17-Mavzu:Katta maktabgacha yoshda bola shaxsining shakllanishi(5-7 yosh)
Reja
Bola shaxsining ma’naviy jihatdan shakllanishida ijobiy va salbiy xususiyatlarning o’rni
Bola shaxsining shakllanishida oila muhiti va kattalarning ta’siri
Tayanch tushunchalar: Maktabgacha yoshda o’z-o’zini anglash va o’z-o’zini baholash xuxusiyatlari. Jinsga mansublik va o’yinda rol, o’yinchoq tanlash. Maktabgacha yosh davrida jinsiy tarbiya. Oilaning bola shaxsini shakllanishidagi o’rni. Bolalarda ahloqiy sifatlarning shakllanishi. Kattalar va tengdoshlari bilan muloqot jarayonida shaxsning shakllanishi
O‘zligini anglash zamirida katta bog‘cha yoshining oxirlaridasodir bo‘ladigan, boshqa odamlardan o‘zini ajratish yotadi.Katta bog‘cha yoshiga kelib, bola o‘z fazilatlari haqida hech nimabilmasada, o‘zining mavjudligini his qiladi. Katta bog‘chayoshidagi bolada hali o‘zi haqida asosli va to‘g‘ri fikr mavjudemas. Bola kattalar tomonidan ma’qullanadigan ijobiy xislatlarniko‘r-ko‘rona o‘zlashtiradi. O‘zini tartibli deb hisoblaydiganboladan, «Tartiblilik nima?» – deb so‘ralganda: «Menqo‘rqmayman» deb javob beradi. Boshqa o‘zini tartibliligi haqidagapirgan bolalar ham bu savolga: «Bilmayman», – deb javobberadilar. O‘zini to‘g‘ri baholashga o‘rganish uchun, bola avvalboshqalarni, atrofdagi odamlarni baholashni o‘rganishi kerak.Bu esa darhol amalga oshmaydi. Bu davrda bola tengdoshlarinibaholayotib, kattalarni ular haqida aytgan fikrini takrorlaydi.O‘zini baholashda ham bu holat takrorlanadi: «Men yaxshibolaman, oyim shunday deydilar».Bolani boshqalarning harakatlari va fazilatlarini mustaqil baholashi,uning ularga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq bo‘ladi. Buasosan hikoya personajlari harakatlarini baholashda ko‘proq bilinadi.Ijobiy qahramonning har qanday harakati ijobiy baholanadi,«salbiy» qahramon esa salbiy baholanadi. Lekin sekin-astapersonajlar harakati va fazilatlari bahosi ularga bo‘lgan umumiymunosabatdan ajraladi, va vaziyatni bu harakat va fazilatlargaega bo‘lgan ma’noni anglash asosida quriladi. «Uycha» ertagini eshitgach, bola savollarga quyidagicha javob beradi: «Ayiqyaxshi ish qildimi?», «Yo‘q, yomon». «Nima uchun yomon?»,«Chunki u uychani ezib tashladi». «Senga ayiq o‘zi yoqadimi?», «Yoqadi». «Men ayiqchalarni yaxshi ko‘raman». Katta bog‘cha yoshiga kelib bola o‘z shaxsiyatining o‘tmishigaqiziqa boshlaydi. «Men kichkinaligimda qanday edim, gapiribbering?» kabi savollarni bera boshlaydi. O‘z o‘tmishiga tushunish, ko‘ngilchanlik bilan munosabatda bo‘lish ko‘rina boshlaydi.Shu bilan birga o‘z shaxsining kelajagi haqida ijobiy fikrlarbildirilishini istaydi. «Men katta bo‘lganimda...». Bu davrdakelajakka, hozirgi va o‘tgan zamonga bo‘lgan qiziqish borgan sari oshib va chuqurlashib boradi. Endi u kattalarga o‘zi haqidagapirib berishlariniso‘rabgina murojaat qilmaydi, balki o‘ziham o‘zi haqida eslaydi. O‘zining o‘tmishdagi ishlarini u xolismuhokama qiladi, bu unga o‘zi haqida tanqidiy fikr bildirishigaimkon beradi. Bola uchun uning o‘tmishi, hozirgi kuniva kelajagi hayotda o‘z o‘rnini anglash vositasi sifatida namoyonbo‘ladi va o‘zini o‘tmishdagi hayotida baholash va kelajaknitasavvur qilish imkonini beradi. Bola hayotida istiqbolrejalarining paydo bo‘lishi uning motivatsiya darajasiningoshishigaimkon beradi va bu o‘z navbatida uning shaxsining rivojlanishinibelgilaydi. U albatta yaxshi, mehribon va omadlibo‘ladi. Agar u o‘g‘il bola bo‘lsa, kuchli, erkin, aqlli bola, agarqiz bola bo‘lsa, chiroyli, dono qiz bo‘ladi. U shubhasiz doimo‘z yaqinlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi, o‘z onasini doim yaxshiko‘radi. U yer yuzida doim tinchlik bo‘lishi, hamma sog‘ vabaxtli bo‘lishi uchun hamma ishni qiladi. U kosmonavt, shifokor,bog‘bon va hattoki sehrgar ham bo‘ladi. Shaxs xislatlarito‘g‘ri rivojlanayotgan bola ezgu maqsadlarga boy bo‘ladi, buunga bugundan boshlab atrofdagilarga nisbatan yaxshi munosabatdabo‘lishiga va o‘zini ijobiy baholashiga asos bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |