UOʻK: 347.965.816.
KBK: 65.291
Taqrizchilar:
M.A.Maxkamova– i.f.d., professor, TDTU kafedra mudiri;
M.G‘.Umarxodjaeva – i.f.n., dotsent, TDIU «Korporativ boshqaruv» kafedra dotsenti.
KIRISH
Hozirgi vaqtda jahon miqyosida korporativ boshqaruv sohasida jadal rivojlanish kuzatilmoqda. Bu tendensiya, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda kuchlidir. Iqtisodiy o'sish darajasi yuqori bo'lgan rivojlanayotgan mamlakatlarda aktsiyadorlar, boshqa manfaatdor tomonlar va umuman iqtisodiyot manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan kompaniyalarda korporativ boshqaruvdan foydalanishni rag'batlantirishga katta qiziqish bildirmoqda. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar korporativ boshqaruv kodeksini yaratish jarayonini osonlashtirish maqsadida korporativ boshqaruvning xalqaro standartlari va qoidalarini ishlab chiqdi. Aytishimiz mumkinki, korporativ boshqaruv xalqaro miqyosda standartlashtirilgan, kelishilgan, aniq belgilangan global tashkiliy tizimning muhim qismiga aylandi.
Mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi1Farmoni, 2017-yil 19-iyundagi “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni2, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi “Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni3 va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. SHunga ko‘ra, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “...korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish” va 2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini Innovatsion rivojlantirish strategiyasida “korporativ huquqni rivojlantirish va korporativ boshqaruvning zamonaviy tamoyillarini xalqaro tajribani inobatga olib joriy etish” bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi. Ushbu vazifalarning samarali hal etilishi bu borada muhim izlanishlarni olib borish va aksiyadorlik korxonalarida korporativ boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini zamonaviy xalqaro standartlar asosida takomillashtirish zarurligini taqozo etadi.
Korxonada boshqaruvdagi ishtirokchilar albatta zamonaviy korporativ boshqaruvni amalga oshirishga doir bilimlarni talab darajasida bilmasligi, ko‘nikma va malakalarga ega emasligi vaziyatli muammolarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun korxonalarga korporativ boshqaruvga oid chuqur bilimga, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashimiz va ular boshqaruv amaliyotida samarali faoliyatni amalga oshirishga qodir raqobatbardosh kadrlarni bo‘lishiga erishishimiz zamon talabidir. Ushbu talabdan kelib chiqqan holda, respublikamizda “5231900-Korporativ boshqaruv” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Oliy ta’lim sohasida ushbu kadrlarni tayyorlashda avvalom bor, korporativ boshqaruvga doir qonunchilik asoslarini, zamonaviy va samarali korporativ boshqaruv prinsiplarini hamda zamonaviy amaliyotni talab darajasida o‘rganishi, o‘zlashtirishi va malakaviy ko‘nikmalarni egallashiga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini amalga oshirish bo‘yicha malakaviy talablar belgilangan. Ushbu talablardan kelib chiqqan holda, “5231900-Korporativ boshqaruv” ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasida “Korporativ boshqaruv: prinsiplar, siyosat va amaliyot” fanini o‘qitilishi belgilangan. Ushbu belgilangan maqsad doirasida mualliflar 5231900-Korporativ boshqaruv ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun fanni chuqur o‘zlashtirishi barobarida ko‘nikma va malakalarini egallashida foydalanishlari uchun “Korporativ boshqaruv: prinsiplar, siyosat va amaliyot” nomli darslikni yaratdilar. Jumladan, ushbu darslikdan iqtisodiyot sohasining ta’lim yo‘nalishlaridagi bakalavrlar, mutaxassisliklaridagi magistrlar, boshqaruv sohasidagi ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va mutaxassislarga korporativ boshqaruvning prinsiplari, siyosati va amaliyotiga doir bilim va malakalarini oshirish uchun foydalanishlari ham maqsadga muvofiqdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirdagi ma’ruzasida yoshlarni o‘qitish va kasbga tayyorlash kabi masalalar bo‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirilishi haqida ma’lum qildi. Prezidentimizning ushbu ma’ruzasining mazmun-mohiyatini chuqur anglashimiz barobarida yoshlarni farovon yashashi uchun ular albatta yaxshi o‘qishlari, chuqur bilimlar olishlari, raqobatbardosh malakalarga ega bo‘lishlari kerak. Prezidentimiz “Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon hayotning, do‘stona hamkorlik esa – taraqqiyotning kafolatidir”4 deb ta’kidlab o‘tgan zamonaviy prinsipi ta’lim sohasida chuqur islohotlarni amalga oshirishga yo‘naltiradi. Yoshlarni ilmga intilishi kuchaytirish, tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish hozirgi zamon talabidir. Zamonaviy talablarni e’tiborga olish va Prezidentimiz tomonidan ta’lim sohasiga yoshlarga sifatli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish kabi belgilangan vazifalarni bajarishda ta’lim jarayonini yuqori sifatga ko‘tarish va bunda o‘quv, ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar ta’minotini sifatli bajarish maqsadga muvofiqdir. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda mazkur oʻquv qoʻllanma tayyorlanib, oʻquv qoʻllanma bakalavriaturaning “Korporativ boshqaruv” ta’lim yo‘nalishida, magistraturaning “5A231901–Korporativ boshqaruv” mutaxassisligida tahsil olayotgan talabalari va boshqaruv sohasidagi mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va doktorantlari uchun mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |