Намуна (Образец)



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/113
Sana11.03.2022
Hajmi1,73 Mb.
#490359
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   113
Bog'liq
1 - NAZARIYA VA AMALIYOTDA KB

 
 
 
 
Nazorat savollari
1.
Korporativ boshqaruvning qanday modellari mavjud? 
2.
Korporativ boshqaruvning Ingliz-amerika modeli qanday xususiyatlarga ega? 
3.
Korporativ boshqaruvning yapon modeli qanday xususiyatlarga ega? 
4.
Korporativ boshqaruvning nemis modeli qanday xususiyatlarga ega? 
5.
Korporativ boshqaruvning o‘zbek modeli qanday xususiyatlarga ega? 
6.
Korporativ boshqaruv modellarining qanday farqli jihatlari mavjud? 
7.
Qaysi modelda investorlar eng asosiy ishtirokchi hisoblanadi? 
8.
Qaysi model unitar model hisoblanadi va uning bunday nomlanishiga qanday 
sabab mavjud? 
9.
Qaysi model ikki pog‘onali (insayderlik) model hisoblanadi va bunga qanday 
sabab mavjud? 
10.
Qaysi model tarmoqli model hisoblanadi va unda asosiy ishtirokchi kimlar 
hisoblanadi? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


34 
3 -MAVZU. GLOBALLASHUV SHAROITIDA TRANSMILLIY 
KORPORATSIYALAR
 
3.1. Transmilliy korporatsiyalarning funksiyalari 
Transmilliy korporatsiyaning strategik maqsadi foydani maksimallashtirish 
sharoitlarini halqaro iqtisodiy munosabatlar siyosatini shakllantirish orqali 
yaratishdan iboratdir. Mazkur omil integrallashgan halqaro ishlab chiqarish 
tizimini yaratishga imkoniyat beradi. BMT eskpertlarining baholashi bo‘yicha 
transmilliy korporatsiyalar xalqaro ishlab chiqarish tizimida 30 foiz ulushni tashkil 
etadi.
Transmilliy korporatsiya – bu xalqaro firma bo‘lib, u tashkil topgan 
mamlakatdan tashqari bir nechta mamlakatlarda filiallarga ega. TMK foydani 
hamda bozor hajmini maksimallashtirish natijasida oxirgi samarali natijaga ega 
bo‘lish maqsadida qarorlarni qabul qilishning yagona mexanizmi asosida filiallarni 
boshqaradi. 
Transmilliy korporatsiyalarni tashkil etish orqali milliy sanoat korxonalari, 
bank va sug‘urta xizmatlari, boshqa xizmat ko‘rsatish soha korxonalarining 
xalqaro faoliyatini kengaytirishga erishiladi. Bunday korporatsiyalarni tashkil etish 
orqali milliy kompaniyalar xorijiy mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatishi, xorijiy 
kompaniyalar va firmalar, bank, sug‘urta va boshqa xizmat ko‘rsatish sohasidagi 
kompaniyalar bilan xalqaro aloqalarni o‘rnatishni soddalashtiradi. Transmilliy 
korporatsiya shunday xususiyatga egaki, unda boshqa mamlakatlardagi firmalar 
jalb etish orqali kapitalni qo‘shilishi, qo‘shma korxonalarni tashkil etilishi, xorijiy 
banklarning moliyaviy resurslarini jalb etish, xorijiy sanoat korxonalari va banklari 
bilan mustahkam uzoq muddatli aloqalarni o‘rnatilishi kabi ijobiy xususiyatlari 
mavjud.
Transmilliy korporatsiyalar quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
– ishlab chiqarish va kapitalni xalqaro miqyosda rivojlantirish; 
– xalqaro mehnat taqsimotida milliy kompaniyalarning ishtirokini 
faollashtirish;


35 
– rivojlangan davlatlarning investitsiyalarini jalb etish; 
– mahalliy bozorlardagi mavjud talablar asosida ishlab chiqarishni yo‘lga 
qo‘yish; 
– xalqaro miqyosda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish natijasida 
mahsulotning hayotiy siklini uzaytirish, ma’naviy eskirganda esa xorijiy filiallarga 
ishlab chiqarish uchun berilgan litsenziyalarni sotish;
– yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, ishbilarmon faollikni rivojlantirish;
– mamlakatga xorijiy kapitallarni kirib kelishi va hajmi oshishi; 
– to‘lov balans holatini yaxshilanishi; 
– aholi bandligini o‘sishi; 
– TMK filiallaridagi ishchi va xizmatchilarning turmush darajasini oshishi; 
– mahalliy kadrlarning malakalarini oshishi; 
– mamlakat iqtisodiyotiga TMKlarni joriy etish orqali siyosiy islohotlarni 
o‘tkazishni rag‘batlantirish; 
– mamlakatning eksport potensialini mahalliy ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarni jahon bozorlariga olib chiqish orqali yaxshilash. 
Bir vaqtning o‘zida TMK salbiy jihatlarga ham ega, ya’ni: 
– mamlakatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirishda aks ta’sir ko‘rsatishi; 
– monopol narxlarni o‘rnatish, o‘z shartlarini qo‘yish, qabul qiluvchi 
mamlakatlarning qiziqishlarini cheklab qo‘yish;
– ustanovlenie monopolnыx sen, diktat usloviy, uщemlyayuщiy interesы 
prinimayuщix stran; 
– xorijiy davlatlarga yuqori malakali kadrlarni ketib qolishi;
– ekologik ifloslantiruvchi ya’ni foydali qazilmalarni qayta ishlamasdan 
xom ashyo sifatida eskport qilinishi. 
TMK bugungi kunda iqtisodiy va intellektual qudratli ko‘p tarmoqli 
kompaniya bo‘lib, tashkiliy filialli tizimdan iborat, yuqori darajada markazlashgan, 
bunday korporatsiyalarga xalqaro hududiy va tarmoqli kapitalning harakati xosdir.
Bir tomondan ushbu korporatsiyalar xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantiradi, 
boshqa tomonda esa bunday aloqalarga ta’sir ko‘rsatadi. TMKlarning faoliyati 


36 
iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohlaraga ham ijobiy, ham salbiy ta’sirlar ko‘rsatadi.

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish