Jahon iqtisodiyotining globallashuvida transmilliy korporatsiyalarning roli.
Milliy darajadagi iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda transmilliy korporatsiyalarning mohiyati.
3.1. Transmilliy korporatsiyalarning funksiyalari Transmilliy korporatsiyaning strategik maqsadi foydani maksimallashtirish sharoitlarini halqaro iqtisodiy munosabatlar siyosatini shakllantirish orqali yaratishdan iboratdir. Mazkur omil integrallashgan halqaro ishlab chiqarish tizimini yaratishga imkoniyat beradi. BMT eskpertlarining baholashi bo‘yicha transmilliy korporatsiyalar xalqaro ishlab chiqarish tizimida 30 foiz ulushni tashkil etadi.
Transmilliy korporatsiya – bu xalqaro firma bo‘lib, u tashkil topgan mamlakatdan tashqari bir nechta mamlakatlarda filiallarga ega. TMK foydani hamda bozor hajmini maksimallashtirish natijasida oxirgi samarali natijaga ega bo‘lish maqsadida qarorlarni qabul qilishning yagona mexanizmi asosida filiallarni boshqaradi.
Transmilliy korporatsiyalarni tashkil etish orqali milliy sanoat korxonalari, bank va sug‘urta xizmatlari, boshqa xizmat ko‘rsatish soha korxonalarining xalqaro faoliyatini kengaytirishga erishiladi. Bunday korporatsiyalarni tashkil etish orqali milliy kompaniyalar xorijiy mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatishi, xorijiy kompaniyalar va firmalar, bank, sug‘urta va boshqa xizmat ko‘rsatish sohasidagi kompaniyalar bilan xalqaro aloqalarni o‘rnatishni soddalashtiradi. Transmilliy korporatsiya shunday xususiyatga egaki, unda boshqa mamlakatlardagi firmalar jalb etish orqali kapitalni qo‘shilishi, qo‘shma korxonalarni tashkil etilishi, xorijiy banklarning moliyaviy resurslarini jalb etish, xorijiy sanoat korxonalari va banklari bilan mustahkam uzoq muddatli aloqalarni o‘rnatilishi kabi ijobiy xususiyatlari mavjud.
Transmilliy korporatsiyalar quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
– ishlab chiqarish va kapitalni xalqaro miqyosda rivojlantirish;
– xalqaro mehnat taqsimotida milliy kompaniyalarning ishtirokini faollashtirish;
– rivojlangan davlatlarning investitsiyalarini jalb etish;
– mahalliy bozorlardagi mavjud talablar asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
– xalqaro miqyosda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish natijasida mahsulotning hayotiy siklini uzaytirish, ma’naviy eskirganda esa xorijiy filiallarga ishlab chiqarish uchun berilgan litsenziyalarni sotish;
– yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, ishbilarmon faollikni rivojlantirish;
– mamlakatga xorijiy kapitallarni kirib kelishi va hajmi oshishi;
– to‘lov balans holatini yaxshilanishi;
– aholi bandligini o‘sishi;
– TMK filiallaridagi ishchi va xizmatchilarning turmush darajasini oshishi;
– mahalliy kadrlarning malakalarini oshishi;
– mamlakat iqtisodiyotiga TMKlarni joriy etish orqali siyosiy islohotlarni o‘tkazishni rag‘batlantirish;
– mamlakatning eksport potensialini mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlarni jahon bozorlariga olib chiqish orqali yaxshilash.
Bir vaqtning o‘zida TMK salbiy jihatlarga ham ega, ya’ni:
– mamlakatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirishda aks ta’sir ko‘rsatishi;
– monopol narxlarni o‘rnatish, o‘z shartlarini qo‘yish, qabul qiluvchi mamlakatlarning qiziqishlarini cheklab qo‘yish;
– ustanovlenie monopolnыx sen, diktat usloviy, uщemlyayuщiy interesы prinimayuщix stran;
– xorijiy davlatlarga yuqori malakali kadrlarni ketib qolishi;
– ekologik ifloslantiruvchi ya’ni foydali qazilmalarni qayta ishlamasdan xom ashyo sifatida eskport qilinishi.
TMK bugungi kunda iqtisodiy va intellektual qudratli ko‘p tarmoqli kompaniya bo‘lib, tashkiliy filialli tizimdan iborat, yuqori darajada markazlashgan, bunday korporatsiyalarga xalqaro hududiy va tarmoqli kapitalning harakati xosdir. Bir tomondan ushbu korporatsiyalar xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantiradi, boshqa tomonda esa bunday aloqalarga ta’sir ko‘rsatadi. TMKlarning faoliyati iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohlaraga ham ijobiy, ham salbiy ta’sirlar ko‘rsatadi.