Nazorat savollari
Bitim deb qanday hujjatga aytiladi?
Bitim va shartnoma qanday farqlanadi?
Qanday bitim turlarini bilasiz.
O‘zbekistonda yirik bitimlarni tuzishishda qaysi qonunga tayanamiz?
Bitimni yirik bitim deb hisoblash uchun qanday shart belgilangan?
Bitimlar ro‘yxatini kim tuzadi?
Jamiyat yirik bitimni tuzishishda qanday qoidalarga amal qiladi?
Bitimning yirik bitim yoki shartnoma ekanligini aniqlash uchun qanday jarayon (protsedura)lar amalga oshiriladi?
Yirik bitimning predmetini nima tashkil etadi?
Kimlar jamiyatning affillangan shaxslari deb e’tirof etiladi?
XII BOB. Korporativ boshqaruv amaliyotida soliq va
bank tizimlari
12.1. Korporativ boshqaruv amaliyotida soliq tizimi
Soliq munosabatlarining shakllanishining asosiy shartlaridan biri - bu davlatning mavjudligi bo‘lsa, ikkinchi sharti bo‘lib soliqlarni to‘lashga qobil bo‘lgan soliq to‘lovchilarning mavjudligidir. O‘zbekiston soliqlar tizimi manbaiga qarab soliqlar yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga ajratiladi.
Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xo‘jalik yuritishi yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balansga va hisob-kitob varag‘iga ega bo‘lgan alohida bo‘linmalar ham tushuniladi. YUridik shaxslardan olinadigan soliqlarga hamma egri soliqlar, korxona daromadiga soliq, er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun, suv resurslaridan foydalanganlik uchun, ekologiya, savdo tashkilotlarini yalpi daromad solig‘i, er solig‘i, mol-mulk solig‘i, kichik biznes uchun yagona soliq va boshqalar kiradi. Ba’zi soliqlarni (QQS, aksiz) yuridik shaxslar ham jismoniy shaxslar ham to‘laydilar. Jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlarga daromadga soliq, er, mol-mulk soliqlari kiradi. Huquqiy shaxslardan olinadigan soliqlar davlat byudjeti daromadlarining hal qiluvchi qismini tashkil etadi. Bu soliqlarning muhim xususiyati naqd pulsiz shaklda korxonalar hisob (joriy) schyotlaridan byudjet schyotlariga ko‘chirib qo‘yiladi. Uni undirish oson va arzonga tushadi. Jismoniy shaxslardan olinadigan ba’zi soliqlar naqd pulga undirilganligi uchun uni to‘lash qiyin kechadi. Bunday soliqlarga er, mol-mulk soliqlari, va qator yig‘imlar kiradi. Soliq yig‘ish xarajati ko‘payib ketadi. CHunki, bu ish bilan maxsus tajribaga ega bo‘lgan inspektorlar shug‘ullanadi, hujjatlar (deklaratsiya, xabarnomalar, chaqiriqlar va boshqalar) ko‘p yoziladi.
YUqorida aytganimizdek, yuridik shaxslarning byudjetlarga to‘laydigan soliqlari to‘g‘ri va egri soliqlarga bo‘linadi. To‘g‘ri soliqlar daromad (foyda) soliqlari va resurslar soliqlaridan tashkil topadi. Egri soliqlar esa qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, bojxona bojidan iboratdir. YUridik shaxslarning bu soliqlari byudjet daromadlarini asosiy qismini tashkil etadi.
YUridik shaxslar soliqlari pul muomalasini mustahkamlashda ham katta ahamiyatga ega. To‘g‘ri soliqlar yuridik shaxslarning xarajatlarga mo‘ljallangan mablag‘larini qisqartirib muomalaga oz pullarni chiqarishga olib keladi. Egri soliqlar esa, tovarlar (ishlar, xizmatlar) tarkibida bo‘lib, baho hisobiga muomaladagi ortiqcha pullarni muomaladan oladi. SHunday qilib soliqlar pul muomalasini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Soliqlarning oshishi tovar (xizmat, ish) taklifini oshiradi, talabni kamaytiradi. Bu esa, pul emissiyasini kamaytiradi. Ammo taklifda real qiymati past bo‘lganligidan inflyasiyani paydo qilishi mumkin.
YUridik shaxslar o‘zlariga yuklatilgan soliqlarni hisoblash va byudjetga o‘z vaqtida, to‘liq to‘lash javobgarligini olganlar. Ularning to‘laydigan soliqlari asosan naqd pulsiz, ya’ni korxona, tashkilot, birlashmaning bankdagi hisob schyotlaridan mablag‘ni ko‘chirib, respublika yoki mahalliy byudjet schyotlariga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiradi. Qoida bo‘yicha har qanday yuridik shaxs o‘z soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni belgilangan vaqtda byudjetga to‘liq o‘tkazishga majburdirlar. Buning uchun ular soliq va boshqa to‘lovlarning muddati kelgan kungacha pullarni o‘tkazish hujjatlari bo‘lmish to‘lov topshirig‘i, cheklarni yozib banklarga topshirgan bo‘lishlari kerak.
Agar to‘lov topshiriqlari o‘z muddatida yozilib banklarga topshirilmagan bo‘lsa soliq idoralari o‘zlarining inkasso-to‘lov talabnomalari orqali undirib oladilar. Har bir o‘z vaqtida byudjetga o‘tkazilmagan kun uchun o‘tkazilishi kerak bo‘lgan soliq summasi hisobidan 0,07 foiz penya hisoblanib soliqqa qo‘shimcha ravishda byudjetga majburiy undiriladi. Albatta penya summasining ko‘payishi korxonananing moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Penya korxona uchun ortiqcha xarajatdir. SHuning uchun har qanday korxonalar hisobchilari soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ularda belgilangan to‘lov muddatigacha o‘z vaqtida to‘lab borishlari shart. Bunda ayniqsa bo‘nak (avans) to‘lovlarga ko‘proq e’tibor qaratilishi lozim.
YUridik shaxslarning hamma soliqlari naqd pulsiz to‘lanadi. Biroq, ayrim yig‘imlar (davlat va bojxona bojlari) naqd pulli bo‘lishi mumkin. YUridik shaxslar soliqlarini naqd pulsiz to‘lanishi juda katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Pul o‘tkazishlar tezlashadi, ijtimoiy xarajatlar tejaladi.
Umuman olganda mamlakatimiz soliq qonunchiligidan kelib chiqib soliqqa tortish nuqtai-nazaridan yuridik shaxslarni shartli ravishda quyidagicha guruhlashimiz mumkin:
Umumiy tartibda soliq to‘lovchi yuridik shaxslar.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar.
Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari.
Umumiy tartibda soliq to‘lovchi yuridik shaxslar quyidagi soliqlarni to‘laydi: daromad (foyda) solig‘i; qo‘shilgan qiymat solig‘i; aksiz solig‘i; mol-mulk solig‘i; er solig‘i; er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish uchun solig‘i.
YAgona soliq to‘loviga o‘tgan kichik korxonalar va mikrofirmalar quyidagi soliqlarni to‘laydi: yagona soliq to‘lovi; aksiz osti tovarlarini ishlab chiqargan holda aksiz solig‘i; er osti boyliklaridan foydalanganda er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari yagona er solig‘ini to‘laydi. SHuningdek yuqoridagi barcha yuridik shaxslar quyidagi yig‘imlar, boj to‘lovlari va boshqa majburiy to‘lovlarni ham to‘laydilar.
2022 yilda soliq stavkalari quyidagicha belgilangan: qo‘shilgan qiymat solig‘i (15 foiz), foyda solig‘i (15 foiz, ayrim toifalar uchun — 20 foiz), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (12 foiz), yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i (2 foiz), qishloq xo‘jaligi erlari uchun er solig‘i (0,95 foiz), ijtimoiy soliq (xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar — 12 foiz, byudjet tashkilotlari — 25 foiz) va aylanmadan olinadigan solig‘i (bazaviy stavka — 4 foiz) bo‘yicha stavkalar saqlanib qolinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |