chiziqli, burchak o’lchamining o’zgarishi - burchak deformastiyasi deb yuritiladi. Agar deformastiya jism hajmi bo’yicha sodir bo’lsa, jismning ma’lum yo’nalishda mazkur nuqtasidagi deformastiyasi to’grisida gap boradi.
Jismdan tashqi kuch ta’siri olingandan keyin yo’qoladigan deformastiya qayishqoq yoki elastikdeformastiya, jismlardan kuch olinganidan keyin o’zining dastlabki o’lchamlarini va shaklini saqlash qobiliyati qayishqoqlik deyiladi.
Jismni tashkil qiluvchi elementar zarralar orasida o’zaro ta’sir kuchlari (birlamchi ichki kuchlar) ta’sir qilib, ular jismning yaxlitligini ta’minlaydi. Jismga tashqi kuch qo’yilganida elementar zarralar orasida birlamchi ichki kuchlarga qo’shimcha ichki qarshilik kuchlari hosil bo’ladi. Bu kuchlarni ichki kuchlar, yoki zo’riqish kuchlari, yoki qayishqoqlik kuchlari deb yuritiladi. Natijada jismning tegishli joyida mikroyoriq hosil bo’ladi va jism emiriladi. Demak, jismning emirilishining bevosita sababchisi sifatida qiymati molekulalararo o’zaro ta’sir kuchlari kattaligiga erisha oladigan ichki zo’riqish kuchlarini ko’rsatish mumkin. Shuning uchun ularning kattaligini aniqlash muhim masala kasb etadi. Bu maqsadlarda kesish usulidan foydalaniladi.
2.1 - shakl
2.2 - shakl
2.3 - shakl
Kesish usulining mohiyati quyidagicha. Biror nuqtasidagi zo’riqish kuchlarini topish zarur bo’lgan jism R1, R2, R3 va R4 kuchlar sistemasi ta’sirida muvozanatda turibdi 2.1 shakl.
1. Jismni bizni qiziqtirayotgan nuqta va kesim orqali o’tuvchi tekislik bilan fikran kesamiz. Jism ikki bo’lakka bo’linadi.
2. Ajratilgan bo’laklardan biri, masalan, o’ng II tomon tashlab yuboriladi 1- qism olib qolinadi(2.2 - shakl). Bunda qolgan chap I qism muvozanati buziladi.
3. Olib qolingan qism muvozanatini tiklash uchun tashlab yuborilgan o’ng II qismning olib qolingan chap I qismga ta’sirini ichki zo’riqish kuchlari bilan almashtiramiz. Ularning kattaligi, yo’nalishi va taqsimlanishi qonuni noma’lum. Ammo, ma’lumki, har qanday kuchlar sistemasini bitta bosh vektor va bitta bosh momentga keltirish mumkin. 2.3 - shaklda ularning tuzuvchilari (komponentlari) ko’rsatilgan. Ularni ba’zan ichki kuch omillari deb ham yuritiladi.
Ajratilgan elementar yuzacha nolga intilganda (nuqtaga tortilganda) nuqtadagi kuchlanish ҳaqiqiy kuchlanish deyiladi.
Kuchlanish vektorini ikkita tuzuvchiga ajratamiz: kesim yuziga tik yo’nalgan normal kuchlanish () va kesim yuziga parallel yunalgan urinma kuchlanish ().
Nuqtadagi to’la kuchlanish
Endi brusning ko’ndalang kesimidagi IKF bilan kuchlanishlar orasidagi munosabatlarini tuzamiz. Elementar yuzachadagi elementar ichki kuchlar quyidagiga teng:
Elementar ichki kuchlarni brusning ko’ndalang kesim yuzi bo’yicha yigib, bosh vektorning tuzuvchilari uchun quyidagi ifodalarni hosil qilamiz:
Elementar ichki kuchlarning tegishli o’qlarga nisbatan elementar momentlarini topamiz: