Намуна (Образец)


Jamiyatni tugatish tartibi va tugatilayotgan jamiyatning mol-mulkini aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlash



Download 1,79 Mb.
bet39/122
Sana01.07.2022
Hajmi1,79 Mb.
#727165
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 талаба учун

8.3. Jamiyatni tugatish tartibi va tugatilayotgan jamiyatning mol-mulkini aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlash
Jamiyatning tugatilishi huquq va majburiyatlarni huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o‘tkazmagan holda jamiyat faoliyatini tugatishga sabab bo‘ladi. Jamiyat ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda, tugatilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni tugatish va tugatuvchini yoki tugatish komissiyasini tayinlash to‘g‘risidagi masalani aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hal qilishi uchun olib chiqadi. Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi jamiyatni tugatish va tugatuvchini tayinlash haqida qaror qabul qiladi. Jamiyat sudning qaroriga ko‘ra tugatilayotganda tugatuvchini tayinlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Tugatuvchi tayinlangan paytdan e’tiboran jamiyat ishlarini boshqarish bo‘yicha barcha vakolatlar unga o‘tadi. Tugatuvchi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra jamiyatni tugatish ushbu jamiyat moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan tartibda harakatsiz rejimga o‘tkazilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida uning faoliyati tiklanmagan taqdirda amalga oshiriladi. Davlat tugatilayotgan jamiyatning aksiyadori bo‘lgan taqdirda, tugatish komissiyasi tayinlanadi va uning tarkibiga davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organning vakili kiritiladi. Jamiyatni tugatish tartibi. Tugatuvchi jamiyatning tugatilishi haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon beradi. Jamiyatni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi e’lon ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Jamiyatning tugatilishi haqidagi e’londa uning kreditorlari talablarini bildirish tartibi va muddatlari ko‘rsatiladi. Bu muddat tugatish to‘g‘risidagi e’lon chiqqan paytdan e’tiboran 2 oydan kam bo‘lmasligi kerak. Agar tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytga kelib jamiyat kreditorlar oldida majburiyatlarga ega bo‘lmasa, uning mol-mulki aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanadi. Tugatuvchi kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzlarini olish chora-tadbirlarini ko‘radi, shuningdek kreditorlarni jamiyatning tugatilishi to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qiladi. Kreditorlarning talablar qo‘yishi uchun belgilangan muddat tugaganidan keyin tugatuvchi oraliq tugatish balansini tuzadi, mazkur balansda tugatilayotgan jamiyat mol-mulkining tarkibi, kreditorlar tomonidan taqdim etilgan talablar, shuningdek ularni ko‘rib chiqish natijalari haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Oraliq tugatish balansi tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi. Agar tugatilayotgan jamiyatdagi mavjud pul mablag‘lari kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun etarli bo‘lmasa, tugatuvchi jamiyatning mol-mulkini sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda kimoshdi savdosida sotishni amalga oshiradi. Tugatilayotgan jamiyatning mol-mulkini aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlash. Tugatilayotgan jamiyatning kreditorlar bilan hisob-kitoblardan keyin qolgan mol-mulki tugatuvchi tomonidan aksiyadorlar o‘rtasida quyidagi navbat bo‘yicha taqsimlanadi: birinchi navbatda, qaytarib sotib olinishi lozim bo‘lgan aksiyalar bo‘yicha to‘lovlar amalga oshiriladi; ikkinchi navbatda, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha hisoblangan, biroq to‘lanmagan dividendlarni va jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalar bo‘yicha belgilangan tugatish qiymatini to‘lash amalga oshiriladi; uchinchi navbatda, tugatilayotgan jamiyatning mol-mulkini oddiy aksiyalar egalari bo‘lgan aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlash amalga oshiriladi. Mol-mulkni taqsimlashda taqsimotning navbati bo‘yicha taqsimlash qonunda qat’iy belgilab qo‘yilgan bo‘lib, bunda har biri navbati bilan to‘liq taqsimlab bo‘linganidan so‘ng keyingi taqsimot navbati amalga oshiriladi. Agar jamiyatdagi mavjud mol-mulk hisoblangan, biroq to‘lanmagan dividendlarni va jamiyat ustavida belgilangan tugatish qiymatini imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lgan barcha aksiyadorlarga to‘lash uchun etarli bo‘lmasa, mol-mulk imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar o‘rtasida ularga tegishli aksiyalarning soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Mol-mulkni tugatish qiymatining chet ellik investor bo‘lgan aksiyadorga o‘tkaziladigan qismini jamiyat xorijiy valyutaga ayirboshlab berishi shart. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ yuridik shaxslarning yagona davlat reestriga tegishli yozuvni kiritgan paytdan e’tiboran jamiyatni tugatish tamomlangan, jamiyat esa faoliyatini tugatgan deb hisoblanadi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ jamiyat tugatilganligi haqidagi tegishli yozuvni faqat jamiyatning qimmatli qog‘ozlari chiqarilishlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi bekor qilinganidan keyingina kiritadi.



Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish