Sana: _________________
|
« T a s d i q l a y m a n »
|
Guruh
|
|
|
|
|
|
O`.I.B.D.o`rinbosari
|
Sana
|
|
|
|
|
|
___________Sh.Mamadaliyev
|
27-Mavzu: H.K Andersen ertaklari.
O‘quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi modeli
Vaqt: 80 daqiqa
|
Ta’lim oluvchilar soni______
|
O`quv mashg`uloti shakli va turi
|
Nazariy/Amaliy
|
O`quv mashg`uloti rejasi
|
1.Bolalar adabiyotida X.K.Andersen ijodidan foydalanish.
2. Andersen ijodining o’ziga xosligi.
3 . No’xat ustidagi malika ertagi haqida.
|
O‘quv mashg`ulotining maqsadi: X.K.Andersen ijodi haqida yangi bilim, ko`nikma va malaka berish.
|
O‘qitish natijasi
|
Ushbu mavzuni o`zlashtirish natijasida o‘quvchida shakllanadigan asosiy bilim, ko`nikma yoki kompetensiyalar
|
Pedagogik vazifalar
1. X.K.Andersen ijodi haqida ma`lumot beradi;
2. X.K.Andersen ijodi haqida tushuntiradi:
3. X.K.Andersen ijodi mavzusini ochib beradi.
|
O‘quv faoliyat natijalari;
1. X.K.Andersen ijodi haqida tushunchaga ega bo`ladilar.
2. X.K.Andersen ijodihaqida biladdilar:
3. X.K.Andersen ijodi farqi mazmunini bilib oladilar.
|
O‘qitish metodlari
|
Kichik axborotli ma’ruza, xikoya, tushuntirish, ko`rsatma berish, namoyish.Ko`rsatish, video usul, kitob bilan ishlash, insert, mashq, suxbat, baxs-munozara, aqliy xujum ,ta’limiy o`yinlar, BBB, Ven diogrammasi, va boshqalar (quyidagilardan maqsadga ko`ra tanlab olinadi).
|
O‘qitish vositalari
|
Matnlar, yozuv taxtasi, slaydlar, proektor, kompyuter, videofilm, grafikli organizatorlar, chizma, grafiklar, na`munalar, televizor, rasmlar…
|
O`quv faoliyatini tashkil etish shakli
|
Ommaviy, jamoaviy, guruxli, juftlikda, yakka tartibda
|
O`qitish sharoiti
|
Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan
guruxlarda ishlashga mo`ljallangan xona
|
Qayta aloqaning usul va vositalari
|
Tezkor-so`rov, savol-javob, mashg’ulot ishlanmalar,variativ dasturlar tuzish, amaliy topshiriqlarni baxolash
|
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Ish
bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O‘qituvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
1-O‘quv mashg`ulotiga kirish (5daq.)
|
Tashkiliy qism:
1. O‘quvchilarni mashg`ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi
|
Mashg‘ulotga
tayyorlanadilar
|
2-bosqich.
Asosiy
(65 daq.)
|
Tayanch bilimlarni faollashtirish:
1. Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o`tilgan mavzu bo`yicha o‘quvchilarga savollar beradi, ularni baxolaydi.
Maqsad va vazifani belgilanishi:
1. Mashg`ulotning nomi, rejasi, maqsad va o`qitish natijalar bilan tanishtiradi. 2.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi; 3. O‘quv mashg`ulotida o‘quv ishlarini baxolash mezoni va ko`rsatkichlari bilan tanishtiradi
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
1. Tezkor – so`rov, savol - javob, aqliy xujum, amaliy ish bajarish,“o`ylang va juftlik-da fikr almashing”, va boshqa texnikalar orqali bilimlarni faol-lashtiradi.
Yangi o‘quv materiali bayoni:
1. Amaliy mashg`ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o‘qitish jarayonini tashkil etish bo`yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy xolatlarni yozdiradi;
2. Slaydlarni Power Point tartibida namoyish va sharxlash bilan mavzu bo`yicha asosiy nazariy xolatlarni bayon qiladi
Yangi o‘quv materialini mustaxkamlash:
1. Mustaxkamlash uchun amaliy ish taqdimoti bajariladi Jarayon kichik guruxlarda davom etishini ma’lum qiladi;
2. Kichik guruxlarga bo`ladi, kichik guruxda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi xar bir guruxga topshiriq beradi va baxolash mezoni bilan tanishtiradi.Ishni bajarish yo`riqnomasini beradi;
3. Guruxlarda ishlarni boshlashga ruxsat beradi. Xar bir kichik gurux ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qaytar aloqa o‘tkazadi. Bajarish jarayonini kuzatadi, maslahatlar beradi.
4. Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi, guruxlar taqdimotini tashkil etadi. Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitish -larini va savollar berishlarini, shu bilan birga o`zaro bir-birlarini baxolashlarini eslatadi.Javoblarni to`ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi;
5. Guruhlar ishini o`zaro baxolashni o`tkazadi, mavzuning xar bir qismi bo`yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog`lab mavzuni yakunlaydi.
|
Uy vazifasini taqdim etadilar.
Savollarga javob
beradilar.
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar.
Kichik guruhlarga bo‘linadilar.
Kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishadilar.
Xar bir gurux o`z topshiriq va ishlari bo`yicha faoliyatini
boshlaydi.
Xar bir guruh sardorlari chiqib o`z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi.
Berilgan qo`shimcha savollarga javob beradilar.
Guruh ish natijalarini o`zaro baholaydilar.
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar
|
3-bosqich Yakuniy (10 daq.)
|
Mashg`ulot yakuni:
1. Barcha o‘quvchilarni amaliy bajargan ishlarini izoxlab baxolaydi va rag’batlantiradi.
Uyga vazifani berilishi:
Kelgusi mashg`ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yuriqnoma beradi
|
Baxolari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar
|
Fan o`qituvchisi: M.Abdullayeva
27-Mavzu: H.K Andersen ertaklari.
REJA:
1.Bolalar adabiyotida X.K.Andersen ijodidan foydalanish.
2. Andersen ijodining o’ziga xosligi.
3 . No’xat ustidagi malika ertagi haqida.
Tayach iboralar : buyuk so'z ustalari, notiqlik, olijanoblik
O'zining ajoyib va g'aroyib ertaklari bilan jahonga tanilgan buyuk so'z ustalaridan biri Xans Kristian Andersen Daniya- ning Odens shahrida 1805-yilda dunyoga keldi Bo'lajak adib Spagels maktabiga o'qishga kirdi. 1828- yilda Kopengagen universitetida o'qishni davom ettirdi. U 30-yillarda Fransiya, Shveysariya, Italiya, Gretsiya va Ispaniya bo'ylab sayohat qildi. Sayohat davomida yozuvchi juda ko'p narsalarni ko'rdi, eshitdi. Xalq og'zaki ijodi bilan yaqindan tanishdi.
Ijodiy mashqini 20-yillardan boshlagan Andersen o'z kuchini lirika, roman, dramaturgiya, sayohat ocherklarida sinab ko'rdi.
Uning, ayniqsa, tarix-ertak asarlari yosh kitobxonlar uchun maroqlidir. „Bolalar uchun aytilgan ertaklar" (1835— 1842), „Yangi ertaklar" (1843—1848), „Tarix" (1852—1855), „Yangi ertaklar va tarix" (1858—1872) va boshqa kitoblari Andersenning nomini mashhur qildi, jahonga tanitdi.
Andersen bu kitoblarni yaratishda xalq og'zaki ijodidan unumli foydalandi, ularning orzu-armonlarini qog'ozga tushi- rishga harakat qildi. Ertaklardagi xarakter va jonli nutqni yanada mukammallashtirishga erishdi. Shuning uchun ham Andersen yaratgan barcha ertaklar sodda, kitobxon uchun tushunarli bo'lishi bilan birga, o'quvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanadi.
Andersen ertaklarining qahramonlari o'zlarining samarali mehnatlari, aql-idroklari, axloq-odoblari bilan kitobxon tah- siniga sazovor bo'ladilar. Uning „Qo'ng'iroqli girdob", „Kumush tanga", „Kolbasa sixidan sho'rva", „Go'ng-qo'ng'iz" va boshqa ertaklari fikrimizga yorqin misol bo'la oladi. Masalan, „Qo'ng'iroqli girdob" asarini olib ko'raylik. Ertakda asrlar mobaynida ezilgan, og'ir mehnat va zulmdan tinka-madoqurigan mehnatkash xalq vakili Blakening o'z xo'jasiga qarshi kurashi kitobxonni quvontiradi.
Ertakchining „No'xat ustidagi malika" asari ham yosh kitobxonning kulgisini qistatadi, ham tannoz malikaga nisbatan qahr-g'azabini keltiradi.
Bir shahzoda haqiqiy malikaga uylanish uchun butun yer yuzini, shahar-u qishloqlarni qidirib hech qayerdan haqiqiy malikani topa olmaydi. Hafsalasi pir bo'lgan, tarvuzi qo'l- tig'idan tushgan shahzoda qasrga qaytadi.
Kunlardan bir kuni ko'z ko'rib, quloq eshitmagan mo'jiza yuz beradi:
„Bir oqshom havo aynigandan-aynibdi: shunday chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gulduros solibdiki, yomg'ir chunonam chelaklab quyib beribdiki, dahshatning o'zginasi!
To'satdan shahar darvozasi taqillab qolibdi: keksa qirol borib darvozani ochibd Darvozada malika turardi. Yo qudratingdan, uni nimaga o'xshatish mumkin! Suv malikaning sochlari, ko'ylaklaridan sharillab oqib, to'ppa-to'g'ri boshmoqlarining uchlariga, tovonlariga tushardi, u bo'lsa pinagini buzmay, men haqiqiy malikaning xuddi o'ziman, derdi".
Malikani sinab ko'rish ishlari ham juda g'alati bo'ladi. Tunda qirq qavat ko'rpa ostiga bitta no'xatni yashirib, joy solib beradilar. Tannoz, oqbilak qiz ertalab o'rnidan turar ekan, „Qanday uxlab turdingiz?" deyilgan savolga nolish, ichki dard bilan javob beradi:
„Ey, juda yomon! — deydi u. — Ko'zimni yummadim, desam ham bo'ladi! Men qandaydir qattiq narsaning ustida yotdim, butun a'zoyi badanim ko'karib ketibdi! Naqadar dahshat!"
Shahzoda qizning haqiqiy malika ekanligini bilib, unga uylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |