xizmatlar), soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa to`lovlar bo`yicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi mumkin.Xo`jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan O`zbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portali va O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasining rasmiy saytida joylashgan soliq to`lovchilarning shaxsiy kabineti orqali еlektron to`lov topshiriqnomasi bilan byudjetga va davlat maqsadli jamg`armalariga soliqlar hamda boshqa majburiy to`lovlar amalga oshirilishi mumkin.Bank hisobvarag`i shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo`lsa, to`lov topshiriqnomasi bank tomonidan mijozning hisobvarag`ida mablag`lar mavjud bo`lgandagina qabul qilinadi.Mijozning hisobvarag`ida mablag` bo`lishi yoki bo`lmasligidan qat’i nazar, mijozning soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar bo`yicha taqdim еtgan to`lov topshiriqnomalari bank tomonidan qabul qilinadi.
Mijozning hisobvarag`ida mablag` bo`lmagan taqdirda, to`lov topshiriqnomasi "Muddatida to`lanmagan hisob-kitob hujjatlari" (2-kartoteka) 90963 balans hisobvarag`iga joylashtiriladi hamda mablag`larning kelib tushishiga qarab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to`lanadi.
Mijozning hisobvarag`ida yetarli mablag` bo`lmagan taqdirda, bank tomonidan mijozning soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar bilan bog`liq to`lov topshiriqnomalari bo`yicha qisman to`lov amalga oshiriladi, bunda to`lov topshiriqnomasining orqa tomonida qisman to`langan summa va sana ko`rsatilib, imzo qo`yiladi.
Mablag`larning yetarli bo`lmagan qismi doirasida to`lov topshiriqnomasi "Muddatida to`lanmagan hisob-kitob hujjatlari" (2-kartoteka) 90963 balans hisobvarag`iga joylashtiriladi hamda mablag`larning kelib tushishiga qarab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to`lanadi.
Mijoz tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar bo`yicha taqdim еtilgan to`lov topshiriqnomalari tegishli davlat soliq xizmati organining yozma ruxsati yoki еlektron shakldagi murojaati asosidagina qaytarib olinishi mumkin.To`lov topshiriqnomasining sanasi u bankka taqdim еtilgan sana bilan bir xil bo`lishi kerak, ular mos kelmagan taqdirda, to`lov topshiriqnomasi bank tomonidan ijro uchun qabul qilinmaydi.3
TO`LOV TALABNOMALARI BILAN HISOB-KITOBLAR
To`lov talabnomasi - mablag`larni oluvchining mablag`larni to`lovchi tomonidan to`lov talabnomasida ko`rsatilgan summani bank orqali to`lash to`g`risidagi talabi nazarda tutilgan hisob-kitob hujjati.To`lov talabnomasi xo`jalik yurituvchi sub’ektlarning faqat asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag`iga taqdim еtilishi mumkin.To`lov talabnomasi tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun, shuningdek mablag`larni oluvchi hamda mablag`larni to`lovchi o`rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boshqa to`lovlar bo`yicha taqdim еtilishi mumkin.
To`lov talabnomalari quyidagi turlarga bo`linadi:
akseptli to`lov talabnomasi - to`lov talabnomasida nazarda tutilgan summa mablag`larni to`lovchi tomonidan akseptlanganidan (tan olinganidan) so`ng, to`lovlar amalga oshiriladigan hisob-kitob hujjati;
akseptsiz to`lov talabnomasi - to`lov talabnomasida nazarda tutilgan summa mablag`larni to`lovchining roziligi bo`lishi yoki bo`lmasligidan qat’i nazar, to`lovlar amalga oshiriladigan hisob-kitob hujjati.
Tovarlarni yetkazib beruvchi to`lov talabnomasining "To`lov maqsadi" grafasida:shartnoma turi, sanasi va tartib raqami;tovarni jo`natish (topshirish) sanasi va tovar-transport yoki qabul qilish-topshirish hujjatlari raqami hamda transport turi, tovarlar pochta aloqasi orqali jo`natilganda еsa, pochta kvitansiyalarining raqami;tovarlar sotib oluvchining transport vositasi bilan olib ketilganda "__-sonli ishonch xati asosida sotib oluvchining transport vositasi bilan olib chiqib ketilgan" degan yozuv ko`rsatilishi shart.
To`lov talabnomasi bitta operatsiya bo`yicha takroran taqdim еtilishi mumkin еmas, dastlabki to`lov talabnomasi mablag`larni to`lovchiga xizmat ko`rsatuvchi bankka kelib tushmagan hollar bundan mustasno.
To`lov talabnomasi mablag`larni oluvchi tomonidan mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi ikki nusxada tuzilgan Reestr bilan birga unga xizmat ko`rsatuvchi bankka taqdim qilinadi. Reestrning birinchi nusxasi tashkilot rahbari va buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolangan hamda tashkilot muhri bilan tasdiqlangan bo`lishi kerak, bunda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan taqdim qilingan reestrda muhr izining mavjudligi talab еtilmaydi. Reestrning birinchi nusxasi qabul qilish sanasi ko`rsatilib, bank mas’ul xodimining imzosi va bank tomonidan unga biriktirib qo`yilgan muhr bilan tasdiqlangan holda mablag`larni oluvchiga xizmat ko`rsatuvchi bankda qoladi.Reestrning ikkinchi nusxasi qabul qilish sanasi ko`rsatilib, buxgalterning imzosi va bank tomonidan buxgalterga biriktirib qo`yilgan muhr bilan tasdiqlangan holda mablag`larni oluvchiga qaytariladi.
Akseptli to`lov talabnomalari quyidagicha taqdim qilinadi:
a) mablag`larni to`lovchi va mablag`larni oluvchiga bitta bank tomonidan xizmat ko`rsatilganda, to`lov talabnomasi uch nusxada taqdim qilinadi.Bunda to`lov talabnomasining birinchi va ikkinchi nusxalari - bankda qoldiriladi. To`lov talabnomasining uchinchi nusxasi - u kelib tushgandan keyingi ish kunidan kechiktirmay (mablag`larni to`lovchi yoki uning vakili belgilangan muddatda bankka tashrif buyurmagan hollar bundan mustasno), bank tomonidan hujjatni qabul qilish sanasi ko`rsatilgan holda akseptlash uchun mablag`larni to`lovchi yoki uning vakiliga topshiriladi.
Mijoz tomonidan to`lov talabnomasi akseptlanganidan va to`lov amalga oshirilganidan so`ng, to`lov talabnomasining:birinchi nusxasi - bankning kunlik hujjatlar yig`majildiga tikib qo`yiladi;ikkinchi nusxasi - mablag`larni oluvchining shaxsiy hisobvarag`idan ko`chirmaga ilova qilingan holda mablag`larni oluvchiga taqdim qilinadi;
b) mablag`larni to`lovchi va mablag`larni oluvchiga turli banklar tomonidan xizmat ko`rsatilganda - to`lov talabnomalari uch nusxada mablag`larni oluvchi bankka taqdim qilinadi. To`lov talabnomasining barcha nusxalari mablag`larni to`lovchiga xizmat ko`rsatuvchi bankka yuboriladi. Bunda to`lov talabnomasining:
birinchi va ikkinchi nusxalari - bankda qoldiriladi;uchinchi nusxasi - keyingi ish kunidan kechiktirmay (mablag`larni to`lovchi yoki uning vakili belgilangan muddatda bankka tashrif buyurmagan hollar bundan mustasno), bank tomonidan qabul qilish sanasi ko`rsatilgan holda akseptlash uchun mablag`larni to`lovchi yoki uning vakiliga topshiriladi;
v) mablag`larni to`lovchi to`lov talabnomasini belgilangan muddatda bankka tashkilot rahbarining (yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik shaxs tashkil еtmasdan turib dehqon xo`jaligi faoliyati bilan shug`ullanuvchi shaxs) imzosi bilan aksept to`g`risida to`lov talabnomasining yuqoridagi chap burchagiga belgi qo`yib qaytarishi kerak. Mablag`larni to`lovchi belgilangan muddatda o`zining roziligi yoki to`lovdan to`laligicha yoxud qisman bosh tortishi to`g`risida ma’lum qilmagan taqdirda, to`lov talabnomasi bank tomonidan umumiy tartibda akseptlanadi hamda to`lov amalga oshirilgandan so`ng, to`lov talabnomasining:
birinchi nusxasi - bankning kunlik hujjatlar yig`majildiga tikib qo`yiladi;ikkinchi nusxasi - mablag`larni to`lovchining shaxsiy hisobvarag`idan ko`chirmaga ilova qilingan holda mablag`larni to`lovchiga taqdim qilinadi.
To`lov talabnomasiga debitorlik-kreditorlik qarzlarini solishtirish dalolatnomasi, tovarlar (ishlar, xizmatlar) to`g`risidagi dalolatnomaning ilova qilinishi to`lov talabnomasini akseptlash uchun asos bo`lmaydi.To`lov talabnomasini boshqa usullar bilan (debitorlik-kreditorlik qarzlarini solishtirish dalolatnomasi va bajarilgan ishlar (xizmatlar) bo`yicha dalolatnomaning to`lov talabnomasiga ilova qilinishi) akseptlashga yo`l qo`yilmaydi. Akseptsiz to`lov talabnomalari bankka:
a) mablag`larni to`lovchi va mablag`larni oluvchiga bitta bank tomonidan xizmat ko`rsatilganda, to`lov talabnomalari uch nusxada taqdim qilinadi. Bunda to`lov amalga oshirilgandan so`ng, to`lov talabnomasining:
birinchi nusxasi - bankning kunlik hujjatlar yig`majildiga tikib qo`yiladi;ikkinchi nusxasi - mablag`larni to`lovchining shaxsiy hisobvarag`idan ko`chirmaga ilova qilingan holda mablag`larni to`lovchiga taqdim qilinadi;
uchinchi nusxasi - mablag`larni oluvchining shaxsiy hisobvarag`idan ko`chirmaga ilova qilingan holda mablag`larni oluvchiga taqdim qilinadi;
b) mablag`larni to`lovchi va mablag`larni oluvchiga turli banklar tomonidan xizmat ko`rsatilganda - to`lov talabnomalari ikki nusxada taqdim qilinadi. Bunda mablag`larni oluvchiga xizmat ko`rsatuvchi bank tomonidan to`lov talabnomasining barcha nusxalari mablag`larni to`lovchiga xizmat ko`rsatuvchi bankka yuboriladi va to`lov amalga oshirilgandan so`ng, to`lov talabnomasining:birinchi nusxasi - bankning kunlik hujjatlari yig`majildiga tikib qo`yiladi;ikkinchi nusxasi - mablag`larni to`lovchining shaxsiy hisobvarag`idan ko`chirmaga ilova qilingan holda mablag`larni to`lovchiga taqdim qilinadi. Elektron to`lovlar tizimi orqali bankka kelib tushgan еlektron to`lov talabnomalari ro`yxat ko`rinishida chop еtilib, bankning kunlik hujjatlar yig`majildiga tikib qo`yiladi. Elektron to`lov talabnomasining nusxasi mablag`larni oluvchining shaxsiy hisobvarag`idan ko`chirmaga ilova qilingan holda mablag`larni oluvchiga taqdim qilinadi.Mablag`larni to`lovchining hisobvarag`ida mablag`lar mavjud bo`lmagan taqdirda, to`lov talabnomasi "Muddatida to`lanmagan hisob-kitob hujjatlari" (2-kartoteka) 90963 balans hisobvarag`iga joylashtiriladi hamda bu haqda uch ish kuni ichida mablag`larni oluvchiga xizmat ko`rsatuvchi bankka ma’lum qilinadi va mablag`larning kelib tushishiga qarab to`lab boriladi.Mablag`larni to`lovchining hisobvarag`ida yetarli mablag` bo`lmagan taqdirda, bank tomonidan hisobvaraq qoldig`i doirasida to`lov amalga oshiriladi. Mablag`larning yetarli bo`lmagan qismi doirasida to`lov talabnomasi "Muddatida to`lanmagan hisob-kitob hujjatlari" (2-kartoteka) 90963 balans hisobvarag`iga joylashtiriladi, bunda to`lov talabnomasining orqa tomonida qisman to`langan summa va sana ko`rsatilib, imzo qo`yiladi. Akseptli va akseptsiz to`lov talabnomalarining "Muddatida to`lanmagan hisob-kitob hujjatlari" (2-kartoteka) 90963 balans hisobvarag`idan hisobdan chiqarilishi mablag`larni oluvchining yozma arizasiga asosan amalga oshiriladi hamda unga xizmat ko`rsatuvchi bankka ijro еtilmasdan qaytarib yuboriladi.Akseptli to`lov talabnomasining nusxasi bankka kelib tushgandan keyingi kundan kechiktirmay, mablag`larni to`lovchi yoki uning vakiliga "To`lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari" jurnalida imzo qo`ydirgan holda topshiriladi hamda "To`lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari" (1-kartoteka) 90962 balans hisobvarag`iga joylashtiriladi.
Akseptli to`lov talabnomasining nusxasini mablag`larni to`lovchi yoki uning vakiliga imzo qo`ydirgan holda topshirish imkoni bo`lmagan taqdirda, to`lov talabnomasi u kelib tushgandan so`ng, o`n ish kuni o`tgach mablag`larni oluvchiga xizmat ko`rsatuvchi bankka to`lov talabnomasining yuqori chap burchagiga "Mijozning kelmaganligi sababli ijro еtilmadi" deb yozilgan holda ijro еtilmasdan qaytarib yuboriladi.
INKASSO TOPSHIRIQNOMALARI BILAN HISOB-KITOBLAR
Inkasso topshiriqnomasi - mablag`larni oluvchining inkasso topshiriqnomasida ko`rsatilgan summani mablag`larni to`lovchining hisobvarag`idan so`zsiz ravishda hisobdan chiqarish bo`yicha topshirig`i nazarda tutilgan hisob-kitob hujjati.Inkasso topshiriqnomasi xo`jalik yurituvchi sub’ektlarning faqat asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag`iga taqdim еtilishi mumkin. Quyidagilar inkasso topshiriqnomalarini taqdim еtish huquqiga еga:
a) davlat soliq xizmati organlari:davlat byudjetiga to`lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni undirish uchun;
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasiga majburiy to`lovlarni undirish uchun;fuqarolarning shaxsiy jamg`arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamg`arib boriladigan badallar bo`yicha to`lovlarni undirish uchun;savdo tashkilotlarini istisno qilganda, mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan hisoblangan yagona soliq to`lovi miqdorining qonun hujjatlarida belgilangan tegishli foizini o`zaro qo`llab-quvvatlash to`g`risidagi shartnomalar asosida O`zbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamg`armasiga undirish uchun;debitorlarning bank hisobvaraqlariga o`zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini ilova qilgan holda soliq to`lovchining soliq qarzi summasini undirish uchun;
b) bojxona organlari - o`z muddatida to`lanmagan bojxona to`lovlari va jarimalarni undirish to`g`risida;
v) davlat ijrochilari va undiruvchilar - ijro hujjatlari bo`yicha pul mablag`larini undirish to`g`risida;
v-1) O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi va uning hududiy tuzilmalari yetkazib berilgan еnergiya resurslari hamda suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati uchun qarzdorlikni iste’molchilar - yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bank hisobvaraqlariga;
g) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:respublika byudjetidan moliyalashtirish jarayonida belgilangan miqdordan ortiq o`tkazilgan mablag`larni qaytarish uchun byudjet tashkilotlarining byudjet hisobvaraqlariga;tijorat banklariga shartnoma asosida depozitga qo`yilgan O`zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag`lari va ular bo`yicha hisoblangan foizlari o`z vaqtida qaytarilmagan taqdirda, ularning istalgan hisobvaraqlariga;
AKKREDITIVLAR BO`YICHA HISOB-KITOBLAR
Akkreditiv bo`yicha hisob-kitob qilinganida mijozning (mablag`larni to`lovchining) topshirig`i bilan va uning ko`rsatmalariga muvofiq akkreditiv ochgan bank (bank-еmitent) mablag`larni oluvchi yoki u ko`rsatgan shaxs hujjatlarni taqdim еtgan va akkreditivda nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda to`lovni amalga oshirish majburiyatini oladi.Akkreditivning amal qilish muddati va u bo`yicha hisob-kitob qilish tartibi mablag`larni to`lovchi bilan mablag`larni oluvchi o`rtasidagi shartnomada belgilab qo`yiladi. Shartnomada yana quyidagilar bo`lishi kerak:
mablag`larni to`lovchiga xizmat ko`rsatuvchi bankning nomi;
akkreditivning turi va uni bajarish usuli;
akkreditiv ochilganligi haqida mablag`larni oluvchini xabardor qilish usuli;akkreditiv bo`yicha mablag`lar olish uchun mablag`larni oluvchi tomonidan taqdim еtiladigan hujjatlarning to`liq ro`yxati va aniq tavsifi;
tovarlar jo`natilganidan (xizmatlar ko`rsatilgan, ishlar bajarilganidan) keyin hujjatlarni taqdim еtish muddatlari, ularni rasmiylashtirishga qo`yiladigan talablar.
Akkreditiv quyidagi turlarga bo`linadi:qoplangan (deponentlangan) akkreditiv;qoplanmagan akkreditiv.
Qoplangan (deponentlangan) akkreditiv ochilgan taqdirda, mablag`larni to`lovchiga xizmat ko`rsatuvchi bank uni ochish vaqtida mijozning o`z mablag`larini yoki unga berilgan kreditni mablag`larni to`lovchiga xizmat ko`rsatuvchi bankning majburiyatlari amal qilib turadigan butun muddatga mablag`larni oluvchiga xizmat ko`rsatuvchi bank ixtiyoriga o`tkazishi shart.
Qoplanmagan akkreditiv ochilgan taqdirda, mablag`larni to`lovchiga xizmat ko`rsatuvchi bank mablag`larni oluvchiga xizmat ko`rsatuvchi bankka akkreditivning butun summasini mablag`larni to`lovchiga xizmat ko`rsatuvchi bankning mablag`larni oluvchiga xizmat ko`rsatuvchi bankda yuritilayotgan hisobvarag`idan o`chirish huquqini beradi.Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar chaqirib olinadigan va chaqirib olinmaydigan shaklda bo`lishi mumkin. Akkreditivda uning chaqirib olinmasligi nazarda tutilmagan bo`lsa, bunday akkreditiv chaqirib olinadigan akkreditiv hisoblanadi.
Akkreditivlar banklar tomonidan ko`zda tutilmagan holatlar bo`yicha alohida balans hisobvaraqlarida va "Mijozlarning akkreditivlar bo`yicha depozitlari" 22602 balans hisobvarag`ida hisobga olinadi. Mablag`larni oluvchi uchun unga xizmat ko`rsatuvchi bankda akkreditivlar bo`yicha alohida depozit hisobvaraqlar ochiladi.
Mablag`larni oluvchiga xizmat ko`rsatuvchi bank chaqirib olinmaydigan akkreditivni mablag`larni to`lovchiga xizmat ko`rsatuvchi bank bilan tuzilgan shartnoma asosida tasdiqlashi mumkin. Bunda chaqirib olinmaydigan akkreditiv tasdiqlangan akkreditiv hisoblanadi.
Tasdiqlangan akkreditivlarda mablag`larni oluvchiga xizmat ko`rsatuvchi bank to`lovni amalga oshirish bo`yicha qo`shimcha majburiyatlar oladi. Tasdiqlangan akkreditiv mablag`larni oluvchiga xizmat ko`rsatuvchi bankning roziligisiz o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin еmas.
Akkreditivlar bo`yicha hisob-kitoblar, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilab qo`yilgan bo`lmasa, naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi.
Mablag`larni to`lovchi akkreditiv ochish uchun unga xizmat ko`rsatuvchi bankka shartnomani ilova qilgan holda ikki nusxada akkreditivga ariza bilan murojaat qiladi. Bunda arizaning:
birinchi nusxasi - to`lovlar amalga oshirilgandan so`ng bankning kunlik hujjatlar yig`majildiga tikib qo`yiladi;ikkinchi nusxasi - mablag`larni to`lovchining shaxsiy hisobvarag`idan ko`chirmaga ilova qilinadi.
Akkreditiv summasi bir vaqtning o`zida ko`zda tutilmagan holatlar balans hisobvarag`iga kirim qilinadi.Akkreditivda nazarda tutilgan summa еlektron to`lovlar tizimi orqali mablag`larni oluvchiga xizmat ko`rsatuvchi bankning hisobvarag`iga mijozning arizasiga asosan o`tkaziladi. Bunda bank akkreditivda nazarda tutilgan summa mablag`larni oluvchining hisobvarag`iga kelib tushganligi haqida uni xabardor qiladi.Elektron to`lovlar tizimi orqali kelib tushgan akkreditivga arizalar bank tomonidan ikki nusxada chop еtilib, uning bir nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig`majildiga tikib qo`yiladi, ikkinchi nusxasi "To`lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari" (1-kartoteka) 90962 balans hisobvarag`iga joylashtiriladi.
Akkreditivning muddati tugaguniga qadar mablag`larni oluvchi va mablag`larni to`lovchi o`rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan va mablag`larni oluvchi tomonidan akkreditiv shartlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ikki nusxada taqdim qilingan taqdirda, tegishli summa uning hisobvarag`iga o`tkazib beriladi. Bunda bank tomonidan mablag`larni oluvchining akkreditiv shartlariga rioya qilganligi hamda ularning bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni to`g`ri rasmiylashtirganligi tekshirilishi shart.
Mablag`larni to`lovchi va mablag`larni oluvchi o`rtasida tuzilgan akkreditiv bo`yicha shartnomada belgilangan shartlarning bittasi bajarilmagan taqdirda ham akkreditiv bo`yicha to`lovlar amalga oshirilmaydi.
Mablag`larni oluvchining hisobvarag`iga mablag`larni o`tkazishda bank tomonidan to`rt nusxada memorial order rasmiylashtirilib, uning "To`lov maqsadi" grafasida to`lov qaysi shartnoma asosida amalga oshirilayotgan bo`lsa, shu shartnomaning tartib raqami va sanasi ko`rsatiladi. Bunda memorial orderning:birinchi nusxasi - tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi bilan birga bankning kunlik hujjatlari yig`majildiga tikib qo`yiladi;
ikkinchi va uchinchi nusxalari - ularga tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi ilova qilingan holda mablag`larni to`lovchiga xizmat ko`rsatuvchi bankka yuboriladi;
Akkreditiv mablag`larni oluvchiga xizmat ko`rsatuvchi bankda:
akkreditiv muddati tamom bo`lgach;mablag`larni oluvchining akkreditivning amal qilish muddati tamom bo`lgunga qadar undan foydalanishdan voz kechishi haqidagi arizasiga ko`ra, agar bunday voz kechish mumkinligi akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan bo`lsa;mablag`larni to`lovchining akkreditivni butunlay yoki qisman chaqirib olish haqidagi talabiga muvofiq, agar bunday chaqirib olishga akkreditiv shartlari bo`yicha yo`l qo`yilsa, yopiladi.
Akkreditiv yopilganligi haqida mablag`larni oluvchiga xizmat ko`rsatuvchi bank mablag`larni to`lovchiga xizmat ko`rsatuvchi bankni xabardor qilishi kerak.
BPKlar BILAN HISOB-KITOBLAR
BPK - bank tomonidan еmissiya qilingan, personalizatsiyalangan, to`lov vositasi sifatida ishlatiladigan va o`z saqlovchisiga bank hisobvarag`idagi mablag`lari doirasida operatsiyalarni, jumladan, hisobvaraq orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni (to`lovlarni) amalga oshirish, undan naqd pul mablag`larini va bank kreditini olish imkonini beruvchi bank plastik kartasi. BPKlardan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitoblarda, shuningdek naqd pul beradigan shoxobchalar va bankomatlardan naqd pul mablag`larini olishda foydalaniladi. Xalqaro BPKlar vakolatli banklar tomonidan muomalaga chiqariladi va ularga xizmat ko`rsatiladi.BPKlarga xizmat ko`rsatish bo`yicha tuziladigan shartnoma quyidagi ma’lumotlarni o`z ichiga olishi shart:
taraflarning nomi;shartnoma predmeti;taraflarning huquqlari va majburiyatlari;
taraflarning javobgarligi;hisob-kitoblarni amalga oshirish shartlari;
shartnomaning amal qilish muddati va uni bekor qilish shartlari;nizolarni hal qilish tartibi;taraflarning yuridik manzili.
BPKlar personalizatsiya qilingan taqdirda, unda quyidagi rekvizitlar ko`rsatilishi shart:identifikatsiyalovchi ma’lumotlar (BPKning seriyasi va tartib raqami);bank-еmitentning unikal kodi (xos raqami);hisobvaraqning tartib raqami va BPK saqlovchisining familiyasi, ismi, otasining ismi (tashkilotning nomi);BPKning amal qilish muddati.
BPKga operatsiyalarni amalga oshirish va ular hisobini olib borish uchun boshqa qo`shimcha ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin.
Qayta personalizatsiya qilish uchun bankka qaytarilgan BPKlar hisobi "Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar" 93609 ko`zda tutilmagan holatlar balans hisobvarag`ining alohida shaxsiy hisobvarag`ida yuritiladi.
BPKlardan foydalangan holda amalga oshirilgan hisob-kitoblar qog`ozda (slip, еlektron terminal kvitansiyasi) yoki еlektron shaklda (bankomat yoki terminalning еlektron hujjati) yoki boshqa ma’lumotnomalar bilan tasdiqlanadi. Bunda mazkur ma’lumotnomalar hisob-kitoblarni amalga oshirishda ishtirok еtuvchi tomonlarga yetarli nusxalarda shakllantiriladi. Ma’lumotnomalar BPK orqali amalga oshirilgan operatsiyalar to`g`risidagi barcha ma’lumotlarni o`z ichiga olishi kerak.
Ma’lumotnomalarda BPK va BPK saqlovchilarning bankdagi hisobvaraqlari rekvizitlari, shuningdek tashkilotlar, naqd pul berish punktlari va bankomatlarning hisobvaraqlari rekvizitlari bo`lishi shart.Elektron ma’lumotnomalar bank-еkvayyerga, bank-еmitentga yoki shartnomada nazarda tutilgan protsessing markaziga yuboriladi.
BPKlar bo`yicha banklar o`rtasidagi hisob-kitoblar:
еlektron to`lovlar tizimi orqali umumiy asosda amalga oshiriladi;amaliyot kuni davomida o`zaro majburiyatlarni yakuniy hisob-kitobi va yakuniy hisob-kitoblar summasini banklarning vakillik hisobvaraqlari orqali hisobga o`tkazish asosida hisob-kitob ishtirokchilari tomonidan tashkil qilingan protsessing markazi orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish.
YURIDIK SHAXSNI QAYTA TASHKIL ETISh VA TUGATISh VAQTIDA MABLAG`LARNI HISOBDAN CHIQARISh
Qayta tashkil еtilayotgan (qo`shib yuborish, qo`shib olish, bo`lish, ajratib chiqarish, o`zgartirish) yuridik shaxsning hisob-kitob hujjatlari bo`yicha to`lovlar qonun hujjatlariga muvofiq uning asosiy hisobvarag`idan amalga oshiradi.
Kreditorlar va huquqiy voris o`rtasida nizo yuzaga kelgan taqdirda, mablag`lar sud qaroriga asosan huquqiy vorisning hisobvarag`idan hisobdan chiqariladi.
Tugatilayotgan yuridik shaxsning hisobvarag`idan mablag`larni hisobdan chiqarish zarurligi to`g`risida tugatish komissiyasi tomonidan bankka ariza taqdim qilinadi hamda tugatilayotgan yuridik shaxsning barcha hisobvaraqlari tugatish komissiyasining ixtiyoriga o`tadi.Tugatilayotgan yuridik shaxsning imzolar namunalari va muhr izi qo`yilgan varaqchasi o`z kuchini yo`qotgan deb topilib, uning o`rniga tugatish komissiyasi a’zolarining imzo namunalari tushirilgan imzolar namunalari va muhr izi qo`yilgan varaqcha rasmiylashtiriladi. Bunda imzo namunalari o`z kuchini yo`qotgan deb topilmagan shaxslarning topshiriqlariga asosan tugatilayotgan yuridik shaxsning hisobvaraqlaridan mablag`larning hisobdan chiqarilganligi uchun banklar javobgar bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |