Намуна (Образец)


Jamiyatni bo‘lish, ajratib chiqarish va o‘zgartirish



Download 1,79 Mb.
bet38/122
Sana01.07.2022
Hajmi1,79 Mb.
#727165
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 талаба учун

8.2. Jamiyatni bo‘lish, ajratib chiqarish va o‘zgartirish
Jamiyat faoliyatini uning huquq va majburiyatlarini tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga o‘tkazgan holda tugatish jamiyatni bo‘lish deb e’tirof etiladi. Bo‘lish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni bo‘lish shaklida qayta tashkil etish, bu qayta tashkil etishning tartibi va shartlari, yangi yuridik shaxslarni tashkil etish hamda qayta tashkil etilayotgan jamiyatning aksiyalarini tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning aksiyalariga va (yoki) ulushiga ayirboshlash tartibi haqidagi masalalarni aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hal qilishi uchun olib chiqadi. Bo‘lish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi jamiyatni bo‘lish shaklida qayta tashkil etish, bu qayta tashkil etishning tartibi va shartlari, yangi yuridik shaxslarni tashkil etish hamda qayta tashkil etilayotgan jamiyatning aksiyalarini tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning aksiyalariga va (yoki) ulushiga ayirboshlash tartibi haqida qaror qabul qiladi. YAngidan tashkil etilayotgan har bir yuridik shaxs aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) umumiy yig‘ilishi uning ustavini tasdiqlash va kuzatuv kengashini saylash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Jamiyat bo‘linganda uning barcha huquq va majburiyatlari taqsimlash balansiga muvofiq tashkil etilayotgan ikki yoki bir nechta yuridik shaxsga o‘tadi.
Qayta tashkil etilayotgan jamiyatning faoliyatini tugatmagan holda, uning huquq va majburiyatlarining bir qismini o‘tkazgan holda bir yoki bir nechta yuridik shaxsni tashkil etish jamiyatni ajratib chiqarish deb e’tirof etiladi. Ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish, ajratib chiqarish tartibi va shartlari, yangi yuridik shaxsni tashkil etish, jamiyatning aksiyalarini ajralib chiqayotgan yuridik shaxsning aksiyalariga va (yoki) ulushiga ayirboshlash imkoniyatlari hamda bunday ayirboshlash tartibi, taqsimlash balansini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalarni aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hal qilishi uchun olib chiqadi. Ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi jamiyatni ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish, ajratib chiqarish tartibi va shartlari, yangi yuridik shaxsni tashkil etish, jamiyatning aksiyalarini ajralib chiqayotgan yuridik shaxsning aksiyalariga va (yoki) ulushiga ayirboshlash imkoniyatlari hamda bunday ayirboshlash tartibi, taqsimlash balansini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Jamiyat tarkibidan bir yoki bir nechta yuridik shaxs ajralib chiqqanda ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilgan jamiyat huquq va majburiyatlarining bir qismi taqsimlash balansiga muvofiq ularning har biriga o‘tadi. Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilgan holda yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakli etib o‘zgartirilishga haqli. O‘zgartirilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni o‘zgartirish, o‘zgartirish tartibi va shartlari haqidagi masalalarni aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hal qilishi uchun olib chiqadi. O‘zgartirilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi jamiyatni o‘zgartirish, o‘zgartirish tartibi va shartlari haqida qaror qabul qiladi. Jamiyatni o‘zgartirish natijasida tashkil etilayotgan yuridik shaxsning ishtirokchilari jamiyatning chiqib ketayotgan aksiyadorlari bilan hisob-kitoblar amalga oshirilganidan keyin ta’sis hujjatlarini tasdiqlaydi hamda qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxsning boshqaruv organlarini saylaydi (tayinlaydi). Jamiyat o‘zgartirilganida uning barcha huquq va majburiyatlari saqlanib qoladi. Qonunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida faoliyatning ayrim turlarini faqat aksiyadorlik jamiyati shaklida amalga oshiruvchi tashkilotlarni tashkil etishga doir talablar belgilanishi mumkin.



Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish