Namangan pedagogika kolleji



Download 1,48 Mb.
bet54/72
Sana22.03.2022
Hajmi1,48 Mb.
#505669
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72
Bog'liq
Bolalar adabiyoti

Nazorat savollari:
1.A.S.Pushkin ijodini o’rganish?
2. Baliqchi ham baliq haqida ertak mazmunini tushuntiring?
3.Shoirning hayot yo’lini so’zlang?


Foydalanilgan adbiyotlar royxati:

1. M.Jumaboyev. «Bolalar adabiyoti». T. “O’qituvchi”. Darslik-2003..


2.Mamasoli Jumaboyev. Bolalar adabiyoti va ifodali o'qish darsligi
3.“Ilk qadam” Davlat oʼquv dasturi. Toshkent. OʼzRMTV 2018 yil
4.“Oʼzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʼyiladigan Davlat talablari” Toshkent.OʼzRMTV 2018 yil.


____________________«_T_a_s_d_i_q_l_a_y_m_a_n_»__Guruh'>Sana: _________________

« T a s d i q l a y m a n »

Guruh
















O`.I.B.D.o`rinbosari

Sana
















___________Sh.Mamadaliyev



23-Mavzu: K.I. Chukovskiy ijodi.


O‘quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi modeli



Vaqt: 80 daqiqa

Ta’lim oluvchilar soni______

O`quv mashg`uloti shakli va turi

Nazariy/Amaliy

O`quv mashg`uloti rejasi

1. Shoirning qisqacha tarjimai holi.
2.K.L.Chukovskiy mohir tarjimon.
3.Shoirning bolalar uchun yaratgan asarlari.

O‘quv mashg`ulotining maqsadi: Shoirning qisqacha tarjimai holi haqida yangi bilim, ko`nikma va malaka berish.

O‘qitish natijasi

Ushbu mavzuni o`zlashtirish natijasida o‘quvchida shakllanadigan asosiy bilim, ko`nikma yoki kompetensiyalar

Pedagogik vazifalar
1. Shoirning qisqacha tarjimai holi haqida ma`lumot beradi;
2. Shoirning qisqacha tarjimai holi haqida tushuntiradi:
3. Shoirning qisqacha tarjimai holi mavzusini ochib beradi.

O‘quv faoliyat natijalari;
1. Shoirning qisqacha tarjimai holi haqida tushunchaga ega bo`ladilar.
2. Shoirning qisqacha tarjimai holi haqida biladdilar:
3. Shoirning qisqacha tarjimai holi farqi mazmunini bilib oladilar.

O‘qitish metodlari

Kichik axborotli ma’ruza, xikoya, tushuntirish, ko`rsatma berish, namoyish.Ko`rsatish, video usul, kitob bilan ishlash, insert, mashq, suxbat, baxs-munozara, aqliy xujum ,ta’limiy o`yinlar, BBB, Ven diogrammasi, va boshqalar (quyidagilardan maqsadga ko`ra tanlab olinadi).

O‘qitish vositalari

Matnlar, yozuv taxtasi, slaydlar, proektor, kompyuter, videofilm, grafikli organizatorlar, chizma, grafiklar, na`munalar, televizor, rasmlar

O`quv faoliyatini tashkil etish shakli

Ommaviy, jamoaviy, guruxli, juftlikda, yakka tartibda

O`qitish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan
guruxlarda ishlashga mo`ljallangan xona

Qayta aloqaning usul va vositalari

Tezkor-so`rov, savol-javob, mashg’ulot ishlanmalar,variativ dasturlar tuzish, amaliy topshiriqlarni baxolash

O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi



Ish
bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

Ta’lim oluvchi

1-O‘quv mashg`ulotiga kirish (5daq.)

Tashkiliy qism:
1. O‘quvchilarni mashg`ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi

Mashg‘ulotga
tayyorlanadilar

2-bosqich.
Asosiy
(65 daq.)

Tayanch bilimlarni faollashtirish:
1. Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o`tilgan mavzu bo`yicha o‘quvchilarga savollar beradi, ularni baxolaydi.
Maqsad va vazifani belgilanishi:
1. Mashg`ulotning nomi, rejasi, maqsad va o`qitish natijalar bilan tanishtiradi. 2.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi; 3. O‘quv mashg`ulotida o‘quv ishlarini baxolash mezoni va ko`rsatkichlari bilan tanishtiradi
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
1. Tezkor – so`rov, savol - javob, aqliy xujum, amaliy ish bajarish,“o`ylang va juftlik-da fikr almashing”, va boshqa texnikalar orqali bilimlarni faol-lashtiradi.
Yangi o‘quv materiali bayoni:
1. Amaliy mashg`ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o‘qitish jarayonini tashkil etish bo`yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy xolatlarni yozdiradi;
2. Slaydlarni Power Point tartibida namoyish va sharxlash bilan mavzu bo`yicha asosiy nazariy xolatlarni bayon qiladi
Yangi o‘quv materialini mustaxkamlash:
1. Mustaxkamlash uchun amaliy ish taqdimoti bajariladi Jarayon kichik guruxlarda davom etishini ma’lum qiladi;
2. Kichik guruxlarga bo`ladi, kichik guruxda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi xar bir guruxga topshiriq beradi va baxolash mezoni bilan tanishtiradi.Ishni bajarish yo`riqnomasini beradi;
3. Guruxlarda ishlarni boshlashga ruxsat beradi. Xar bir kichik gurux ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qaytar aloqa o‘tkazadi. Bajarish jarayonini kuzatadi, maslahatlar beradi.
4. Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi, guruxlar taqdimotini tashkil etadi. Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitish -larini va savollar berishlarini, shu bilan birga o`zaro bir-birlarini baxolashlarini eslatadi.Javoblarni to`ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi;
5. Guruhlar ishini o`zaro baxolashni o`tkazadi, mavzuning xar bir qismi bo`yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog`lab mavzuni yakunlaydi.

Uy vazifasini taqdim etadilar.
Savollarga javob
beradilar.


Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar.
Kichik guruhlarga bo‘linadilar.
Kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishadilar.
Xar bir gurux o`z topshiriq va ishlari bo`yicha faoliyatini
boshlaydi.
Xar bir guruh sardorlari chiqib o`z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi.
Berilgan qo`shimcha savollarga javob beradilar.
Guruh ish natijalarini o`zaro baholaydilar.
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar

3-bosqich Yakuniy (10 daq.)

Mashg`ulot yakuni:
1. Barcha o‘quvchilarni amaliy bajargan ishlarini izoxlab baxolaydi va rag’batlantiradi.
Uyga vazifani berilishi:
Kelgusi mashg`ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yuriqnoma beradi

Baxolari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar

Fan o`qituvchisi: M.Abdullayeva
23-Mavzu: K.I. Chukovskiy ijodi.
Reja
1. Shoirning qisqacha tarjimai holi.
2.K.L.Chukovskiy mohir tarjimon.
3.Shoirning bolalar uchun yaratgan asarlari.
Tayach iboralar : rahmdillik , insoniylik, do'stlik, birodarlik, yovuzlik, shafqatsizlik, vatanparvarlik
Rus bolalar adabiyotining ulkan daholaridan biri Korney Chukovskiy yirik yozuvchi, shoir, olim, mohir tarjimon sifatida tanilgan so'z ustasi edi. U o'z asarlarida bolalarga xos ajoyib xislatlarni — rahmdillik va insoniylik, do'stlik va birodarlik, yovuzlikka nisbatan shafqatsizlik, vatanparvarlik kabi fazilatlarni targ'ib etadi. Korney Chukovskiy bolalar uchun asarlar yaratish, ijod qilishni o'zi uchun katta baxt deb bildi.Kichkintoylar va ularning adabiyotini umr bo'yi ardoqla- gan Korney Chukovskiy 1882-yilda Peterburg shahrida dunyoga keldi. Tez orada chukovskiylar oilasi Odessaga ko'chadi. Bu yerda ona ming mashaqqat bilan o'g'lini gimnaziyaga joylaydi. Bu baxt uzoqqa cho'zilmaydi. „Oshxona xizmatchi- sining o'g'li" bo'lganligi uchun K. Chukovskiy gimnaziyadan haydaladi.Korney oilaga ko'maklashish, tirikchilik o'tkazish maq- sadida turli yumushlarni bajarishga majbur bo'ladi. Shunga qaramay, u bo'sh vaqtlarida mustaqil o'qishga, Pushkin, Nekrasov, Chexov asarlarini mutolaa qilishga harakat qiladi.Chukovskiyning dastlabki „San'at nima?" maqolasi 1901- yilda „Одесские новости" gazetasida bosilib chiqqan. 1903- yilda u gazeta muxbiri sifatida Angliyaga boradi. Londonda xizmat qila boshlaydi. Lekin bu yerdagi faoliyati uzoq davom etmaydi. Gazeta unga maosh to'lamay qo'yadi. U Britaniya muzeyiga ishga kirib, tirikchilik o'tkazishga majbur bo'ladi.1905-yilda K. Chukovskiy Odessaga qaytib keladi va bu yerda „Signal" degan jurnal chiqara boshlaydi. Jurnal sahifalarida chor hukumati siyosatiga qarshi materiallar bosilganligi uchun uni sud qilishadi.Keyingi yillarda u bolalar adabiyoti bilan mashg'ul bo'ladi, bolalar adabiyoti to'g'risida ko'plab maqolalar yozadi. 1907- yilda „Bolalar tili" asari maydonga keladi.K. Chukovskiy dastlab M. Gorkiy hikoya qilib bergan sujet asosida bugungi kunda hm o'z ahamiyatini yo'qotmagan, badiiy baquwat „Timsoh" ertagini yozdi. 1918-yilda esa „Archa" nomli to'plami bosiUb chiqdi. O'sha yili „Jahon adabiyoti" nashriyotiga ishga kirdi. 1919-yilda N. A. Nekrasov asarlarining to'la to'plamini nashr ettirdi. Shu yillarda uning mashhur „Moydodir", „Suvarakxon" ertaklari, „Kichik bola­lar" kitobi bosilib chiqdi.Pashsha — xarxasha", „Barmaley", „Telefon", „Fyodora o'tkazgan alam", ,,0'g'irlangan quyosh", „Doktor Aybolit" asarlari Korney Chukovskiyning nomini olamga yoydi, kitob- xonlar hurmatini qozondi.Korney Chukovskiyning ertak-dostonlarida ezgulikning yovuzlik ustidan g'alabasi, baxt, yorqin hayot sari keskin ku- rash bo'rtib turadi. Masalan, shoirning „Moydodir" asarida bolalarning odobli, ozoda, har doim to'g'riso'z bo'lish va toza- likka rioya qilish mavzusi ilgari surilgan.Asar qahramoni qator fazilatlarga ega. Lekin bir aybi bor, faqat kir-chir yuradi. Shuning uchun bir kuni unga xizmat qiluvchi barcha narsalar ish tashlaydi, undan yuz o'girib, qochib ketishadi. Bola voqeaga tushunmay, xafa bo'lib tuiganida joniga yuz-qo'l yuvgich oro kiradi.Yosh kitobxon hayvon, jonivor va hasharotlar haqidagi voqea-sarguzashtlarni sevib o'qiydi. K. Chukovskiyning „Suva­rakxon" asari ham kichkintoylarning sevimli asarlaridan hisoblanadi. Asarda shoir hayvon, hasharot va yirtqichlarning tuzilishlari, fe'l-atvorlari, dovyuraklik va qo'rqoqliklari to'g'­risida bahs yuritadi:

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish