Namangan pedagogika kolleji


Tengdoshlari orasida tan olinishga intilish



Download 4,12 Mb.
bet77/131
Sana17.07.2022
Hajmi4,12 Mb.
#811965
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   131
Bog'liq
Namangan pedagogika kolleji

Tengdoshlari orasida tan olinishga intilish. Kattalar bilanmuloqot jarayonida yuzaga keladigan ehtiyojlar tengdoshlariorasida ham tan olinishga o‘ta boshlaydi. Bunday holatda tanolinishga ehtiyoj prinsipial yangi asoslarda rivojlana boshlaydi:agar kattalar bolaning yutuqlarini qo‘llashga harakat qilsalar,tengdoshlar murakkab munosabatga kirishadilar vabunda o‘zaro qo‘llash va raqobatlashish holatlari muvofiqlashadi.O‘yin asosiy faoliyathisoblanar ekan, intilishlar birinchinavbatda o‘yinning o‘zida, borishidagi real munosabatlardanamoyon bo‘ladi.O‘yinda tan olinishga ehtiyoj boshqa ma’noda namoyon bo‘ladi:bir tomondan bola «hammaga o‘xshash»ga, boshqa tomondanesa «hammadan zo‘r» bo‘lishga intiladi. Bolalar tengdoshlariningyutuqlari va harakat shakllariga moslashadilar. «Hammagao‘xshash»ga intilish ma’lum darajada bolaning rivojlanishiga turtkibo‘ladi va uni umumiy o‘rta darajaga olib chiqadi.Tan olinishga intilish «hammadan yaxshiroq bo‘lish»ga intilishdaham ko‘rinishi mumkin. Bunday turdagi tan olinishgaehtiyoj o‘yinda ma’lum bir mavqe yoki rolga intilish orqaliifodalanadi. Shuning uchun bolalarning o‘zlariga yoqqanrolga intilishini muhokama qilishdan oldin, bola harakatlariningkamida ikki tarkibiy qismini tahlil qilish kerak: istaganrolga intilish va bu intilishni amalga oshirish imkoniyatlarinitushunish qobiliyati. Bu masalani tadqiq qilish uchun bolaniqo‘g‘irchoq-dublor bilan almashtirish usulidan foydalanildi vauning yordamida bolalarning barcha uchun yoqimli rolga intilishlarianiqlandi. Tadqiqot sujetli-rolli o‘yinning tabiiy sharoitlarida o‘tkazildi.Barcha sotsiometriya mavqeidagi besh-yetti yoshdagi bolalartadqiq qilindi. Tajriba uchun uch guruh tiplari shakllantirildi.Birinchiguruh – o‘yin «yulduzlari»; ikkinchisi – faqat mashhurbo‘lmaganlar; uchinchisi istalgan real guruh bo‘yicha (bu guruh«yulduzlar», mashhurlar va mashhur bo‘lmaganlardan iborat).Besh kishidan iborat har bir guruhga tadqiqotchi o‘yindagirol haqida gapirib berdi. Bunda u bosh rolni alohida ta’kidladi. Birinchi tayyorgarlik bosqichi. Tadqiqotchi barcha guruhtiplarida rollarni taqsimladi. Bolalar berilgan sujetni o‘ynashlarikerakedi.Ikkinchi tayyorgarlik bosqichi. Tadqiqotchi rollarni o‘z egalarigaqoldirgan holda qayta taqsimlaydi. Bu safar o‘yin qo‘g‘irchoqdublyorlaryordamida o‘tdi. Har bir o‘yinchi o‘zining hamda birbirlariningqo‘g‘irchoqlarini bilar edilar (qo‘g‘irchoqlar bolaningxususiyatlari,jinsiga muvofiq tanlangan, bundan tashqari har birqo‘g‘irchoqda o‘zi almashtirilgan bolaning fotosurati yopishtirilgan).Bolalar bu sujetni qo‘g‘irchoqlar orqali o‘ynashlari kerakedi.Uchinchi – asosiy bosqich. Taqsimlash huquqi har biro‘yinchiga berildi. Rollar taqsimoti qo‘g‘irchoq-dublorlarorasida guvohlarsiz, ya’ni manfaatdor o‘yin ishtirokchilariningyo‘qligida amalga oshirildi. Tajriba quyidagicha bo‘ldi. Tajribaxonasida beshta bolalar stulida qo‘g‘irchoq-dublorlar turadi.Har bir bola qo‘g‘irchoq-dublorlarga rol berish uchun ularningyoniga keladi. Bu uchun u qo‘g‘irchoq-dublorlarni rol bo‘yichabelgilangan stulchalarga o‘tqazib qo‘yishi kerak edi.Tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, qo‘g‘irchoqlarning almashtirilishibolaning o‘yindagi rolga nisbatan haqiqiy intilishinianiqlabberdi. Ta’kidlash kerakki, rolga ataylab alohidaahamiyat berilsa,aksariyat bolalar unga intiladilar. Intilishbolaning guruhdagi mavqei va uning o‘yinchi tengdoshlariniboshqarish bo‘yicha real imkoniyatlariga bog‘liq bo‘lmaydi.«Boshqalardan zo‘r bo‘lish»ga intilish yutuqqa erishish motiviniyaratadi, irodaning rivojlanishi hamda refleksiya shakllanishiningshartlaridan biri hisoblanadi, ya’ni o‘z yutuq va kamchiliklarinianglab yetadi.Katta bog‘cha yoshida tengdoshlar bilan o‘zaro harakat jarayonidatan olinishga bo‘lgan ehtiyoj guruhda o‘z tengdoshlariorasida barcha uchun ahamiyatli o‘rinni egallashga intilishorqali ifodalanadi. Biroq bu holatlar yuzaki ko‘rinmaydi,chunki barcha uchun ahamiyatli o‘rinni egallashga intilishinibola atrofdagilardan yashiradi.

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish