Foydalanilgan adbiyotlar royxati:
1. M.Jumaboyev. «Bolalar adabiyoti». T. “O’qituvchi”. Darslik-2003..
2.Mamasoli Jumaboyev. Bolalar adabiyoti va ifodali o'qish darsligi
3.“Ilk qadam” Davlat oʼquv dasturi. Toshkent. OʼzRMTV 2018 yil
4.“Oʼzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʼyiladigan Davlat talablari” Toshkent.OʼzRMTV 2018 yil.
.
Sana: _________________
|
« T a s d i q l a y m a n »
|
Guruh
|
|
|
|
|
|
O`.I.B.D.o`rinbosari
|
Sana
|
|
|
|
|
|
___________Sh.Mamadaliyev
|
21-Mavzu: Bolalar uchun yaratilgan badiiy asarlar, sherlar va ularning mualliflari haqida ma’lumot.
O‘quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi modeli
Vaqt: 80 daqiqa
|
Ta’lim oluvchilar soni______
|
O`quv mashg`uloti shakli va turi
|
Nazariy/Amaliy
|
O`quv mashg`uloti rejasi
|
1. Bolalar uchun yaratilgan badiiy asarlar
2. Sherlar va ularning mualliflari haqida ma’lumot.
3. A.S.Pushkin ijodini o’rganish.Shoirning namunali hayoti.
|
O‘quv mashg`ulotining maqsadi: Bolalar uchun yaratilgan badiiy asarlar
haqida yangi bilim, ko`nikma va malaka berish.
|
O‘qitish natijasi
|
Ushbu mavzuni o`zlashtirish natijasida o‘quvchida shakllanadigan asosiy bilim, ko`nikma yoki kompetensiyalar
|
Pedagogik vazifalar
1 Bolalar uchun yaratilgan badiiy asarlar. haqida ma`lumot beradi;
2. Bolalar uchun yaratilgan badiiy asarlar haqida tushuntiradi:
3. Bolalar uchun yaratilgan badiiy asarlar mavzusini ochib beradi.
|
O‘quv faoliyat natijalari;
1. Bolalar uchun yaratilgan badiiy asarlar haqida tushunchaga ega bo`ladilar.
2. Bolalar uchun yaratilgan badiiy asarlar haqida biladdilar:
3. Bolalar uchun yaratilgan badiiy asarlar farqi mazmunini bilib oladilar.
|
O‘qitish metodlari
|
Kichik axborotli ma’ruza, xikoya, tushuntirish, ko`rsatma berish, namoyish.Ko`rsatish, video usul, kitob bilan ishlash, insert, mashq, suxbat, baxs-munozara, aqliy xujum ,ta’limiy o`yinlar, BBB, Ven diogrammasi, va boshqalar (quyidagilardan maqsadga ko`ra tanlab olinadi).
|
O‘qitish vositalari
|
Matnlar, yozuv taxtasi, slaydlar, proektor, kompyuter, videofilm, grafikli organizatorlar, chizma, grafiklar, na`munalar, televizor, rasmlar…
|
O`quv faoliyatini tashkil etish shakli
|
Ommaviy, jamoaviy, guruxli, juftlikda, yakka tartibda
|
O`qitish sharoiti
|
Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan
guruxlarda ishlashga mo`ljallangan xona
|
Qayta aloqaning usul va vositalari
|
Tezkor-so`rov, savol-javob, mashg’ulot ishlanmalar,variativ dasturlar tuzish, amaliy topshiriqlarni baxolash
|
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Ish
bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O‘qituvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
1-O‘quv mashg`ulotiga kirish (5daq.)
|
Tashkiliy qism:
1. O‘quvchilarni mashg`ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi
|
Mashg‘ulotga
tayyorlanadilar
|
2-bosqich.
Asosiy
(65 daq.)
|
Tayanch bilimlarni faollashtirish:
1. Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o`tilgan mavzu bo`yicha o‘quvchilarga savollar beradi, ularni baxolaydi.
Maqsad va vazifani belgilanishi:
1. Mashg`ulotning nomi, rejasi, maqsad va o`qitish natijalar bilan tanishtiradi. 2.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi; 3. O‘quv mashg`ulotida o‘quv ishlarini baxolash mezoni va ko`rsatkichlari bilan tanishtiradi
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
1. Tezkor – so`rov, savol - javob, aqliy xujum, amaliy ish bajarish,“o`ylang va juftlik-da fikr almashing”, va boshqa texnikalar orqali bilimlarni faol-lashtiradi.
Yangi o‘quv materiali bayoni:
1. Amaliy mashg`ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o‘qitish jarayonini tashkil etish bo`yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy xolatlarni yozdiradi;
2. Slaydlarni Power Point tartibida namoyish va sharxlash bilan mavzu bo`yicha asosiy nazariy xolatlarni bayon qiladi
Yangi o‘quv materialini mustaxkamlash:
1. Mustaxkamlash uchun amaliy ish taqdimoti bajariladi Jarayon kichik guruxlarda davom etishini ma’lum qiladi;
2. Kichik guruxlarga bo`ladi, kichik guruxda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi xar bir guruxga topshiriq beradi va baxolash mezoni bilan tanishtiradi.Ishni bajarish yo`riqnomasini beradi;
3. Guruxlarda ishlarni boshlashga ruxsat beradi. Xar bir kichik gurux ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qaytar aloqa o‘tkazadi. Bajarish jarayonini kuzatadi, maslahatlar beradi.
4. Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi, guruxlar taqdimotini tashkil etadi. Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitish -larini va savollar berishlarini, shu bilan birga o`zaro bir-birlarini baxolashlarini eslatadi.Javoblarni to`ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi;
5. Guruhlar ishini o`zaro baxolashni o`tkazadi, mavzuning xar bir qismi bo`yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog`lab mavzuni yakunlaydi.
|
Uy vazifasini taqdim etadilar.
Savollarga javob
beradilar.
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar.
Kichik guruhlarga bo‘linadilar.
Kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishadilar.
Xar bir gurux o`z topshiriq va ishlari bo`yicha faoliyatini
boshlaydi.
Xar bir guruh sardorlari chiqib o`z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi.
Berilgan qo`shimcha savollarga javob beradilar.
Guruh ish natijalarini o`zaro baholaydilar.
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar
|
3-bosqich Yakuniy (10 daq.)
|
Mashg`ulot yakuni:
1. Barcha o‘quvchilarni amaliy bajargan ishlarini izoxlab baxolaydi va rag’batlantiradi.
Uyga vazifani berilishi:
Kelgusi mashg`ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yuriqnoma beradi
|
Baxolari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar
|
Fan o`qituvchisi: M.Abdullayeva
21-Mavzu: Bolalar uchun yaratilgan badiiy asarlar, sherlar va ularning mualliflari haqida ma’lumot.
1. Bolalar uchun yaratilgan badiiy asarlar
2. Sherlar va ularning mualliflari haqida ma’lumot.
3. A.S.Pushkin ijodini o’rganish.Shoirning namunali hayoti.
Tayach iboralar : musavvir, buyuk optimist, mujassam.
Har bir xalqning donishmandligi va qalb nazokatini o'zida mujassamlantirgan shoiri bo'ladi. Rossiyada inson ma'naviy olamining musavviri, shubhasiz Pushkindir. U nurga intilib, doim ozodlik uchun kurashuvchi shoir, buyuk optimist bo'lib yetishdi. Rus xalqining yana bir buyuk shoiri Aleksandr Blok: „Pushkinning nomi naqadar jarangdor" deb ta'riflagan edi.A. S. Pushkin xalq og'zaki ijodini bolalikdan berilib o'rgandi. Buloqdek qaynab-toshgan xalq og'zaki ijodi shoirning ilhomiga ilhom qo'shdi. Kelajakda mashhur shoir bo'lib, jahonga tanilishida boy manba bo'lib xizmat qildi. U olqishiga sazovor bo'lib kelmoqda.A. S. Pushkin o'zining „Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak" (1831), „Baliqchi ham baliq haqida ertak" (1833), „O'lik malika va yetti bahodir haqida ertak" (1833), „Oltin xo'roz haqida ertak" (1834) kabi ertak-dostonlari bilan jahon bolalar adabiyoti xazinasini yanada boyitdi.Yuqorida biz ta'kidlab o'tgan asarlarning hammasi boy va rang-barang xalq og'zaki ijodi ta'sirida yuzaga kelgan. Bu asarlar zamirida faktik materiallar yotganligini ko'ramiz. Masalan, shoir „Ajoyib bolalar" xalq ertagi asosida „Shoh Saltan haqida ertak", „Qurumsoq kampir" ertagi va rus xalq folklorining to'plovchilaridan biri V. Dal hikoya qilib bergan sujet asosida „Baliqchi ham baliq haqida ertak", „Sehrli ko'zgu" ertagi asosida „O'lik malika va yetti bahodir haqida ertak", uzoq yillar xalqni ayovsiz ishlatib, unga xizmatlarini o'zida mujassamlantirgan „Shabarsha batrak" asosida „Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak" yotganligini ko'ramiz. Bu ertaklarning hammasi shoirning ijodiy laboratoriyasida ishlanib, sayqallanib, yanada o'qi- mishli, ta'sirli qilib yaratilgan.A. S. Pushkin oddiy, mehnatkash xalqni yaxshi ko'radi, uni iloji boricha himoya qilishga, yon bosishga harakat qiladi. Shuning uchun ham uning ertak-dostonlarida xalqqa bo'lgan cheksiz hurmat tuyg'usi barq urib turadi.Dadon shohni oling („Oltin xo'roz haqida ertak"). U g'irt ahmoq. Na xalqni sevadi va na farzandlariga mehribon otalik qila oladi. Dadon o'taketgan darajada maishatparast va kaltabin. U butun podsholigidan, xalqidan, farzandlaridan o'zga yurtli makkora ayolni ustun qo'yadi. Buni xalq, xudo kechirmaydi. Natijada shoh xalq qahr-g'azabiga duchor bo'ladi. Oltin xo'roz tepkisidan halok bo'lgan shohga birovning rahmi kelmaydi, aksincha, shohning o'limi ularga shodlik va ozodlik baxsh etadi.Pop („Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak") obrazini shoir juda mahorat bilan ko'rsatib berdi. Tekinxo'r, ochko'z, o'zgalar hisobiga umr kechiradigan bir pastkash kimsa ekanligini keskin ochib tashlaydi. Unga qarama-qarshi qilib oddiy va halol, mehnatkash va bahodir yigit Balda obrazini ijod cho'qqisiga ko'taradi.Ikki qahramonning bozordagi o'zaro suhbatidanoq kitob- xon kim qanday odam ekanligini darhol sezadi:„Bo'lsin oshpaz, otboqar ham duradgor, Ayt-chi, bunday arzon malay qayda bor?" Balda debdi: „Yaxshi malay bo'layin, Bergan obi-yovg'oningga ko'nayin. Xizmatimga haq to'laysan shu xilda: Peshanangga uch chertaman bir yilda". Pop bo'lsa-chi ancha o'ylab qolipti, Peshanasin qashib qo'li tolipti. Pop o'ylarmish: bir gap bo'lar — to'lar haq, Chertkilardan chertkilar ham qilar farq. Balda qo'ygan shartiga ko'nib, debdi pop: „Bu shart senga va menga ham ma'qul xo'p: Endi mening hovlimda kun ko'raver, G'ayrat bilan xizmat qilib yuraver".Ha, hayotda har bir narsaning, jumladan, tekinxo'rlik, ochko'zlikning ham poyoni, oxiri bor. Kaltabin pop chertkini yeb halok bo'ladi.„Baliqchi ham baliq haqida ertak" dostonida shoir pok muhabbat mangu bo'lishini orzu qiladi. Boylik, mansab deb o'tgan kunni unutmaslikni istaydi. Bundan tashqari, kimki halol peshana teri to'kib boylik orttirmasa, birovlar hisobiga boyiydigan bo'lsa, u hech qachon yuqmasligini, birovniki birovnikiligicha qolib ketishini kampir qismati bilan chog'ish- tirib hikoya qiladi. Yer yuzi, butun olam hukmroni bo'lib olgan kampir cholni mensimaganligi uchun, ochko'z va badbaxtligi uchun yana eski hammom, eski tos bilan qolib ketaveradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |