3.2. Jahon iqtisodiyotini globallashuvida transmilliy
korporatsiyalarning roli
Transmilliy korporatsiya (TMK) – bu aksionerlik yoki xususiy kompaniya bo‘lib, u bosh kompaniya va uning filiallarini o‘z ichiga oladi. Ushbu ta’rifdan kelib chiqqan holda, ikki yoki undan ortiq mamlakatda o‘zining filialiga ega bo‘lgan barcha kompaniyalar TMK kategoriyasiga kiradi. TMK egallash ko‘lami bo‘yicha quyidagi shakllarga ega:
Multimilliy kompaniya - dunyoning turli xil mamlakatlarida o‘zining bo‘linmalariga ega kompaniya bo‘lib, ular o‘zining biznes strategiyasini mahalliy bozor xususiyatidan kelib chiqqan xolda tashkil etadi.
Global kompaniya - bu kompaniya dunyoning hamma mintaqalaridagi faoliyatini bir xil standart asosida tashkil etishga harakat qiladi.
Halqaro kompaniya - bu kompaniya ham global kompaniyalarga tegishli bo‘lib hisoblanadi.
Jahon iqtisodiyotida zamonaviy TMKlarning xarakterli belgilari quyidagilar hisoblanadi:
Ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyatining katta qismini bosh shtab-kvartira joylashgan, mamlakat iqtisodiy makoni chegarasidan tashqariga olib chiqadi.
Turli davlatlarda filiallar, sho‘ba va assotsiatsiyalangan kompaniyalarning katta tarmog‘ini tashkil etadi.
Iqtisodiy faoliyatni samarali bashoratlash va rejalashtirish sharoitida tashqi va ichki investitsion oqimlarni boshqaradi.
Kapitallar, ishchi kuchi, axborot transferining firma ichkarisidagi kanallarining ko‘pligi.
Ishlab chiqarish quvvatlarini va servis markazlarini jahonning turli hududlariga bo‘lib-bo‘lib joylashtirish (diversifikatsiyalash) bunday korporatsiyalarga halqaro mexnat taksimoti shartlari va ichki milliy bozor xususiyatlaridan kelib chiquvchi ustunliklardan foydalanish hisobiga katta daromad olish imkoniyatini beradi.
Transmiyllik korporatsiyalarning soni Milliy kompaniyani halqaro kompaniyaga aylanishiga konkret misol sifatida «Elektrolyuks» guruhini keltirish mumkin. «Elektrolyuks» elektr uskunalarni ishlab chiqish va ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi ikki shved firmasining qo‘shilishi natijasida 1912-yilda tashkil etilgan. 50-yillarda bu kompaniya avval SHvetsiyada, so‘ngra boshqa Skandinaviya mamlakatlarida ham etakchi mavqega ega bo‘ldi. Tayyorlanayotgan mahsulotlar nomenklaturasini uzluksiz kengaytirib borgan holda kompaniya G‘arbiy Evropada savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari tarmog‘ini yaratishga kirishdi. 80-yillarda «Elektrolyuks» o‘z tuzilmasiga AQSHning («Uayt Konsolideytid» elektr uskunalari ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakatda 3-o‘rinda turadi), Germaniyaning («AEG»), Italiyaning («Zanussi») kabi bir necha yirik kompaniyalarini qo‘shib oldi. Hozirgi paytda jahonning 75 mamlakatida uning bo‘limlari mavjud, bu TMKning personali 110 ming kishidan ortiq, yillik aylanmasi 16 mlrd. dollardan oshadi.
BMT ekspertlarining fikricha, transmilliy korporatsiyalar (TMK) «jahon iqtisodining dvigatellaridir». BMTning transmilliy korporatsiyalar haqidagi dokladlaridan biri xuddi shunday deb nomlangan edi. 1990-yillarning o‘rtalariga kelib jahonda 40 mingta TMK mavjud edi. Ular o‘z davlatlaridan tashqarida 250 mingga yaqin shoʻba korxonalarini nazorat qilardi. Ularning soni oxirgi yigirma yil mobaynida 5 barobarga ko‘paydi (1970-yilda 7ming ta bunday firma ro‘yxatga olingan edi).
100 ta eng yirik halqaro kompaniyalarning 40% mulki (shu jumladan, moliyaviy mulki) boshqa davlatlar hududida joylashgan. Transmilliy korporatsiyalarning asosiy qismi AQSH, EI davlatlari va Yaponiyada joylashgan. TMK jahon sanoat ishlab chiqarishining 40%igacha, halqaro savdoning yarmini nazorat qiladilar. TMK korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning miqdori yiliga 1 trln. dollardan oshib ketadi. Ularda 73 mln.dan ortiq kishi ya’ni jahonda band aholining undan bir qismi ishlaydi .
Transmilliy korporatsiyalar ichida eng ko‘p xorijiy aktivga (moliya sektori-transmilliy banklardan tashqari) “Angliya-Gollandiya” konserni, «Royal-Datch shell» kompaniyasi, keyin AQSHning 4 ta kompaniyasi: «Ford», «Jenerat motore», «Ekson» va «IBM» kompaniyalardir.Ko‘p TMKlarning iqtisodiy qudrati davlatning o‘rta miqdori bilan taqqoslanadi. Masalan, Amerikaning «Djeneral motors» korporatsiyasining sotish hajmi orqali Shveysariya, Avstriya va Shvetsiya kabi davlatlarning YAIM hajmini oshiradi. 2007 yilda ushbu mamlakatlar jahon eskport hajmini 1,5 baravarga oshirgan.11
Ko‘pmilliy korporatsiyalar (KMK) – ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqotchilik asosida bir necha davlat milliy korporatsiyalarini birlashtiruvchi halqaro korporatsiyadir. Bunga 1907-yildan buyon mavjud bo‘lgan Angliya-Gollandiya davlatlarining «Royal-Datch shell» konsernini ko‘rsatish mumkin. Bu kompaniyaning hozirgi kapitali 60:40 nisbatda taksimlangan. Ko‘pmilliy korporatsiyalarga mashinasozlik, lectron injeneriyaga ixtisoslashgan, Evropada mashhur Shveyesariya-Shvetsiya AVV (AseaBrownBovery) kompaniyasini ko‘rsatish mumkin. Evropaning ilgʻor ko‘pmilliy korporatsiyalari qatoriga Angliya-Gollandiya kimyo texnologiya konserni «Yunilever»ni ham qo‘shish mumkin.
Dunyoda transmilliy korporatsiyalarning soni 1985-yilda 12 mingga, 1990-yillarning oxirida 60 mingtaga etgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib 82 mingta TMK bo‘lib, ular 810 mingta filiallarga egadir.12 TMKlar hissasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning 90 foizi, yangi texnikaga patent va litsenziyalarning 80 foizi, tashqi savdo aylanmasining 63 foizi va jahon sanoat ishlab chiqarishining taxminan 40-50 foizi to‘g‘ri keladi. 2000-yilga kelib dunyoda 63 ming dona TMK va ularning filiali esa 690 ming tadan ortiqni tashkil etdi. TMKlar utgan asrning 80-yillarini oxiriga kelib jahon bozorini xom ashyo, tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlovchi asosiy korxonalarga aylandi. Amerikaning ishbilarmonlar jurnali Forbes 2016 yakunlariga ko‘ra dunyodagi 2 mingta eng yirik TMKlar reytingini e’lon qilgan.13 Ushbu reytingda to‘rt yildan uyon Xitoyning “ICBC” banki liderlikni egallab turganligi qayd qilingan. SHuningdek, oldingi uchta qatorni ham Xitoyning 3 ta banki – CHina Sostrustion Bank, Agrisultural Bank of CHina va Bank of China kabi banklar egallagan. Top-10talikka amerikalik Berkshire Nathavay Uorrena Baffetta, JP Morgan CHase va Exxon Mobil neft va gaz korporatsiyasi, Xitoyning PetroCHina korporatsiyasi hamda Amerikaning General Elektrik korporatsiyasi kiritilgan. Ro‘yxatga Rossiyaning 25 ta kompaniyasi kiritilgan. Ushbu 2000 ta yirik korporatsiyalar 2016-yildagi umumiy faoliyati natijasida 35 trl.dollarlik hajmda daromad, 2.4 trl.dollar hajmda foyda ko‘rgan. Ular 163 trl.dollarlik aktivlarni boshqarishadi, bozor kapitallashuvi esa 44 trln.dollarni tashkil etadi. 2016-yilda ro‘yxat geografiyasi 63 ta mamlakatni qamrab olgan. Reytingda eng ko‘p AQSH kompaniyalari bo‘lib, ular 587 tani tashkil etadi, Yaponiyaning 219 ta va Xitoyning 200 ta kompaniyalari o‘rin egallagan.
Jahondagi yirik korporatsiyalarning ro‘yxatini tuzishishda, asosan, 4 ko‘rsatkichdan, ya’ni daromad, foyda, aktivlar va bozor qiymati (kapitallashuv) kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. 2017-2018 yillardagi dunyodagi TOP-100 talik eng yirik TMKlar ro‘yxati yuqorida qayd etilgan ko‘rsatkichlar asosida quyidagi jadvalda aks ettirildi: (3.2.1-jadval)
Do'stlaringiz bilan baham: |