16-Mavzu:Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining shakllanishi(3-5 yosh)
Reja
Bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy muhitning o’rni
Kichik va o’rta bog’cha yoshidagi bolalarning tengdoshlari bilan munosabatlari
Bola shaxsining shakllanishida o’yin faoliyatining ta’siri
Tayanch tushunchalar:Bola shaxsining rivojlanishi uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar. bolalar axloqiy motivlarning xususiyatlari. Bolalar axloqiy motivlarning xususiyatlari. Bola shaxsning shakllanishida oila muhiti va kattalarning ta’siri.Tengdoshlar bilan muloqot, munosabatlarining ko’rinishi. Bola shaxsining shakllanishida o’yin faoliyatining ta’siri.
Bola jismoniy taraqqiyotining 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgandavrini qamrab oluvchi maktabgacha ta’lim yoshida psixik rivojlanishdaham katta o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu davr mobaynidabola shaxsini belgilab beruvchi xususiyatlar shakllanadi. Bolaningshaxs sifatida shakllanish nuqtayi nazaridan qaragandamaktabgacha yoshdagi davrini uch bosqichga ajratish mumkin:Birinchi bosqich – 3–4 yoshni o‘z ichiga oladi va ushbubosqich bolada emotsional jihatdan o‘z-o‘zini boshqarishningmustahkamlanishi bilan bog‘liq.Ikkinchi bosqich – 4–5 yoshgacha bo‘lgan davr asosan axloqiyjihatdan o‘zini-o‘zi boshqarishi kuchayadi.Uchinchi bosqich – 6–7 yoshni qamrab olib bolada ishbilarmonlik,o‘z-o‘zini anglash, shaxs xususiyatlarining shakllanishibilan xarakterlanadi.Bu davrlashtirish jihatidan qaralganda birinchi va ikkinchibosqichlar kichik va o‘rta bog‘cha yoshiga, 3-bosqich esa kattabog‘cha yoshiga to‘g‘ri keladi. Bola shaxsining rivojlanishi ikki jihatni o‘z ichiga oladi.Ulardanbiri bolani atrof-muhitni asta-sekin anglab borishini vaunda o‘z o‘rnini his qilishini bildiradi. Bular sababli bola xulqidao‘zgarishlar ro‘y beradi va ular ta’siri ostida bola u yoki buharakatlarni sodir qiladi. Boshqa jihat esa his-tuyg‘u va irodanirivojlanishini taqozo etadi. Ular yuqorida aytilgan o‘zgarishlarta’sirini, xulq-atvorni mustahkamligini, uning tashqi sharoitlargabog‘lanib qolmasligini ta’minlaydi. Bolalar uchun odob namunasisifatida kattalarni o‘zi avvalo ularning harakatlari, o‘zaromunosabatlari xizmat qiladi. Bola atrofidagi yaqin insonlarningxulqi unga bevosita jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. U ularga taqlid qilishga,odatlarini o‘xshatishga, odamlarga, hodisalarga, narsalargabo‘lgan fikrlarini o‘zlashtirishga moyildir. Lekin yaqinlaribilan ish cheklanib qolmaydi. Maktabgacha yoshdagi bola kattalarhayotibilan har xil yo‘llar orqali tanishadi: ularning mehnatinikuzatadi, hikoya, she’r va ertaklarni tinglaydi. Boshqalarningmehr, hurmat va maqtovlariga sazovor bo‘lgan odamlar bolauchun namuna vazifasini o‘taydi Kichik va o‘rta guruhdagi bolalar axloq namunalariga kattaqiziqish bildiradilar. Masalan, ertak yoki hikoya eshitayotib,ular kim yaxshi va kim yomon ekanligini aniqlashga tushadilar.Bu ma’noda noaniqlikka chiday olmaydilar va hattokio‘z nuqtayi nazarlaridan jonsiz predmetlarni ham baholamoqchibo‘ladilar. O‘rmonda adashib qolgan va daraxt kesuvchitomonidan qutqaribqolingan bola haqidagi ertakni tinglabbo‘lgach besh yoshli bola: «Bolani topib olgan amaki yaxshi ekan, o‘rmon esa yomon, u bolani adashtirib qo‘ydi», dedi.To‘rt yoshli bola bo‘lsa, tentak haqidagi bir qator ertaklarni eshitibbo‘lgach: «Oyijon tentaklar yaxshi bo‘ladimi yo yomonmi?» – degan savolni berdi (Muxina tadqiqotlari). Bolalarningo‘zi ham, atrofdagilar ulardan kutayotgan xulq haqidagi tasavvurdankelib chiqqan holda, sekin-asta o‘z harakatlarini baholayboshlaydilar.Kichik va o‘rta guruhdagi bolalar madaniy-gigiyenikko‘nikma qoidalarini, tartibga rioya qilish va o‘yinchoqlar bilanmuomala qilish qoidalarini o‘zlashtiradilar. Ular kattalartalablariga bo‘ysunish bilan birga, qoidalarga ham ega bo‘lishgaharakat qiladilar. Tengdoshlari axloq qoidalarini buzganligihaqida bog‘cha tarbiyachisiga arz va shikoyat bilan murojaatqiladilar. Aksariyat hollarda bunday shikoyatlar chaqimchilikemas, balki o‘ziga xos bo‘lgan iltimosni, qoidaga rioyaqilish hamma uchun majburiy ekanligini bildiradi. Kichik vao‘rta yosh davrida boshqa bolalar bilan o‘zaro munosabat qoidalarinio‘zlashtirish birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘ladi. Kattalarning bolaga nisbatan «yaxshi bola»ga bo‘lgandekemotsional munosabat tug‘ilgandan va o‘z jinsiga dastlabkiko‘nikishdan so‘ng, bolada yangi ijtimoiy muhit shakllanadi,ya’ni kattalar talablariga javob berishga va tan olinishga intilishpaydo bo‘ladi. Ma’naviy his va vijdon hurmat qozonishgaintilishningijobiy tarafidir. Odamlarning kundalik munosabatlaridavijdon «kerak» so‘zi bilan izohlanadi. Tarbiya orqaliinsoniyat ma’naviy madaniyatini yuqori yutug‘i bo‘lgan mukammalliktuyg‘usi aniq bir shaxsning yutug‘iga aylanadi.Shaxsning axloqiy shakllanishini bola egallayotgan bilimlar;atrofdagi odamlar bilan muloqot paytida o‘zlashtirilgan axloqiyxulq odatlari, odamlar bilan o‘zaro aloqa paytida yutuqva yo‘qotishlarni birga emotsional boshdan kechirishlartashkil qiladi. Maktabgacha bo‘lgan davr mobaynida ong darajasio‘zgaradi va buning oqibatida bolalar axloq qoidalarini bajarishniboshlaydilar.
Katta yoshdagi odamning bolaga begonalarcha muomalasiuning ijtimoiy faolligini pasaytiradi, buning oqibatida bolao‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qoladi, o‘zini erkin sezolmaydi,o‘ziga bo‘lgan ishonchi yo‘qoladi, yig‘lashga doim tayyorbo‘lib, tengdoshlariga nisbatan tajovuzkor bo‘lib qoladi. Aksariyatkattalar tomonidan begonadek qabul qilingan bolalarboshlagan ishlarini to‘xtatadilar, sust va befarq bo‘lib qoladilar.Bolalarni boshqa qismi, aksincha ish sur’atini oshiradi, lekinbunga qaramay ishni samarasi past bo‘ladi. Katta yoshdagi odamning bolaga ochiq ko‘rsatayotgan salbiy munosabatiunda odatiy reaksiyalarni keltirib chiqaradi: bola yo begonalikto‘sig‘ini buzishga, katta odam bilan aloqa o‘rnatishga intiladi,yo o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qoladi va muloqotdan o‘ziniolib qochishga harakat qiladi.Kichik va o‘rta bog‘cha yoshidagi bolalarning tengdoshlaribilan munosabatlari. Tengdoshlar suhbatiga bo‘lgan ehtiyoj kichikva o‘rta bog‘cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishigakatta ta’sir ko‘rsatadi. Ilk bolalik davrida paydo bo‘lganboshqa bolalarga mayl, maktabgacha yoshdagi davrga kelibtengdoshlar bilan suhbat ehtiyojiga aylanadi. Bolalarni birga o‘yin o‘ynashlari, topshiriqlarni birga bajarishlari oqibatidasuhbatga bo‘lgan ehtiyoj oshadi.Ijtimoiy maktabgacha ta’lim sharoitida bolalar jamoasi, bolaboshqa bolalar bilan birgalikda va ular bilan har xil aloqalaro‘rnatganda paydo bo‘ladi. Bu yerda bola jamoa ichidagiilk axloq ko‘nikmalarini, atrofdagilar bilan muomala qilishmalakalariniorttiradi. Bolaning tengdoshlari bilan suhbatidashu paytgacha o‘zlashtirgan axloq qoidalarini amalda qo‘llashva bu qoidalarni turli xil konkret vaziyatlarga moslashtirishzaruriyati bilan to‘qnashishida, bolada shaxsning rivojlanishigatengdoshlar guruhining ta’sirida namoyon bo‘ladi. Bolalarningbirgalikdagi faoliyati harakatlarni muvofiqlashuvga olibkelish, tengdoshlarga xayrixoh munosabat ko‘rsatish, umumiymaqsadlarga erishish uchun shaxsiy xohish-istaklardan voz kechishkerak bo‘lgan vaziyatlar uzluksiz vujudga keladi. Bundayvaziyatlarda bolalar har doim ham kerakli xulq, muomalausulini topa olmaydilar. Tengdoshlarining huquqini hisobgaolmay, o‘z huquqlarini himoya qiladilar, ular orasida ko‘pinchajanjal yuzaga keladi. Janjalga aralashib,uni bartaraf qila borib,tarbiyachi bolalarga axloq qoidalarini ongli ravishda bajarishnio‘rgatadi. Uch yoshli bolalar guruhida u yoki bu predmetlar, hodisalar,harakatlar haqida hali umumiy fikr bo‘lmaydi. Bir bolaningfikri odatda boshqa bolaning fikriga ta’sir qilmaydi. Lekinto‘rt-besh yoshdan boshlab bolalar tengdoshlari fikrini e’tiborgaola boshlaydilar va garchi u o‘z taassurot va bilimlariga to‘g‘rikelmasada ko‘pchilik fikriga qo‘shiladi. Bunday ko‘pchilikningfikriga bo‘ysunish konformlik deb nomlanadi. Tajribada konformliknianiqlashingiz mumkin. Masalan, bir nechta bolagaataylab, stol ustida turgan qora va oq piramidachalarniikkala si oq deyishga o‘rgatasiz. Kelishuvda qatnashmagan bola, ikki-uch tengdoshiningfikrini eshitgach, «Piramidachalar qaysirangda?» degan savolga «Ikkalasi ham oq» deb javob beradi.Olti yoshda konformlik bolalarda ancha susayadi. Konformlikmaktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z fikrini muvofiqlashtiraolishgaerishishda o‘tish davri hisoblanadi. Lekin ba’zi bolalardau mustahkam o‘rnashib olib va shaxsning salbiy fazilatlariga aylanishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalar irodaviy harakatlarining rivojidao‘zaro bog‘liq 3 ta tomonni ajratib ko‘rsatish mumkin.Bular:1) harakatlar maqsadga yo‘nalganligining rivojlanishi;2) harakatlar maqsadi va motivi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliginingo‘rnatilishi;3) harakatlarni bajarishda nutqning boshqaruvchanlik roliningo‘sishi. Kattalar va tengdoshlarning ta’siri asosan faoliyatda amalgaoshiriladi.Bolalarning faoliyatini tashkillashtirib kattalaro‘yin sujeti, rasmlar to‘g‘risida maslahat va ko‘rsatmalar beradilar.Bolalarni tasvirlangan odamlarning o‘zaro munosaba ti va ishi bilan tanishtiradilar, bolalarning ishi va harakatlarigaham ma’lum talab qo‘yadilar, baholaydilar, faoliyat paytidavujudga keladigan qiyinchilik va nizolarni hal qilishga yordamberadilar. O‘zaro birgalikdagi faoliyatda bolalar birlashadilar,bolalar jamoasi asosi bo‘lgan va uning a’zolarida shaxsni rivojlanishigayordam beradigan o‘zaro aloqaga kirishadilar.Shaxsning rivojlanishida o‘yin muhim rol o‘ynaydi. Kattalarrolini o‘z zimmasiga olayotib, ular faoliyatini va o‘zaromunosabatlarini tasvirlayotib, bola ularga xos bo‘lgan qoida vaaxloq motivlari bilan tanishadi. Ulardan o‘zaro muloqot paytidafoydalanadilar. Masalan, ustaxonadagi ishchi rolini bajarayotib,bola o‘z ishiga javobgarlik bilan yondashadi, shifokorrolini bajarayotib kasallarga jonkuyarlik va e’tiborlilik munosabatidabo‘ladi va h.k..O‘yin bolalarni o‘ziga jalb qiladi, ularni tasvirlanayotganpersonajlar hissiy holatini – mayl, kasallarga, bolalarga hamdardliknihaqiqatdan ham qilishga majbur qiladi. O‘yin davomidaqo‘g‘irchoqlarga va o‘yinchoq hayvonlarga bola muloyimlikbilan munosabatda bo‘ladi. O‘yinga qiziqish, rolni yaxshi bajarishistagi bolalarda shunchalar yuqoriki, bunday sharoitlardao‘zlari uchun murakkab, yoqimsiz harakatlarni bajaradilar yokiboshqa xohishlarni qoniqtirishdan o‘zlarini tiyadilar. Maktab o‘quvchilarini tasvirlayotib, maktabgacha yoshdagi bolalar uzoqvaqt va hafsala bilan zerikarli, bir xil ish bilan shug‘ullanadilar,ya’ni bir xil harflarni bir necha marta ko‘chirish ular uchunqiziqarliemas. Sotuvchi rolini o‘ynayotib, besh yoshli qizaloqo‘z tasarrufidagi pechenyelarni yemaydi, chunki bu xaridorlargategishli, sotuvchimanfaatlariga esa zid.Lekin o‘yin davomida erishilgan yutuqlar bolalar tomonidanboshqa sharoitlarga, kundalik xulq-atvorlariga bevositako‘chirilishi mumkin deb o‘ylash noto‘g‘ri. Shifokor rolida bemorqizga g‘amxo‘rlik qilayotgan bola, o‘yin tugagandan so‘ngshu qizdan, ko‘z yoshlariga ahamiyat bermay o‘yinchoqni tortibolayotganini ko‘pincha ko‘rish mumkin. Kichik va o‘rta bog‘cha yoshi davrida bolalar faoliyatini murakkablashtirishbilan bog‘liq bo‘lgan motivlarning yangi turishakllanadi. Ularga bilim olishga intilishning o‘zaro raqobatchilik motivlari kiradi. Bola uch-to‘rt yoshidayoq atrofdagilarnisavollarga ko‘mib tashlashi mumkin: «Bu nima?»; «Qandayqilib?»; «Nima uchun?» va h.k.. Keyinchalik «Nimaga? » degan savol ko‘p uchraydigan bo‘ladi. Bolalar ko‘pincha faqat savol bermaydilar, balki o‘zlari ham unga javob topishga, kichik tajribalari bilan tushunarsiz narsalarni izohlashga, gohida hattoki «eksperiment» o‘tkazishga ham harakat qiladilar. Barchaga yaxshi ma’lumki, bolalar o‘yinchoqlarni «ichida nima borligini bilishga» urinib, «ichak-chavog‘ini olib tashlashni» yoqtiradilar. Bunday dalilni maktabgacha yoshdagi bolalarga xos bo‘lgan qiziquvchanlik belgisi deb hisoblashadi. Aslida esa bolalarning savollari ularni bilimga qiziqishini, atrof-muhit haqida biron yangi ma’lumot olishga intilishini bildirmaydi. Kichik va o‘rta yoshdagi bolalar beradigan savollarning aksariyat qismi kattalar e’tiborini o‘ziga tortishni, ularni suhbatga chorlashni, ular bilan vujudga kelgan kechinmalarni bo‘lishishni maqsad qiladi. Bolalar ko‘p hollarda o‘z savollariga javobni kutmaydilar va oxirigacha eshitmaydilar, katta yoshli odamning gapini bo‘lib, yangi savolga o‘tib ketadilar. Faqatgina unga o‘rgatuvchi, turli xil bilimlarni yetkazuvchi, shu bilan birga savollarga asosli va tushunarli tarzda javob beruvchi kattalar ta’siri ostida, bola asta-sekinlik bilan atrof-muhitga ko‘proq qiziqishni, yangi narsalar haqida bilishgaintilishni boshlaydi
Mavzu yuzasidan savollar:
1. Kichik va o‘rta bog‘cha yoshida bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy muhitning o‘rni nimada namoyon bo‘ladi?
2. Kichik va o‘rta yosh davrida boshqa bolalar bilan o‘zaro munosabat qoidalari nimalardan iborat?
3. Bolalarning tengoshlari bilan munosabatlari qanday kechadi?
Foydalanilgan adabiyotlar
E.G’oziyev. “Psixologiya” Darslik. “O’qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2008.
S.X.Jalilova, S.M.Aripova. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. O’quv qo’llanma. Toshkent-Faylasuflar-2013
Do'stlaringiz bilan baham: |