Namdu magistratura bo'limi M. M. T. T. B-bu-21 guruh talabasi Najmiddinova Muazzamxonning "Boshlang'ich ta'lim sohasidagi innovatsion jarayonlar" fanidan "Blum taksonomiyasi" mavzusida tayyorlagan taqdimoti



Download 126,04 Kb.
Sana08.02.2022
Hajmi126,04 Kb.
#437519
Bog'liq
BLUM teskonomiyasi

NamDU magistratura bo'limi M.M.T.T.B-BU-21 guruh talabasi Najmiddinova Muazzamxonning "Boshlang'ich ta'lim sohasidagi innovatsion jarayonlar" fanidan "Blum taksonomiyasi" mavzusida tayyorlagan TAQDIMOTI.

Reja: 1.Blum taksonomiyasi haqida tushuncha. 2.Blum taksonomiyasi toifalari. 3.O’qituvchi tomonidan o’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan ta’limni amalga oshirishning asosiy mezonlari.

Uzluksiz ta'limda ta'lim oluvchilarga belgilanga o'quv dasturlari asosida bilim berish va o'quv dasturlari asosida bilim berish va o'quv natijalarini baholashda Blum taksonomiyasi mezonlariga asoslanadi.Amerikalik mashhur psixolog va pedagog Benjamin Blum tomonidan asos solingan savol va topshiriqlar tizimi-bilish faoliyati darajalariga asoslangan o'quv maqsadlari taksonomiyasi zamonaviy ta'lim olamida yetarli darajada keng tarqalgan.

BLUM TAKSONOMIYASI-ta'lim maqsadlariga ko'ra tashkil etilgan biluv faoliyatining uch sohasini qamrab oluvchi ierarxik tizimdir:kognitiv (bilish), affektiv (emotsional-qadriyatli) va psixomotor.Taksonomiyaning kognitiv faoliyatni qamrab oluvchi birinchi qismi 1956-yilda B.Blum rahbarligida ishlab chiqilgan.L.Andersen va D.Kratvol 2001-yilda taksonomiyani qayta ishlab chiqdilar.

Aniqlashtirilgan ushbu taksonomiyada avvalgi an'anaviy taksonomiyadagi xatolarni bartaraf etishga urinishdi. Unda bilish masalalarida "nima"(fikrlash mazmuni) va "qanday qilib?" savollari, ya'ni mavjud axborot va muammo yechimidagi amallar o'rtasida chiziq tortishdi.O'quvchilarning Blum taksonomiyasi bo'yicha oid o'quv maqsadiga erishganlik darajasini nazorat qilishda ular tomonidan muayyan mavzu bo'yicha ma'lumot va axborotlarni o'zlashtirganlik darajasini aniqlash maqsadga muvofiq.

BLUM taksonomiyasi toifalari: BILISH- dastlabki tafakkur darajasi bo’lib, bunda o’quvchi atamalarni, aniq qoidalar, tushunchalar,faktlar, mezonlar,yo’nalishlar, kategoriyalar, tasniflar, tasniflar, shuningdek,abstrakt bilimlar:tamoyillar, aksiomalar, teoremalar, umumlashma fikrlar, strukturalar va shu kabilarni biladi, eslaydi,takrorlaydi,asar voqea-hodisalarni bayon qila oladi.

TUSHUNISH-darajasidagi tafakkurga ega bo’lganda esa, o’quvchi faktlar, qoidalar, chizmalar, jadvallarni tushunadi, qayta tuza oladi, o’zgartira oladi, mavjuda ma’lumotlar asosida kelgusi oqibatlarni taxminiy tavsiflay oladi.

QO’LLASH-darajasidagi tafakkurda o’quvchi olgan bilimlaridan faqat an’anaviy emas, noan’anaviy holatlarda ham foydalana oladi va ularni ma’lum bir model, formula, ko’rsatma asosida to’g’ri qo’llaydi. TAHLIL-darajasidagi tafakkurda o’quvchi yaxlitning qismlarini va ular o’rtasidagi bog’liqliklarni ajrata oladi,mantiqiy fikrlash asosida xatolarni ko’radi, faktlar va oqibatlar orasidagi farqlarni ajratadi, ma’lumotlarning ahamiyatini baholaydi.

SINTEZ-Umumlashtirish darajasidagi tafakkurda o’quvchi ijodiy ish bajaradi biror tajriba o’tkazish rejasini tuzadi, bir nechta sohalardagi bilimlardan foydalanadi.Ayrim materiallar asosida butunning, yaxlitning obrazini, ko’rinishini yaratadi.Bu bosqich tegishli natijalardan yangi jadval tuzishga urg’u beruvchi ijodiy xarakterdagi faoliyatni taqozo etadi.

BAHOLASH-mazkur kategoriya yuqorida ko’rsatilgan barcha kategoriyalar bo’yicha o’quv natijalarga erishishni va aniq ifodalangan mezonlarga asoslanib baholash mulohazalarini taqozo etadi.Ichki va tashqi mezonlar asosida baholaydi,o’quvchi mezonlarni ajrata oladi, ularga rioya qila oladi, mezonlarning xilma-xilligini ko’radi,xulosalarning mavjud ma’lumotlarga mosligini baholaydi, faktlar va baholovchi fikrlar orasidagi farqlarni ajratadi.

O’qituvchi tomonidan o’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan ta’limni amalga oshirishning quyidagi asosiy mezonlari mavjud: 1.Har bir o’quvchiga buyuk shaxsdek qarash, uni hurmat qilish, uni tushunish, qabul qilish. 2.Ta’limning shunday muhitini yaratish kerakki, unda o’quvchi o’zini shaxs deb sezsin, unga bo’lgan e’tiborni tuysin.

3.Bolaga tazyiq o’tkazmaslik hamda uning kamchiligini bo’rttirmaslik, bilimlarni o’zlashtirmasligi, o’zini yomon tutishi sabablarini aniqlash va ularni bolaning shaxsiyatiga zarar yetkazmaydigan tarzda bartaraf etish.

4.Ta’limda “muvaffaqiyat muhitini” tashkil etish, bolaga o’qishda muvaffaqiyat qozonishga yordam berish, uning o’z kuchi va iqtidoriga ishonchini orttirish.O’quvchiga atrofdagilarning har biri o’zi kabi ekanligini anglatish, unda jamoaga aloqadorlik hissini rivojlantirish. 5.O’quvchining hurmati va ishonchini qozonish, o’ziga ham shaxs nuqtayi nazaridan qarash.

O’qituvchi har bir bola timsolida avvalo, shaxsni ko’rishi lozim.Har bir o’quvchini shaxs sifatida qarashimiz hamda ularning fikrlarini hurmat qilishimiz lozim.O’quvchi bilan muloqotda uning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda uning eng yaqin rivojlanish sohasi keng bo’lgan belgilarni topish va asta-sekin yangi bilimlar bilan to’ldirib borish orqali kutilgan natijaga erishiladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 126,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish