Xotira turlari. O‘zlashtirish va esga tushirish xususiyatlariga ko‘ra xotira bir necha turlarga ajratiladi. Masalan: muzeyga uyushtirilgan sayohatni eslar ekanmiz, o‘zimiz ko‘rgan narsalarning obrazini va o‘zimiz guvohi bo‘lgan hodisalarni fikran ko‘z oldimizda gavdalantiramiz. Bu obraz xotirasidir. Bunda birinchi signal sistemasi katta o‘rin egallaydi. Ekskursiya rahbarining tushuntirishlarini, ular bilan o‘tkazilgan suhbatlarni,ekskursiyaga birga borilgan o‘rtoqlar bilan o‘zaro fikr almashuvlarni eslash chog‘ida biz ma’no xotirasidan yoki so‘z-mantiq xotirasidan foydalanamiz. Bu xotira ikkala signal sistemasining o‘zaro bir-biriga ta’sir ko‘rsatishiga tayanadi, bunda ikkinchi signal sistemasi dominantlik (ustunlik, yetakchilik) rolini o‘ynaydi. Agar biz o‘z do‘stimizning boshiga tushgan baxtsizlikni eslasak, bunda biz yana yangidan g‘amginlik yoki hatto musibat hissini kechiramiz, bu esa emotsional xotiraning yoki his-tuyg‘ular bilan aloqador xotiraning ko‘rinishidir. Harakatlar bilan aloqador motor yoki harakat xotirasi (sportchi, raqqosa,suzuvchi va h.k.) deyiladi.
Xotira jarayonlari
Xotira quyidagi jarayonlardan iboratdir:
a) esda olib qolish; b) o‘zlashtirilgan ma’lumotni esda saqlash;
d) esga tushirish va tanish; e) unutish.
Esda olib qolish va uning turlari. Xotira jarayonlari esda olib qolishdan, ya’ni narsa va hodisalar o‘rtasida aloqa o‘rnatishdan iboratdir. Esda olib qolish bosh miya po‘stlog‘ida yuzaga keladigan turli murakkablikdagi assotsiatsiyalarga bog‘liqdir. Xotiramizda nimaiki saqlanayotgan bo‘lsa, shularning ko‘pchiligini biz ixtiyorsiz ravishda esda olib qolganmiz. Masalan: ko‘chada ketayotgan paytimizda oldimizga aniq maqsad qo‘ymagan bo‘lsak ham juda ko‘p narsalar ixtiyorsiz tarzda esda saqlanib qoladi. Ko‘pincha beixtiyor idrok qilingan narsa va hodisalar esda saqlanib qoladi. Lekin esda saqlanib qoladigan ma’lumotga hissiyot ta’sir qilishi mumkin. Masalan: bizda bironta hissiyot tug‘diradigan ma’lumot hissiyotimizga hech bir ta’sir qilmaydigan ma’lumotga qaraganda esimizda ham tezroq, ham mustahkamroq o‘rnashib qoladi. Ammo odamning hayoti va faoliyati undan ixtiyoriy esda olib qolishni talab etadi. Maktabda fan asoslarini o‘rganish, biron- bir kasb bo‘yicha ishga tayyorgarlik ko‘rish odatda ixtiyoriy esda qoldirishni talab etadi. Muayyan bilimlarni egallash uchun sistematik va ixtiyoriy ravishda esda qoldirish uqib olish deb ataladi. Uqib olish maktab o‘quvchilari o‘quv ishining muhim qismi hisoblanadi. Ixtiyoriy esda olib qolish deb ko‘zda tutilgan maqsadga muvofiq tanlangan ma’lumotlarni ongli ravishda kuch sarf qilib esda olib qolishga aytiladi. Ixtiyoriy esda olib qolish anglab, bilib esda olib qolishdir. Masalan: esda olib qolishga jazm qilish, maqsadga erishish uchun intilish, kerak ma’lumotni tanlash, motivatsiya (nima maqsad bilan esda qoldirish kerakligini bilish) – bularning hammasi tafakkur faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi. Ixtiyoriy esda qoldirishda irodaning ham ahamiyati katta. Masalan: ba’zi paytlarda esda olib qolishning qiyinchiliklariga duch kelar ekanmiz, bunda albatta iroda ishtirok etadi. Ixtiyoriy esda olib qolishning nerv-fiziologik asosida birinchi va ikkinchi signallar sistema doirasida yuzaga keladigan shartli reflekslar, muvaqqat aloqalar yotadi. Odatda qiziqish yengillik bilan esda qoldirishning eng birinchi shartlaridandir. Bizda qiziqish tug‘dirgan narsa tezroq va mustahkamroq esda qoladi. Esda qoldiriladigan ma’lumotga bo‘lgan qiziqish diqqatimizni o‘ziga jalb etadi, histuyg‘ ularimizga ta’sir qilib zavqlantiradi. Bu esa o‘z navbatida esda olib qolishni kuchaytiradi. Ayrim kishilar xotirasining zaifligi analiz qilinganda esda yaxshi saqlab qololmasliklarining sababi ular diqqatining bo‘shligida, tarqoqligida, ya’ni miya po‘stidagi tegishli qo‘zg‘alish manbalarining zaifligida ekanligi aniqlangan. Ma’lumotni idrok qilishda sezgi organlari qanchalik ko‘p ishtirok etsa, ma’lumot shunchalik tez va puxta esda qoladi. Ma’lumotni idrok qilishda sеzgi organlari qanchalik ko‘p ishtirok etsa, ma’lumot shunchalik tеz va puxta esda qoladi. Bu haqda mashhur rus pеdagoglaridan K.D. Ushinskiyning quyidagi gaplari juda ham o‘rinlidir. «Bolaning esida biror narsaningmahkam o‘rnashib qolishini xohlovchi pеdagog, bola sеzgi organlarining mumkin qadar ko‘prog‘ini – ko‘zi, qulog‘i, tovush organi, muskul sеzgisi va hatto, iloji bo‘lsa, hidlash vata’m bilish organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishga harakat qilishi kеrak», K.D. Ushinskiyning bu fikri allaqachon amalda isbot qilingan. Ma’lumotni takrorlash ham albatta ixtiyoriy esda olib qolishga ijobiy ta’sir qiladi. O‘tkazilgan tekshirishlardan ma’lumbo‘lishicha, asosan uch xil yo‘l bilan takrorlash mavjud:
– surunkasiga takrorlash; – qismlarga bo‘lib takrorlash;
– bir yo‘la, surunkasiga, undan so‘ng yana qismlarga bo‘lib takrorlash. Bu psixologiyada kombinatsiya usuli deb yuritiladi. Esda olib qolinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni taqsimlashda kishining tafakkuri va diqqati faol qatnashadi. Binobarin, ma’lumotlarni taqsimlash va rejalashtirish jarayonining o‘ziyoq esda olib qolishning sifatiga ijobiy ta’sir qiladi. Ma’nosiga tushunib, ya’ni mantiqiy (logik) tarzda esda olib qolish samarali va qulay usuldir. Ma’nosiga to‘la tushunib esda olib qolingan ma’lumot odamning xotirasida mustahkam joylashib qoladi. Chunki, ma’nosiga tushunib esda olib qolinadigan narsa va hodisalarning umumiy va muhim belgilari, ular o‘rtasidagi sababiy hamda natija bog‘lanishlarni anglash demakdir. Shuning uchun, ma’nosiga to‘la tushunib esda olib qolingan ma’lumot odamning ongida bor bilimlariga qo‘shilib ketadi. Og‘zaki ma’lumotlarni ma’nosiga tushunib esda olib qolish ayniqsa muhimdir. Ma’nosiga tushunib esda olib qolishning samarali bo‘lishiga sabab shundaki, ma’nosiga tushunib esda olib qolish jarayonida odamning ixtiyoriy diqqati, tafakkuri va irodasi faol ishtirok qiladi. Faqat takrorlash bilan esda olib qolish mexanik esda olib qolish deb ataladi, bunda ko‘pgina hollarda odam o‘zlashtirilishi lozim ma’lumotni tushunmagan holda takrorlayveradi. Bu yo‘sindagi takrorlash oqibatida o‘quvchi qiyin, noaniq ma’lumotni quruq yodlab oladi, xolos. Quruq yodlash yo‘li bilan esda qoldirishda odatda odam ko‘p qiynalishiga to‘g‘ri keladi, kishidan ko‘p vaqt sarflash talab etiladi, o‘zlashtirilgan material tez unutiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |