Nazorat savollari:
1. Ilk yosh davridagi bolalarda diqqatning rivojlanishi haqida so‘zlab bering.
2. Bog‘cha yoshidagi davrida ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatni rivojlantirish sharoitlari qanday?
3. Diqqatning kuchi va barqarorligi kabi xususiyatlari nimada ko‘rinadi?
4. Diqqatning ko‘lami va bo‘linuvchanlik xususiyatlari nimada ko‘rinadi?
5. Bolalar diqqatini rivojlantirishda tarbiyachi nimalardan foydalanadi?
Foydalanilgan adabiyotlar
S.X.Jalilova, S.M.Aripova. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. O’quv qo’llanma. Toshkent-Faylasuflar-2013, 2017
O’zbekiston Rеspublikasining “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari”. Toshkent-2018 yil
MTMlarining tarbayalanuvchilari uchun rivojlantiruvchi o’yinlar majmuasi. O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi. Respublika tashxis markazi Toshkent-2013
30-31 .Idrok.Bolalarda idrokning rivojlanishi
Reja
Idrok haqida umumiy tushuncha. Idrokning nerv-fiziologik asoslari
Idrokning buzilishi va shaxs faoliyatiga ta’siri
Bolalar idrokining rivojlanish xususiyatlari
Tayanch tushunchalar: Idrok haqida umumiy tushuncha. Idrokning nerv – fiziologik asoslari. Idrok xususiyatlari: predmetliligi, yaxlitligi, konstantligi, anglanganligi, ikkilanuvchanligi. Idrokning darajalari: persepsiya, appersepsiya, gallyutsinatsiya, illyuziya. Idrok shakllari: fazoni idrok qilish, vaqtni idrok etish, harakatni idrok qilish. Idrokning buzilishi va shaxs faoliyatiga ta`siri. Bilimlarni o’zlashtirishda kuzatuvchanlikning ahamiyati. Idrok xususiyatlarining rasmlarda aks etishi.Bolalar idroki rivojlanishi xususiyatlari. Idrokning rivojlanishiga nutq, buyumlar rangi, shaklini tahlil qila olish, rasmlarni idrok qilishning ta’siri. Idrokning predmetliligi va doimiyligi. Bolalarning vaqt, fazo, harakat, nutqni idrok qilishlari.Idrok shakllaridagi tasavvurlarning faoliyat turlari jarayonida o’zlashtirilishi.Bolalarda kuzatuvchanlikni tarbiyalash.
Narsalarning alohidaalohida sifatlari (rangi, tovushi, qattiqligi va hokazo) sezgilar tufayli miya yarimsharlarida aks ettiriladi. Ammo odamni qurshab olgan voqelikdagi har bir narsa yoki hodisada turlicha sifatlar va xususiyatlarning yaxlit kompleksi mujassamlashgan bo‘ladi. Analizatorlar orqali hosil bo‘ladigan sezgilar narsa va hodisalarni to‘g‘riroq aks ettirish uchun miya po‘stlog‘ida bir-biri bilan birikadi va odamda narsa va hodisaning yaxlit obrazi yaratiladi. Ayni chog‘da sezgi organlariga ta’sir etib turgan narsa va hodisalarni ongimizda yaxlit aks ettirilishidan iborat bo‘lgan psixik jarayon idrok deb ataladiIdrokning ba’zi bir xususiyatlari. Idrok odamning faoliyati bilan chambarchas bog‘liq jarayondir. Agar biz biron rasmga mahliyo bo‘lib uning qarshisida qimirlamay tursak ham, baribir bi ror aqliy ishni amalga oshiramiz, aks holda hech narsani anglay olmagan bo‘lamiz. Odatda bizning ongli idrok qilishimiz, bilib olishimiz lozim bo‘lgan qandaydir konkret masalani yechishdan iboratdir. Uni maxsus perseptiv faoliyat ( lotincha perception – idrok) deb atash mumkin. Deyarli har qanday obyekt shu obyektni qurshab olgan fon bilan birgalikda idrok qilinadi. Dars boshida o‘qituvchi butun sinfga, partada o‘tirgan ko‘plab bolalarga nazar tashlab turibdi, deb faraz qilaylik. Ammo shunday bir lahza yuz beradiki, o‘qituvchining nigohi ana shu o‘nlab o‘quvchilar orasidan bittasini ajratib olib, kuzatib boradi. Qolgan butun sinf fon vazifasini o‘taydi. Ba’zan obyekt bilan fon o‘zaro o‘rin almashib turishi mumkin (vaza, o‘rdakcha, ayol va hokazo). Bunday rasmlar ikkilanuvchi tasvirlar deb ataladi. Analizatorlarimizga keluvchi ko‘pdan ko‘p qo‘zg‘alishlar orasidan qaysi biriga diqqatimizni qaratsak, faqat shunisinigina biz ayni chog‘da idrok qilamiz. Bu hol idrokning tanlab (ajratib) oluvchanlik xossasi deb ataladi. Idrokning yaxlitligi va ongliligi o‘tmish tajribamizning natijasi hisoblanadi. Agar derazadan olisdagi simyog‘ochlarga qarasak, ular ko‘z to‘r pardasida juda kichrayib aks etadi, oldimizda yotgan qalamdan ham kichikdek. Lekin biz ikkalasini ikki xil idrok qilamiz. Bu idrokimizning konstantligidan, ya’ni doimiyligidan dalolat beradi. Bolalarda turmush tajribasi oz bo‘lganligi sababli idrokning konstantlik xususiyati amaliy faoliyatlari jarayonida yuzaga keladi. Idrok darajalari. Idrokning o‘tmish tajribaga bog‘liqligi appersepsiya (lotincha ap – taalluqli, perceptio – idrok demakdir) deb ataladi. Turli kasb kishilari bitta narsaning o‘zini turlicha idrok qiladilar. Gulni ko‘zdan kechirayotgan rassom guldagi ranglarning uyg‘unligiga e’tibor bersa, botanik qaysi sinfga mansubligi nuqtayi nazaridan qaraydi, agronom yem-xashak turi sifatida qaraydi va hokazo. Bizning ongli idrok etishimiz persepsiya deyiladi. Narsalarni noto‘g‘ri, buzib idrok qilish illuziya deb ataladi. Bu singari rasmlarni ko‘zdan kechirishda xatoga yo‘l qo‘yadilar, chunki bu illuziyalar sezgilarimiz va idrokimizning xususiyatlariga bog‘liqdir. Ayrim illuziyalarning nomlarini aytib o‘tamiz:
1) ochiq (yorqin) va bo‘g‘iq rang illuziyasi;
2) kontrastlik illuziyasi;
3) butun xususiyatlarning bo‘laklarga ko‘chishi illuziyasi;
4) narsalar tepa qismining kattalashib ko‘rinishi illuziyasi;
5) chiziqlar yo‘nalishining o‘zgarishi illuziyasi;
6) perspektiva illuziyasi.
Narsalarning ana shunday fazoviy holatlarini ko‘z o‘ngimizda aks ettirishimiz fazoni idrok qilish deb ataladi. Bundan tashqari moddiy olamdagi narsalar doimo harakatda va o‘zgarishdadir. Bu harakat va o‘zgarishlar ma’lum bir vaqt ichida yuz beradi. Narsalar harakati va o‘zgarishidagi oldinma- ketinlik, tezlik va davomiylikning odam ongida aks ettirilishi vaqtni idrok qilish deb ataladi. Obyektlarning fazoda egallagan holati o‘zgarishining aks ettirilishi harakatni idrok etish deyiladi. Olam materiyadan iborat, materiya hamisha fazo va vaqt ichida mavjuddir yoki faylasuflar ta’biri bilan aytganda yashash formalaridir. Bir qancha sezgi organlari va miya katta yarimsharlari po‘stlog‘ining birgalikda ish bajarishi fazo va vaqtni idrok qilishning fiziologik asosi hisoblanadi. Biz narsalarning fazoviy xususiyatlarini avvalo ko‘rib idrok qilamiz. Ammo bu xususiyatlarni idrok qilishda yolg‘iz ko‘rishning o‘zi kifoya qilmaydi. Ko‘zimizning to‘r pardasida shar tekis doira sifatida, kub esa kvadrat shaklida aks etadi, bu yo‘sinda aks ettirish orqali mazkur buyumning hajmini idrok etib bo‘lmaydi. Turlicha masofadagi narsalarni idrok qilishda ham shunga o‘xshash hodisa ro‘y beradi. Ularning ko‘z pardasiga tushuvchi aksi katta- kichikligi jihatidan teng bo‘lishi mumkun. Bu esa ularning katta-kichikligi hamda ulargacha masofa haqida aniq tasavvur bera olmaydi. Ko‘rish va muskul-harakat sezgilarining birga qo‘shilishi tufayli biz narsalarning fazoviy holatlari haqida to‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lamiz. Masalan, harakat qilish sohasida yetarli darajada tajriba orttirmagan go‘dakning to‘g‘ri tasavvur eta olmasligining boisi ham shundadir. Go‘dak o‘zidan ancha olisdagi narsaga qo‘l cho‘zib, uni ushlashga harakat qiladi. Tug‘ma ko‘rlar operatsiyadan keyin ko‘ra oladigan bo‘lgach, ular dastlabki paytda ko‘rish idroki yordamida shar bilan bilan doirani bir-biridan farq qila olmaydilar. Narsalarni qo‘l bilan paypaslab ko‘rgandan keyingina uning fazoviy xususiyatlarini to‘g‘ri aytib bera oladilar. Odamning binokulyar ko‘rishi narsalarning hajmini idrok qilishda katta ahamiyatga ega. Binokulyar ko‘rish (lotincha bini – ikkitadan, okulus – ko‘z, ya’ni ikki ko‘z bilan ko‘rish) da ko‘z to‘r pardasida biz ko‘rayotgan narsaning ikki xil tasviri hosil bo‘ladi: o‘ng ko‘zda narsaning ko‘proq o‘ng tomoni aks etsa, chap ko‘zda chap tomoni aks etadi. Bu tasvirlar ongimizda yaxlit bir holat tasviriga keltiriladi, shu tufayli ham biz narsaning hajmli ekanini bilamiz. Ko‘rishimizning binokulyarligi masofani idrok qilishimizda ham yordam beradi. Narsalarning uzoq-yaqinligini idrok qilishda ikki ko‘zdagi ko‘rish o‘qlarining yo‘nalishi tufayli sodir bo‘luvchi sezgilar katta ahamiyatga ega, ikki ko‘z o‘qining bir narsaga tomon yo‘naltirilishi konvergensiya (lot. konvergare – yaqinlashish, tutashish) deb ataladi. Ko‘zning bu harakatlari ixtiyorsiz ravishda yuz beradi. Narsaning bizdan qanchalik olis yoki yaqinligini bildiradi..
Do'stlaringiz bilan baham: |