Xalq dostonlari haqida
1. Ilk badiiy asarlar bizga qadar qanday holatda saqlanib qolgan?
A) xalq xotirasida, og‘izdan-og‘izga ko‘chgan holda B) yozma bitiklarda C) tosh haykallarda D) “Avesto”da
2. XIX-XX asrlarda o‘zbek baxshilari tomonidan qancha doston kuylangan?
A) 150 yaqin B) 600 ta C) 250 ortiq D) 40 yaqin
3. Qaysi turkumdagi dostonlar soni 100 dan ortiqroqni tashkil qiladi.
A) “Malika ayyor” B) “Kuntug‘mish” C) “Go‘ro‘g‘li” D) “Alpomish”
4. Qaysi adabiy janr forscha hikoya, qissa ma’nolarini anglatadi?
A) matal B) doston C) afsona D) g‘azal
5. Dostonlardagi personajlarning tezkor harakatlari, shiddati aks etgan o‘rinlar barmoq vaznining necha bo‘g‘inli she’rlarida namoyon bo‘ladi?
A) 11 bo‘g‘inli B) 5 bo‘g‘inli C) 7-8 bo‘g‘inli D) 9 bo‘g‘inli
6. Xalq dostonlarining deyarli barchasida uchraydigan ifodalar, tasvirlar folklorshunoslikda qanday ataladi?
A) poetik tasvir B) epigraf C) epik qoliplar (klishelar) D) sujet
7. O‘zbek xalq dostonlari aytilish yo‘llariga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 6 ta
8. Do‘mbira bilan ochiq ovozda kuylash qaysi dostonchilik maktabiga xos uslub sanaladi?
A) Qashqadaryo B) Samarqand C) Farg‘ona D) Xorazm
Xalq qo‘shiqlari
1. Yer yuzidagi birinchi qo‘shiq kim tomonidan kuylangan?
A) Odamato B) Hobil ota C) Momo Havo D) Baxshi
2. Uzuk meni qumutti
Soqinch manga yumutti. “Devonu lug‘otit turk”dagi ushbu misraning mavzusini aniqlang?
A) sevgi B) do‘stlik C) mehnat D) adolat
3. “Go‘shvoringni ko‘tar qiz” misrasidagi go‘shvoring so‘zining ma’nosini aniqlang.
A) sirg‘a B) quloq C) qovog‘ D) qo‘l
Qadimgi adabiy yodgorliklar
1. O‘rxun-Enasoy yodgorliklari nechanchi asr voqealarini o‘z ichiga oladi?
A) VI-VIII asr B) VII-XIV asr C) VIII-IX asr D) VI-VII asr
2. Kultegin bitiktoshi qancha vaqt davomida yozilgan?
A) 1 oy B) 20 kun C) 1 yil D) 2 yil
3. Birinchi turk xoqonligi davri nechanchi yillarni o‘z ichiga oladi?
A) 476-342-- yillar B) 335-473- yillar C) 535-630- yillar D) 720-756- yillar
4. “Avesto” yaratilgan til hozirda qanday til hisoblanadi?
A) o‘lik til B) fors tili C) yunon tili D) turk tili
5. Zardushtiylik ta’limotiga ko‘ra “yo‘qlikdan borlikka birinchi qadam qo‘ygan zot” qaysi javobda to‘g‘ri berilgan.
A) Zardusht B) Axriman C) Zirvon D) Hurmuz
6. Urganchda tiklangan obida peshtoqiga avesto talimotiga mansub so’zlar yozilgan ushbu so’zlar qaysi qatorda to’g’ri berlgan?
A) Ezgu o‘y, ezgu so‘z, ezgu amal B) Rosti-rust, ezgu amal C) Hur fikr, rost so‘z D) Ezgu amal, rosti-rust
7. “Kultegin” bitiktoshi nimaga chekib yozilgan?
A) marmarga B) toshga C) yog‘ochga D) ustunga
8. “Kultegin” yodgorligi voqealari kim tomonidan hikoya qilingan?
A) Yo‘llug‘tegin B) To‘nyuquq C) Eltarish xoqon D) Bilga xoqon
9. “684- yilda tug‘ilgan, 18- yil xoqonlik qilgan, 734- yil zaharlab o‘ldirilgan”. Gap qaysi turk xoqoni haqida bormoqda?
A) Bilga xoqon B) To‘nyuquq C) Eltarish D) Yo‘llug‘tegin
10. Qaysi bitiktosh hukmdorning o‘z xalqiga, beklariga xitobi bilan boshlanadi?
A) “To‘nyuquq” B) “Bilga xoqon” C) “Kultegin” D) “Irq bitigi”
11. “O‘ng tutuq yo‘lboshchisining yaroqli qo‘lini tutdi. U lashkarni o‘shanda yo‘q qildik” ushbu jumla qaysi manbada uchraydi?
A) “Kultegin” B) “Bilga xoqon” C) “To‘nyuquq” D) “Eltarish”
12. O‘rxun-Enasoy bitiktoshlari qanday adabiy shaklda yozilgan?
A) yuqoridan pastga B) aralash C) she’riy D) nasriy
13. O‘rxun-Enasoy yodgorliklardagi oltin, tuya, kumush kabilarga qo‘llangan epitetlarni aniqlang.
A) oltin, oq, egri B) qizil, oq, egri C) sariq, oq, egri D) oq, tilla, egri
14. Turk qaysi mashhur nuh payg‘ambarining o‘g‘li hisoblanadi?
A) Som B) Idris C) Turk D) Yofas
15. Yevropada saklarni qanday nom bilan atashgan?
A) iskit B) massaget C) saqa D) skif
16. “O‘rxun-Enasoy” yodgorligida “turk” atamasi qaysi shaklda uchraydi?
A) turay B) turon C) tukyu D) turuk
17. Turkiy xalqlar yashayotgan joyni forslar qanday atashgan?
A) Turonzamin B) Movarounnahr C) O‘rta Osiyo D) Dengiz oralig‘i
2-DARS. ISLOM TA’SIRI DAVRIDAGI TURKIY ADABIYOT. (50-106-betlar)
Reja:
1. Ilk uyg‘onish davridagi turkiy adabiyot
2. Yusuf xos Hojib.
3. Didaktik doston.
4. Ahmad Yugnakiy.
5. Ahmad Yassaviy.
6. Hikmatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |