Намуна (Образец)


Korporativ boshqaruvning nazariy manbalari



Download 1,79 Mb.
bet5/122
Sana01.07.2022
Hajmi1,79 Mb.
#727165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 талаба учун

1.3. Korporativ boshqaruvning nazariy manbalari
Korporativ boshqaruvning zamonaviy konsepsiyasi mohiyatan ancha keng bo‘lib, bir paytning o‘zida tashkilotlardagi turli funksiyalarni, jumladan, menejment, moliya, hisob, biznes huquqi, biznes etikasi va iqtisodiyotini mujassamlashtiradi. Shuningdek, korporativ boshqaruv hisobdorlik, shaffoflik, oshkoralik, ijtimoiy mas’uliyat, halollik (soflik) kabi tamoyillar asosida boshqaruv organlari, aksiyadorlar va manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tashkil etadi va boshqaradi. Bundan tashqari, ushbu konsepsiya tashkilotlarni samarali boshqarish va nazorat qilish uchun tartib-qoidalar, siyosat, usullar va tarkibiy tuzilmalarni belgilab beradi.
Korporativ boshqaruvning mohiyatini yoritishda unga berilgan tushuncha izohlashimiz lozim. “Korporativ boshqaruv” tushunchasiga yagona ta’rif mavjud emas. O‘zbekiston iqtisodchi olimlarining ta’rifiga ko‘ra, korporativ boshqaruv biznesning tashkiliy-huquqiy rasmiylashtirilishi, tashkiliy strukturalarning optimallashuvini boshqarish, qabul qilingan maqsadlarga muvofiq kompaniyada ichki va tashqi firma munosabatlarini tashkil qilishdir.5 Jahon bankining ta’rifiga ko‘ra, korporativ boshqaruv - qonunchilik, me’yorlar va xususiy sektorning mos ravishdagi amaliyotining shunday birikmasi tushuniladiki, ular kompaniyaga moliyaviy va inson resurslarini jalb qilish, samarali faoliyatni olib borishga imkoniyat beradi va oqibatda aksiyadorlar, boshqa manfaatdor shaxslar va jamiyatning manfaatlariga rioya qilingan holda o‘z aksiyadorlari uchun uzoq muddatli iqtisodiy qiymatni ko‘paytirish orqali o‘zining mavjudligini saqlab qolishni ta’minlaydi.
“Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish halqaro tashkiloti”ning korporativ boshqaruv tamoyillarida “korporativ boshqaruv” tushunchasiga kompaniya ma’muriyati, uning boshqaruvi, aksiyadorlari va boshqa manfaatdor shaxslari orasidagi munosabatlar majmuasi deb ta’rif berilgan.
Boshqa ta’riflarga binoan, korporativ boshqaruv bu:

  • kompaniya faoliyati samaradorligini ta’minlash va mulkdorlar, hamda boshqa manfaatdor shaxslar (kompaniya xodimlari, kreditorlar, hamkor korxonalar) manfaatlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha kompaniya menejerlari va egalari (aksiyadorlari) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi;

  • korporativ mulkning egalari nazoratidan bevosita uzoqlashtirilishi oqibatida yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga qaratilgan barcha qonunlar, me’yorlar, nizomlar, tadbirlar va tartiblar;

  • kompaniyani samarali boshqarishni tashkil qilishda asosiy manfaatdor shaxslarning manfaatlarini birlashtirishni amalga oshiriluvchi tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy tadbirlar majmuasi.

Korporativ boshqaruv konsepsiyasining bunday keng qamrovliligi bois, bu borada yagona umumqabul qilingan atama mavjud emas (1.3.1-jadval).

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish