Намуна (Образец)


-MAVZU. KORPORATIV BOSHQARUVDA BITIMLAR VA ULARNI



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/113
Sana11.03.2022
Hajmi1,73 Mb.
#490359
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   113
Bog'liq
1 - NAZARIYA VA AMALIYOTDA KB

11-MAVZU. KORPORATIV BOSHQARUVDA BITIMLAR VA ULARNI 
TUZISH TARTIBI 
 
11.1. Yirik bitimlar tushunchasi, predmeti va jamiyatda 
yirik bitim tuzish tartibi 
Jamiyat tomonidan mol-mulkni olish yoki uni boshqa shaxsga berish yoxud 
mol-mulkni boshqa shaxsga berish ehtimoli bilan bog‘liq bitim (shu jumladan 
qarz, kredit, garov, kafillik) yoki o‘zaro bog‘langan bir nechta bitim, agar boshqa 
shaxsga berilayotgan mol-mulkning yoki olinayotgan mol-mulkning balans 
qiymati bunday bitimlarni tuzish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinayotgan sanada 
jamiyat sof aktivlari miqdorining o‘n besh foizidan ortig‘ini tashkil etsa, yirik 
bitim deb hisoblanadi, kundalik xo‘jalik faoliyatini yuritish jarayonida tuziladigan 
bitimlar hamda aksiyalarni va boshqa qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish bilan 
bog‘liq bo‘lgan bitimlar bundan mustasno.
34
Jamiyatning yirik bitimi predmeti 
bo‘lgan mol-mulkning bozor qiymati deganda mol-mulkning eng ehtimol tutilgan 
narxi tushunilib, ushbu qiymat bo‘yicha mazkur mol-mulk ochiq bozorda 
bitimning taraflari barcha zarur axborotga ega bo‘lgan holda o‘z manfaatlari 
yo‘lida oqilona va ixtiyoriy ravishda harakat qiladigan raqobat sharoitida boshqa 
shaxsga berilishi mumkin, bitim narxining baland-pastligida esa biror-bir 
favqulodda holatlar, shu jumladan taraflardan birining ushbu bitimga qo‘shilish 
majburiyati aks etmaydi. Jamiyat mol-mulkining bozor qiymatini aniqlash uchun 
bitimning taraflari tomonidan baholovchi tashkilot jalb etilishi mumkin. 
Yirik bitim tuzish tartibi. 
Balans qiymati yoki olish qiymati bitim tuzish 
to‘g‘risida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlar miqdorning 15 
foizidan 50 foizgachasini tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish 
to‘g‘risidagi qaror jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari tomonidan bir ovozdan 
qabul qilinadi, bunda kuzatuv kengashidan chiqib ketgan a’zolarning ovozi 
inobatga olinmaydi. 
34
Ўзбекистон Республикаси “Акциядорлик жамиятлари ва акциядорларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш 
тўғрисида”ги қонуни. 26.04.1996 й. №223-I-сонли қонун. 83-модда. // манба: lex.uz 


126 
Yirik bitim tuzish masalasi bo‘yicha jamiyat kuzatuv kengashining 
yakdilligiga erishilmagan taqdirda yirik bitim tuzish to‘g‘risidagi masala kuzatuv 
kengashining qaroriga ko‘ra aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hal qilishi uchun 
olib chiqilishi mumkin. Balans qiymati yoki olish qiymati bitim tuzish to‘g‘risida 
qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining ellik foizidan 
ortig‘ini tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish to‘g‘risidagi qaror 
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. 
Yirik bitim jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi yoki kuzatuv 
kengashi ushbu bitim bo‘yicha qaror qabul qilganidan keyin jamiyatning ijroiya 
organi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda yirik bitim tuzish to‘g‘risidagi qaror 
mol-mulkning qonun hujjatlariga muvofiq baholovchi tashkilot tomonidan 
belgilangan bozor qiymati hisobga olingan, mustaqil tashqi auditorlik tashkiloti 
tomonidan bitimning shartlari o‘rganilgan holda majburiy tartibda qabul qilinadi. 
Mazkur talablar buzilgan holda tuzilgan yirik bitim sud qaroriga ko‘ra haqiqiy 
emas deb topilishi mumkin. 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish