Намуна (Образец)



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/113
Sana11.03.2022
Hajmi1,73 Mb.
#490359
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   113
Bog'liq
1 - NAZARIYA VA AMALIYOTDA KB

Nazorat savollari 
1.
Jamiyatini qayta tashkil etish qanday amalga oshiriladi? 


97 
2.
Jamiyatlarni qoʻshib yuborish qanday amalga oshiriladi? 
3.
Jamiyatni
qoʻshib olish qanday amalga oshiriladi? 
4.
Yuridik shaxslar qo‘shib yuborilgan taqdirda ularning har biriga tegishli barcha 
huquq va majburiyatlar kimga hamda qaysi hujjatga muvofiq o‘tadi? 
5.
Jamiyatni bo‘lish qanday amalga oshiriladi? 
6.
Jamiyatni ajratib chiqarish qanday amalga oshiriladi? 
7.
Jamiyatni o‘zgartirish qanday amalga oshiriladi? 
8.
Jamiyatni tugatish qanday tartibda amalga oshiriladi?
9.
Tugatilayotgan 
jamiyatning 
mol-mulki 
aksiyadorlar 
o‘rtasida qanday 
taqsimlanadi? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


98 
9-MAVZU. O‘ZBEKISTONDA KORPORATIV BOSHQARUV 
AMALIYOTINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI 
 
9.1. Korporatsiyalarning integratsion rivojlanish
strategiyalari 
O‘z oldiga integratsiyalanishni maqsad qilib qo‘ygan korporatsiya 
integratsion 
strategiyasining 
belgilangan 
bosqichlarini 
amalga 
oshiradi. 
Yiriklashtirilgan tarzda korporatsiyalar rivojlanishining integratsion strategiyasi 
uch bosqichga taqsimlanadi: 
Birinchi bosqich
- tashkiliy loyihalashni ifodalaydi, bu erda integratsiya 
haqida qaror qabul qilinadi, strategiyalar ishlab chiqiladi, amalga oshirish 
jarayonlari rejalashtiriladi. 
Ikkinchi bosqichda
- ishlab chiqilgan rejalar va chora-tadbirlar asosida 
loyihani amalga oshirish ko‘zda tutiladi va integratsiya jarayoni amalga oshiriladi. 
Korporatsiya tarkibiga kiradigan kompaniyalar yoki korporatsiyalarni tashkiliy 
strukturasi o‘zgaradi, ishlab chiqarish va boshqaruv aloqalarining bir holatdan 
boshqa holatga o‘tishi ro‘y beradi.
Uchinchi bosqichda
- (integratsiya faoliyati monitoringi) o‘zgartirilgan 
korporatsiya faoliyati kuzatib boriladi va nazorat qilinadi, qilingan ishlarga yakun 
yasaladi va natijalar baholanadi, integratsiyaga iqtisodiy baho beriladi.
Integratsiya jarayonlari turli yo‘nalishdagi xarakterga ega bo‘ladi, ya’ni: 

o‘z manbalari hisobiga faoliyatni kengaytirish qo‘shimcha emissiyalarni, 
aksiyalar garovi asosida kreditlashni, ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan 
aksiyalar strukturasidagi o‘zgarishlarni, fond bozorining hosila vositalaridan 
foydalanish va hokozolar talab qiladi; 

ratsionallashtirishda korporatsiyani rivojlantirish dasturiga muvofiq aktivlar 
salohiyatini ranglarga ajratish ko‘zda tutiladi va ularni ahamiyati darajasi 
bo‘yicha kompaniyalarga tarqatish amalga oshiriladi. Buning natijasida 
moliyaviy xolding munosabatlari yuzaga keladi, ya’ni ustuvor rang darajasiga 


99 
kirmagan 
biznes-loyiha 
odatda 
yuridik 
shaxsni 
tashkiliy-huquqiy 
rasmiylashtirish shartlarida korporatsiya doirasida qolib ketadi. 
Korporativ biznesning mavjud integratsiya shakllari turlicha bo‘lib, ularni 
gorizontal integratsiyalashgan, vertikal integratsiyalashgan va konglomerat tipdagi 
korporatsiyalarni alohida ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Gorizontal 
integratsiyalash natijasida vujudga keladigan korporativ tuzilmalar bitta tarmoq 
korxonalarining birlashtirish tendensiyasini aks ettiradi.
Dastlab kapital markazlashuvi bir erga jamlanishi xo‘jalik sub’ektlarini, 
jumladan, bir xil turdagi strukturalarni birlashtirish hisobiga qo‘shimcha kapital 
jalb qilish yo‘li bilan mustahkamlashda o‘z aksini topadi. Gorizontal integratsiya 
bitta tarmoqdagi bir xil ishlab chiqarish tavsifnomasiga ega bo‘lgan kapitallar 
birlashuvini aks ettiradi, u O‘zbekistonda hozirgi kun sharoitlarida o‘z ahamiyatni 
yo‘qotmagan. Iqtisodiyotda gorizontal integratsiyaning imkoniyatlari hali batamom 
foydalanib bo‘linmagan. Bu ko‘plab tarmoqlarda kapitalning bir erda joylashuv 
darajasi etarli emasligi, bir xil turdagi mahsulot ishlab chiqarish va sotish 
sohalarining 
rivojlanishi 
yakunlanmaganligi 
natijasidir. 
Gorizontal 
integratsiyalashgan strukturalarga umumiy boshqaruv asosida birlashish shakli xos. 
Gorizontal aloqalarning bu tizimida alohida korporativ tuzilmalar yirik bir 
tuzilmaning tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Rivojlanishning ma’lum bir bosqichida kapitalning jamlanish tendensiyasi 
bir-biri bilan texnologik jihatdan bog‘liq ishlab chiqarishlarga tarqaladi. Bu holat 
vertikal integratsiyaning rivojlanishida o‘z aksini topadi. Vertikal integratsiya 
deganda keng ma’noda korporativ tuzilmalar xo‘jalik sub’ektlarining o‘zaro 
aloqalari tushuniladi, shu tariqa, bir sub’ektning mahsulotlari boshqa sub’ekt uchun 
xomashyo hisoblanadi. YA’ni, korporatsiyaning ishlab chiqarish funksiyalarini 
amalga oshirishi texnologik jihatdan murakkab tovar va xizmatlarni ishlab chiqish 
va bozorga samarali olib chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan, ketma-ketlikdagi tashkiliy 
usullar asosida ta’minlanadi. Vertikal integratsiyada o‘z mahsulotini bosh 
kompaniyaga etkazib beruvchi turli pog‘onadagi subpudratchilar ierarxiyasidan 


100 
tashkil topadi: tayyorlash (qazib chiqarish), qayta ishlash (ishlov berish), yakuniy 
mahsulot ishlab chiqarish, uni sotish. 
Ushbu turdagi integratsiyaning negizida ishlab chiqarish jarayonlarining bir–
biri bilan texnologik bog‘liqligi yotadi. Vertikal integratsiyada tashkil etiladigan 
birlashmalarni mahsulotni ishlab chiqish va bozorga samarali chiqarishning 
tashkiliy-boshqaruv, moliya -xo‘jalik usullari sifatida tavsiflash mumkin. 
Vertikal integratsiya asosiy mahsulotlar ishlab chiqarish bilan uyg‘unlikda 
xomashyo ishlab chiqarishni qamrab olish yo‘nalishida rivojlanishi mumkin. 
Ishlab chiqarish amaliyotida u ba’zida yuqoriga yo‘nalgan integratsiya deb ham 
ataladi. Masalan, alyuminiy sanoatida: alyuminiy oksidi va boksitlar qazib olish, 
metall ishlab chiqarish; shina ishlab chiqarishda: kauchuk plantatsiyasi, shina 
zavodi; neft sanoatida: neft qazib olish, neftdan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish 
va shu kabilar. Agar, vertikal integratsiyaning rivojlanishi sotuv tizimini qamrab 
olish yo‘nalishida bo‘lsa – pastga yo‘nalgan integratsiya deyiladi. Bunga misol 
qilib, neft sanoatida benzin ishlab chiqarish va avtomobillarga yoqilg‘i quyish 
stansiyalari ishga tushirishni keltirish mumkin. 
Vertikal 
integratsiya 
uning 
asosida 
tashkil 
etiladigan 
korporativ 
strukturalarga sezilarli afzalliklar taqdim etadi: birinchidan, mahsulotning 
murakkab ishlab chiqarish sikllari bo‘yicha harakatlanishida iqtisodiy yutuqqa 
erishiladi; ikkinchidan, butlovchi qismlarni taklif qilish natijasida har bitta ishlab 
chiqarish siklida mos keluvchi axborot olish zarurati bilan bog‘liq noaniqliklar 
kamayadi; uchinchidan, iqtisodiyotning bir sektoridagi risklarni boshqa sektorlarga 
qaytataqsimlash imkoniyati paydo bo‘ladi; to‘rtinchidan, transaksiya xarajatlari 
kamayadi; beshinchidan, ko‘plab qo‘shimcha natijalar olinadi (qo‘shimcha 
axborotga ega bo‘lish, soliqlardan tejab qolish va h.k.). Vertikal integratsiya butun 
texnologik zanjir bo‘ylab risklarni qayta taqsimlash imkonini beradi. 
Konglomerat birlashmalar ham ancha keng tarqalgan bo‘lib, ular texnologik 
jihatdan bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish 
bo‘yicha tuzilmalar bilan ifodalanadi. Diversifikatsiyalangan korporativ 
tuzilmaning (konglomerat) iqtisodiy yutug‘i, avvalo, turli tarmoqlarning kapital 


101 
aylanmasidagi farqdan iborat. SHu tufayli mablag‘larning pasayish bosqichida 
turgan ishlab chiqarish tarmoqlaridan ko‘tarilish bosqichida
g
i ishlab chiqarishlarga 
yo‘naltirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Diversifikatsiya mavsumiy tebranishlarga 
bardosh berishga yordamlashadi, foydalanilmagan ishlab chiqarish quvvatlari 
hisobiga kuchli ekspansiya manbasi bo‘lib xizmat qiladi, o‘z resurslarini qayta 
yo‘naltirish yo‘li bilan kapitalni yangilashga imkon beradi, raqobat kurashi bilan 
bog‘liq xarajatlarni kamaytiradi. Bunday strategiyani amalga oshirar ekan, 
kompaniya yangi tovarlar ishlab chiqaradi, yangi bozorlar tomon yo‘nalib, o‘z 
tarmog‘i va uning uchun an’anaviy bo‘lgan biznes doirasidan chetga chiqadi. 
Konglomerat kapital va mulkning birlashish jarayonini aks ettiradi, bu esa o‘ziga 
xos yopiq kapitallar bozori bo‘lib, diversifikatsiyalangan faoliyat turlaridan pul 
mablag‘larining bir erga jamlanishi ro‘y beradi. Eng samarali loyihalarga 
yo‘naltiriladigan pul mablag‘lari va diversifikatsiyalangan aktivlarni boshqarish 
bo‘yicha umumiy markaz tashkil etiladi. Bu vaziyatda, xo‘jalik amaliyoti 
tajribasining ko‘rsatishicha, muvofiqlashtiruvchi markaz konglomerat a’zolariga 
doim ham zaruriy ta’sir ko‘rsata olmaydi. Ko‘proq tarkibiy bo‘linmalarning o‘zida 
foydani qayta investitsiyalash jarayoni boradi, ya’ni etakchi bo‘g‘inning alohida 
strukturalarga ta’sir darajasi o‘z chegaralariga ega hisoblanadi. Konglomerat 
tashkiliy strukturasi doim ham resurslarni oqilona taqsimlashga imkon 
beravermaydi. 
Integratsiya jarayonlari orasida uchta asosiy birlashmalar turlarini ajratib 
ko‘rsatish mumkin: mulkiy munosabatlar asosida integratsiya; resurslar va 
xizmatlar ustidan nazoratni bir erga jamlash asosida integratsiya; struktura 
qatnashchilarining ayrim hokimlik vakolatlarini ko‘ngilli markazlashtirish asosida 
integratsiya. 
Birinchi turdagi birlashmalar doirasida birinchi navbatda, klassik xoldinglar 
ajralib turadi. Bunda korxonalar mulkining rasmiy huquqlar nazorat paketi bosh 
kompaniyada bo‘ladi. Xoldingdan tashqari, bu guruhga MSG, konsern, 
konsorsium, trest kiradi. Uchinchi turdagi birlashmalar ma’lum ma’noda bundan 


102 
oldingi korporativ tuzilmalarga xos bo‘lgan vositalardan foydalanish bilan 
tavsiflanadi. Bu qatorga konsern, MSG, konsorsium, sindikat va trestlar kiradi. 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish