Nazariy ma’lumot. Badiiy asar pafosi haqida 1. Yunoncha ehtiros hissiyot ma’nolarini bildiruvchi so‘zni aniqlang.
A) remarka B) pafos C) pezaj D) barchasi to‘g‘ri
2. Asarga singib ketgan, undagi baddiy tasvirning yo‘nalishini belgilab beradigan jo‘shqin tuyg‘u va ko‘tarinki ruh …
A) fabula B) remarka C) barchasi to‘g‘ri D) pafos
3. “Asrga tatigulik kun” romanidagi oddiy temir yo‘lchining nomi qaysi qatorda berilgan?
A) Sobit B) Do‘nan boy C) Edigey D) Ozoda
4. “Asrga tatigulik kun” romanidagi asar pafosi kimning timsolida yaqqol bo‘y ko‘rsatgan?
A) Nayman ona B) Edigey buronli C) Sobitjon D) Ozoda
Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti 1. Usmon Azim qalamiga mansub drama qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) “Bir qadam yo‘l” B) “Bir kam dunyo” C) “Jek London hikoyasidan so‘ng” D) “Bir koshona sirlari”
2. Erkin Samandarning “Arab Muhammad Bahodirxon” asarining janrini aniqlang.
A) proza (roman) B) epik asar C) drama D) tragediya
3. Sog‘lom tamoyillar asosida rivojlangan adabiyot qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) sho‘ro adabiyoti B) Istiqlol adabiyoti C) XIV asr adabiyoti D) barchasi
4. Bugungi kunda milliy adabiyotimizning yetakchi turi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) she’riyat B) dramaturgiya C) proza D) komediya
5. Qaysi davr adabiyotida o‘tkir gap aytish o‘quvchiga aql o‘rgatish emas balki inson ruhining murakkab manzaralari aks etishiga e’tibor kuchaydi?
A) Jahon adabiyoti B) Jadid adabiyotida C) Istiqlol adabiyotida D) Sho‘ro davri adabiyoti
6. Rauf Parfi qalamiga mansub asarni aniqlang.
A) “Adashgan ruh” B) “Turkiylar” C) “Tush” D) “Yo‘l”
7. Qaysi qatorda “Izohsiz lug‘at” asarining muallifi to‘g‘ri berilgan?
A) R.Parfi B) A.Qutbiddin C) Azim Suyun D) Faxriyor
8. “Oyloq kecha” asari muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) A.Said B) Sh.Rahmon C) A.Qutbiddin D) Faxriyor
9. Shaftolirang olam nayza uchinda,
Dunyolari yolg‘on, men o‘ldim chindan. Ushbu misralar muallifini aniqlang.
A) R.Parfi B) Faxriyor C) J.Jabborov D) Abdulla Oripov
10. …bitta so‘z qoldirgim keladi
ruh yerto‘lasidan o‘g‘irlangan so‘z
osmon hidi keladigan so‘z
dunyoning o‘zi qadar
anglab bo‘lmas sir qadar
Ushbu misralar kimning qalamiga mansub?
A) B.Ro‘zimuhammad B) Faxriyor C) A.Said D) to‘g‘ri javob
11. Bugungi adabiy jarayonning salmoqli va og‘irkarvon turi deb e’tirof etiluvchi sohani aniqlang.
A) proza B) poeziya C) dramaturgiya D) to‘g‘ri javob yo‘q
10-SINF 1-DARS. MA’NAVIYAT KO‘ZGUSI. XALQ OG‘ZAKI IJODIDAN. ISLOMGACHA BO‘LGAN DAVRDAGI TURKIY ADABIYOT. (1-49-betlar)
Reja:
1. Ma’naviyat ko‘zgusi.
2. “Malika ayyor” dostoni.
3. Xalq dostonlari haqida.
4. Xalq qo‘shiqlari.
5. Qadimgi adabiy yodgorliklar.