Намуна (Образец)



Download 1,79 Mb.
bet53/122
Sana01.07.2022
Hajmi1,79 Mb.
#727165
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 талаба учун

1
















2
















...
















...
t
















n
















Jamiyat yillik hisobotni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida va Jamiyatning rasmiy veb-saytida Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilgandan keyin 2 (ikki) hafta davomida joylashtirish yo‘li bilan oshkor etishi shart. Jamiyat yirik bitim tuzishishda bu haqidagi axborotni ushbu tartibning ikkinchi ilovasiga muvofiq shakldagi 20-sonli “Emitent tomonidan yirik bitim tuzishilishi” muhim faktida oshkor etadi. (13.2.2-jadval)
Jamiyat tomonidan yirik bitim tuzishilgan sana muhim fakt yuz bergan vaqt bo‘lib hisoblanadi. Jamiyatning yirik bitimlariga doir hujjatlar Jamiyatning ichki hujjatlari hisoblanadi va Jamiyatning joylashgan erida saqlanadi. Jamiyatning yirik bitimlariga doir hujjatlar ular tuzishilgan moliyaviy yil tugagandan keyin Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni yakunlash sharti bilan 5 (besh) yil davomida saqlanadi. Jamiyatning yirik bitimlariga doir hujjatlar maxfiy axborot hisoblanadi.
Jamiyatda minoritar aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish va vakolatini oshirish maqsadida “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunda quyidagi tartib o‘rnatilgan:
Minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida jamiyatda ularning orasidan minoritar aksiyadorlarning qo‘mitasi tashkil etilishi mumkin. Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining tarkibiga nomzodlar bo‘yicha takliflar jamiyatga jamiyat kuzatuv kengashiga nomzodlar bo‘yicha takliflar kiritish uchun nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda kiritiladi. Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining a’zolarini saylashda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida hozir bo‘lgan va jamiyat kuzatuv kengashiga nomzodlar ko‘rsatmagan yoxud aksiyadorlarning o‘tkazilayotgan umumiy yig‘ilishida kuzatuv kengashiga nomzodlari saylanmagan aksiyadorlar ishtirok etadi. Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining tarkibiga jamiyatning direktori, boshqaruv a’zolari, shuningdek jamiyatning kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchisi etib) saylangan shaxslar kirishi mumkin emas.
11.3.2-jadval

1.

EMITENTNING NOMI

To‘liq




Qisqartirilgan




Birja tikerining nomi




2.

ALOQA MA’LUMOTLARI

Joylashgan yeri




Pochta manzili




Elektron pochta manzili




Rasmiy veb-sayti






3.

MUHIM FAKT TO‘G‘RISIDA AXBOROT

Muhim faktning raqami




Muhim faktning nomi

Emitent tomonidan yirik bitim tuzishilishi

Kontragentning F.I.SH. yoki to‘liq nomi




Kontragentning joylashgan yeri (pochta manzili)




Emitentning bitim bo‘yicha qaror qabul qilgan organi




Qaror qabul qilingan sana




Emitent sof aktivlarining bitim tuzishiladigan sanadan oldingi chorak yakunidagi qiymati (ming so‘mda)




Bitim summasi (so‘mda)




Bitimning emitent sof aktivlaridagi miqdori (%da)




Bitim tuzishilgan sana




Bitim turi




Bitim predmeti




Bitim bo‘yicha emitent kim hisoblanadi

Oluvchi

Begonalashtiruvchi


Ijroiya organi rahbarining F.I.SH.:________________________
Bosh buxgalterning F.I.SH.:________________________________
Veb-saytda axborot joylashtirgan
vakolatli shaxsning F.I.SH.:________________________________

Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining qarorlari oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining majlislari uning miqdor tarkibiga saylangan shaxslarning kamida to‘rtdan uch qismi hozir bo‘lganda vakolatlidir. Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasi a’zolarining soni jamiyat ustavida belgilanadi. Minoritar aksiyadorlarning qo‘mitasi qabul qilingan qarorlar to‘g‘risida har yili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida hisobot beradi. Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining raisi ushbu qo‘mita tarkibidan minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining a’zolari tomonidan ko‘pchilik ovoz bilan saylanadi. Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining raisi minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining vakolat doirasiga kiritilgan barcha masalalar bo‘yicha jamiyatning hujjatlaridan foydalanish huquqiga ega. Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining faoliyat ko‘rsatish tartibi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi. Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasi jamiyatning xo‘jalik faoliyatiga aralashishga haqli emas. Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining faoliyatiga jamiyat kuzatuv kengashining yoki ijroiya organining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.


Jamiyatning asosiy mulkdoriga tegishli aksiyalarning yig‘indisini sotib olgan shaxs bilan jamiyat o‘rtasida tuzishilgan bitimlar nazoratni egallash bo‘yicha bitimlar hisoblanadi. Jamiyatni umumiy oddiy aksiyalar hajmining 30 % va undan ko‘p miqdorini sotib olgan shaxslar (yoki affillangan shaxslari guruhi) jamiyat bilan nazoratni egallash bo‘yicha bitimlar tuzadilar. Aksiyalarning nazorat paketi korxona sarmoyasidagi korxona ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida va uning boshqaruv organlarida muayyan qarorlarni qabul qilish yoki undan voz kechishning so‘zsiz huquqini ta’minlovchi ishtirokning istalgan shaklini o‘zida namoyon qiladi. Boshqacha qilib aytganda, aksiyalarning nazorat paketi deganda bir mulkdorning qo‘lida jamlangan, aksiyadorlik jamiyati ustidan aniq nazorat qilish imkonini beruvchi aksiyalar ulushi tushuniladi.
Aksiyadorlik jamiyati nazorat paketiga ega bo‘lgan shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan boshqarilishi mumkin. Nazariy jihatdan olinganda, aksiyadorlik jamiyatida aksiyalar va aksiyadorlar sonidan kelib chiqib nazorat paketining holati belgilanadi. Masalan, xorijiy korporativ amaliyotida nazorat paketi “50 %+ 1 dona aksiya” talabi belgilanib, ushbu talab asosida aksiyador jamiyatning umumiy aksiyalar nominal qiymatiga nisbatan 50 %li aksiya va 1 dona aksiyaga ega shaxs yoki shaxslar guruhi jamiyatning nazorat paketiga ega hisoblanadi. Biroq amaliyotda u ko‘pincha aksiyalar umumiy sonining 20-30 foizini, ba’zan esa 5-10 foizi va hatto undan ham kam ulushini tashkil etadi. Chunki aksiyalarning bir qismi (imtiyozli aksiyalar) umuman ovoz berish huquqini bermaydi, kichik aksiyadorlar esa, odatda, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etishmaydi. O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga ko‘ra, aksiyalar nazorat paketining mavjud bo‘lishi to‘g‘risidagi qaror ta’sis hujjatlarining o‘ziga xos xususiyatlari va korxona sarmoyasining tarkibini inobatga olgan holda monopoliyaga qarshi organ tomonidan qabul qilinadi. O‘zbekistondagi korporativ amaliyotda kichik ulushga ega bo‘lgan aksiyador (minoritar aksiyador)lar qonuniy himoya qilinadi. Chunki nazorat paketiga ega bo‘lgan aksiyador minoritar aksiyadorlarning manfaatini o‘ylamaydi.
Manfaatli bitimlar – bu shunday bitimlarki, unda insayderlar ishtiroki bilan (bularga: Direktorlar kengashi a’zolari, Ijroiya organi a’zolari, yirik aksionerlar) yoki ular bilan bog‘langan shaxslar bilan tuzishiladi. Ayrim manfaatli bitimlar qonuniy maqsadlarga ega bo‘ladi va halollik bilan amalga oshiriladi, ayrimlarida esa aksi bo‘ladi. Lekin har qanday sharoitda ham bunday bitimlar alohida e’tiborga ega, chunki bunday bitimlar suiste’mollikda katta imkoniyatlar ega va biznes qiymatini pasaytirib yuboradi hamda aksionerlarni ularning mulkchik egaligidan mahrum etadi. Milliy qonunchiligimizda insayderlarni ishtirokiga qattiq qarshilik qiluvchi tartib (protsedura)lar o‘rnatiladi. Agar bunday bitimlar amalga oshirilishi kuzatilsa, u holda jamiyatda milliy qonunchilik asosida halollikni ta’minlashga qaratilgan harakatlar amalga oshiriladi. Manfaatli bitimlar jamiyat bilangina tuzilmaydi, balki jamiyatning direktorlari, menejerlari va yirik aksionerlari bilan ham tuzishiladi. Biroq bundan ham asosiy bo‘lgan guruh doirasi (xolding tuzilmalarda) mavjud, ushbu doirada bosh (materinskoy) va sho‘ba (dochernie) korxonalar o‘rtasidagi o‘ziga xoslik mavjud.
Qonunchilikka muvofiq salohiyatli manfaatdor shaxslar birinchidan, Direktorlar kengash a’zosi, bosh direktor, Ijroiya kengashining a’zolari va boshqaruvchi, aksioner bo‘lishi mumkin, ikkinchidan jamiyatning 20 foizli ovozga ega aksiyasiga egalik qiluvchi affilangan shaxs, jamiyatga ko‘rsatmalar berish huquqiga ega jismoniy va yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin.
Bunday bitimlarda Direktorlar kengash a’zosi, bosh direktor, Ijroiya kengashining a’zolari va boshqaruvchi, aksioner, affilangan shaxs, uning turmush o‘rtog‘i, ota-onasi, farzandlari, aka-uka va opa-singillari, farzandlikka olgan bolalari: manfaatdor tomondan yoki vositachi bo‘lishi mumkin; bitimda yoki manfaatdor shaxs, yoki vositachi, yoki vakil 20 va undan ortiq foizli aksiya (hissa, ulush)ga ega yuridik shaxs bo‘lishi mumkin; manfaatdor tomondan, yoki vositachi, yoki vakil tomondagi tashkilotda boshqaruv organida lavozimni egallagan shaxs bo‘lishi mumkin. Manfaatli bitimni ma’qullovchi mexanizm. Manfaatli bitimlarni Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi manfaatli bitimning predmeti–mulkning qiymati bitim tuzishilayotgan vaqtdagi buxgalteriya hisoboti bo‘yicha jamiyat aktivining balansli qiymatining 2 foiz va undan ortig‘ini tashkil etsa maqullaydi.



Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish