Ish
bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O‘qituvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
1-O‘quv mashg`ulotiga kirish (5daq.)
|
Tashkiliy qism:
1. O‘quvchilarni mashg`ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi
|
Mashg‘ulotga
tayyorlanadilar
|
2-bosqich.
Asosiy
(65 daq.)
|
Tayanch bilimlarni faollashtirish:
1. Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o`tilgan mavzu bo`yicha o‘quvchilarga savollar beradi, ularni baxolaydi.
Maqsad va vazifani belgilanishi:
1. Mashg`ulotning nomi, rejasi, maqsad va o`qitish natijalar bilan tanishtiradi. 2.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi; 3. O‘quv mashg`ulotida o‘quv ishlarini baxolash mezoni va ko`rsatkichlari bilan tanishtiradi
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
1. Tezkor – so`rov, savol - javob, aqliy xujum, amaliy ish bajarish,“o`ylang va juftlik-da fikr almashing”, va boshqa texnikalar orqali bilimlarni faol-lashtiradi.
Yangi o‘quv materiali bayoni:
1. Amaliy mashg`ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o‘qitish jarayonini tashkil etish bo`yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy xolatlarni yozdiradi;
2. Slaydlarni Power Point tartibida namoyish va sharxlash bilan mavzu bo`yicha asosiy nazariy xolatlarni bayon qiladi
Yangi o‘quv materialini mustaxkamlash:
1. Mustaxkamlash uchun amaliy ish taqdimoti bajariladi Jarayon kichik guruxlarda davom etishini ma’lum qiladi;
2. Kichik guruxlarga bo`ladi, kichik guruxda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi xar bir guruxga topshiriq beradi va baxolash mezoni bilan tanishtiradi.Ishni bajarish yo`riqnomasini beradi;
3. Guruxlarda ishlarni boshlashga ruxsat beradi. Xar bir kichik gurux ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qaytar aloqa o‘tkazadi. Bajarish jarayonini kuzatadi, maslahatlar beradi.
4. Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi, guruxlar taqdimotini tashkil etadi. Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitish -larini va savollar berishlarini, shu bilan birga o`zaro bir-birlarini baxolashlarini eslatadi.Javoblarni to`ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi;
5. Guruhlar ishini o`zaro baxolashni o`tkazadi, mavzuning xar bir qismi bo`yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog`lab mavzuni yakunlaydi.
|
Uy vazifasini taqdim etadilar.
Savollarga javob
beradilar.
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar.
Kichik guruhlarga bo‘linadilar.
Kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishadilar.
Xar bir gurux o`z topshiriq va ishlari bo`yicha faoliyatini
boshlaydi.
Xar bir guruh sardorlari chiqib o`z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi.
Berilgan qo`shimcha savollarga javob beradilar.
Guruh ish natijalarini o`zaro baholaydilar.
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar
|
3-bosqich Yakuniy (10 daq.)
|
Mashg`ulot yakuni:
1. Barcha o‘quvchilarni amaliy bajargan ishlarini izoxlab baxolaydi va rag’batlantiradi.
Uyga vazifani berilishi:
Kelgusi mashg`ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yuriqnoma beradi
|
Baxolari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar
|
Fan o`qituvchisi: M.Abdullayeva
Mavzu: №18 .Abdulla Avloniyning ijodi.
Reja:
1. Abdulla Avloniyning hayot yo’li.
2.Abdulla Avloniyning darsliklari.
3.Abdulla Avloniyning bolalarga oid yaratgan asarlari.
Hozirgi zamon bolalar adabiyotining rivojiga juda katta xissa qo’shgan alloma Abdulla Avloniy bola ta’lim-tarbiyasiga alohida muhabbat bilan qarab, “ Tarbiyani tug’ilgan kundan boshlamak, vujudimizni quvvatlantirmak, axloqimizni kuchlantirmak, zehnimizni ravshanlantirmak lozim... “ degan fikrlarni ilgari suradi.
O’zbek madaniyatining ulkan namoyondasi, pedagog, jamoat arbobi va yozuvchi Abdulla Avloniy1878-yilda Toshkent shahrida to’quvchi oilasida tug’ilgan. Boshlang’ich ta’limni diniy maktabda va madrasada oladi. Abdulla Avloniy 14 yoshidan boshlaboq she’rlar yozishni mashq qila boshladi. Uning bu davrda yozgan ilk she’rlari o’sha davr vaqtli matbuot sahifalarida bosilib turadi. Abdulla Avloniy xalqni ilm-fan nurlaridan bahramand qilishni o’zining birdan bir burchi deb bildi va 1904-yilda o’zi yashab turgan joyda – Mirobodda maktab ochdi. Bu yerda o’qiydigan bolalarni ko’pchiligi kambag’allarning bolalari tashkil etganligi sababli muallim boy-badavlat do’stlarining ko’magida “Jamiyat xayriya”tashkil etadi. Bu bilan bolalarga bepul kiyim –bosh, oziq- ovqat daftar, qalam, berilishini taminlaydi. U bolalarga jug’rofiya, tarix, adabiyot, til, hisob, handasa, hikmat (fizika) kabi fanlardan talim beradi.
O’sha davr xalq pedog’ogikasidaAbdulla Avloniyning “Birinchi muallim”-“Alifbe”, “Ikkinchi muallim”- “O’qish” kitoblari katta ro’l o’ynaydi. “Birinchi muallim”da Avloniy dastavval 32 harfni yolg’iz yoziladigan shakllarini bir sahifa alifbo tartibida bergan. Shu sahifada alifning so’zning boshida, o’rtasida va oxirida yozilishini ko’rsatgan, song alifni barcha “ bosh harflar”ga qo’shib, bo’g’inlar hosil qilgan.
“Ikkinchi muallim” da axloq-odobga doir, halollik va poklikka oid turli she’rlar, hikoya, masal va ertaklar jamlangan, rang-barang allegorik qiyofalardan ustalik bilan foydalangan. Unda kimki maktabga borsa, o’qisa, savodxon bo’lsa, juda ko’p narsalarga erishishi chiroyli ta’riflanadi:
Maktab dur-u gavhar sochar,
Maktab sizga jannat ochar,
Maktab jaholatdan qochar,
G’ayrat qilib o’qing, o’g’lon.
Darslikda ko’plab ibratomuz she’r, hikoya va ertaklar berilgan.
Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir” degan ibratomuz fikrlari muallimning bosib o’tgan hayot yo’lini yoshlarga ibrat qilib ko’rsatadi.
A.Avloniyning «Maktab», «Nima, kimniki», «Millatga xitob», Hamzaning «Kitob», «Maktab» asarlari shular jumlasidandir. A.Avloniyning «Millatga xitob» she’ri da’vatkorlik ruhi bilan alohida ajralib turadi.
Ko‘zlaring och, ey millat!
Ko‘p zamon g‘ofil yotding.
Umring o‘tdi yotmakda
Qayg‘uga toza botding.
Ketdi shonu sharafing,
Mozor toshidek qotding.
Ey! «Tokaygacha g‘aflat ichida yotamiz!»
Keling, yoshlar, jaholatni otamiz!
Bizga bu kun ilma kirishmak kerak!
Bizga bu kun ilma tirishmak kerak!
Abdulla Avloniy 1904-yildan umrining oxirigacha o’qituvchi bo’lib ishladi. U ko’plab she’rlar, “ Maktab guliston”, “Turkiy guliston yohud axloq” kabi darsliklar bilan hozirgi zamon bolalar adabiyotiga poydevor qo’ygan edi. Darslikning har bir bo’limida kichik hajmli, ibratli hikoyalar keltirilgan va xalq og’zaki ijodidan keng foydalangan.
“Turkiy guliston yohud axloq” asarida Avloniy o’zining ijtimoiy va axloqiy qarashlarini bayon etgan. Asarning har bir bo’limi ta’lim-tarbiyaning muhim bir masalasiga bag’ishlangan bo’lib, ularning biri ikkinchisini to’ldiradi, takomillashtiradi.
Abdulla Avloniyning “ Bahor keldi”, “Bulbul”, “ Bola ila gul”, “ Yolg’onchi cho’pon”, “Tulki ila qarg’a” kabi juda ko’p she’rlari kichik yoshdagi bolalarga bag’ishlangan.
Abdulla Avloniy 1934-yilda vafot etadi. U shoir ma’rifatchi, dramaturg, jurnalist, rejissor, tarjimon, aktyor, jamoatchi, muallif sifatida xalqimiz qalbida mangu saqlanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |