1 - faraz. Jism materialining tuzilishi uzluksiz. Bunda jismning atom tuzilishi hisobga olinmaydi, material jism hajmini bo’shliqlarsiz to’ldiradi deb qaraladi. 2 - faraz. Jism materiali bir jinsli va izotrop, ya’ni jismning xususiyatlari uning barcha nuqtalarida va yo’nalishlarida bir xil. 3 - faraz. Jismga tashqi kuch qo’yilgunga qadar uning tashkil qiluvchilari orasida o’zaro ta’sir kuchlari bo’lmaydi (zo’riqmaganlik). 4 - faraz. Kuchlar ta’sirining mustaqillik qoidasi (prinstipi). Bu farazga ko’ra kuchlar tizimining jismga ta’sirlarining umumiy natijasi har qaysi kuchning alohida - alohida ta’sirlari natijalarining yigindisiga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |